O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo’limi maktabgacha ta’li yo’nalishi 22-18 gurux Otajonova Nargizaning mustaqil ishi bolalar lug'atini yangi so'zlar kiritish reja



Yüklə 404,5 Kb.
səhifə1/2
tarix15.06.2023
ölçüsü404,5 Kb.
#130865
  1   2
bolalar lug\'atini yangi so\'zlar kiritish






O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIMI
Maktabgacha ta’li yo’nalishi 22-18 gurux
Otajonova Nargizaning
MUSTAQIL ISHI
BOLALAR LUG'ATINI YANGI SO'ZLAR KIRITISH
REJA:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib
borishning nazariy asoslari
2.Lug‘at boyligini oshirish
foydalanilgan adabiyotlar

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib


borishning nazariy asoslari
Tevarak-atrof bilan tanishtirishning ahamiyati, bolalar
tomonidan lug‘atni o‘zlashtirish xususiyatlari. Tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug‘at ustida ishlash maktabgacha ta’lim
muassasasi tarbiyachilarining oldiga qo‘yilgan eng muhim
vazifalardan biridir. Maktabgacha tarbiya yoshi bolalarning
voqelikni faol idrok qiladigan va tevarak-atrofdagi hayotga
kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so‘z boyliklari juda tez o‘sib boradi. Tarbiyachi bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar, jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot hodisalari) tanishtirar, ularning bilish faoliyatini yo‘lga qo‘yar va boshqarar ekan, har bir bolaga uning to‘plagan tajribasini tartibga solishda yordamlashadi, unga yangi bilimlar beradi, unda qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o‘zini qurshab turgan olamni bilishga bo‘lgan qiziqishini o‘stiradi. Bola nutqining taraqqiyoti uning atrofidagi odamlar nutqiga, tevarak-atrofdagi narsa-buyumlarni, ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatishiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqoridagi fikrlardan bizga ma’lumki (ilk yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari mavzusida bayon etilgan fikrlar), yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yig‘lash orqali tashqi va ichki muhitdan keladigan signallarga (ochlik, tashnalik, sovuq, biror joyning og‘rishi yoki issiqlash va hokazolarga) javob beradi. Bola 2-3 oylik bo‘lganda katta kishilarning gaplariga, tevarak-atrofdagi g‘ala-g‘ovurlarga diqqat bilan quloq soladi, rangli narsalarga qaraydi va ularga nisbatan tovush chiqara boshlaydi.
Bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo‘lgan bola nutqining xarakterli belgisi shundaki, bola aytadigan so‘zlar miqdori juda
kam bo‘ladi, ya’ni uning faol lug‘ati juda tez o‘sib boradi. Bu
yoshda bola lug‘atining boyib borishi tevarak-atrofdagi kishilar
nutqini tushunish qobiliyatining o‘sishiga bog‘liq bo‘ladi. Bola
o‘ziga aytilgan so‘zlarni yaxshiroq tushunadigan bo‘ladi . Uning
sust lug‘ati o‘sib boradi, o‘zi yaxshi gapirmaydi, ammo
boshqalarning so‘zini ko‘proq eshitib, eshitgan so‘z va jumlalarni o‘ziga singdirib boradi va shuning zamirida keyinchalik o‘z nutqini yuzaga keltiradi va boyitib boradi. Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan pedagog-tarbiyachi bolalar idrok qiladigan nutq, so‘z va gaplarning mumkin qadar boy, rangbarang va to‘g‘ri bo‘lishiga harakat qilishi kerakki, bu ularda og‘zaki-mantiqiy fikrlash qobiliyatining paydo bo‘lishiga ta’sir etishi lozim. Bolada og‘zaki-mantiqiy fikrning paydo bolishi esa ularning elementar tushunchalarni (balandlik, yaxshi, yomon va hokazolar) o‘zlashtirib olishlariga yordam beradi.
Bola bir yoshga to‘lganda faol lug‘ati tez o‘sadi. Bola
aytadigan so‘zlarning miqdori birdaniga ortib ketadi. Bolaning
kattalar nutqiga taqlid qilishi yangi so‘zlarni bilib olishida katta
ahamiyat kasb etadi. Endi u kattalarning so‘zlariga ongli ravishda, uning ma’nosiga tushunib taqlid qila boshlaydi. Ikki yoshga kirganda uning nutqi ma’noli bo‘la boshlaydi. Narsalarni o‘z nomi bilan atay boshlaydi. Chunonchi, vov-vov-kuchuk, miyov-miyovmushuk, chiq-chiq- soat va hokazolar. Endi bola «Bu nima?,
Nomi nima?» degan savollar bera boshlaydi. Bu savollar uning
o‘ta sinchkovligi, miyasida narsa bilan uning nomi (ya’ni so‘z)
o‘rtasida yangi bog‘lanishlar paydo bo‘lganligidan dalolatdir.
Dastlabki paytda bola narsalarni bildiruvchi so‘zlarni
ko‘proq ishlatsa, keyinchalik ish-harakatning nomini bildiruvchi
so‘zlarni ham ishlata boshlaydi. Ikki yoshga to‘lgan bolaning so‘z boyligi 250-300 taga yetadi. Uch yoshga qadam qo‘yishi bilan uning lug‘atida fazoviy munosabatlarni bildiruvchi orqada, yuqorida, pastda, yonda kabi ba’zi so‘zlar paydo bo‘la boshlaydi. Uch yoshning oxiriga borganda bola tevarak-atrofidagi kishilarning nutqini tobora mukammalroq tushunadigan bo‘ladi, ularning aytib bergan hikoyalarini, kichik she’rlarni, ashula va ertaklarni diqqat bilan tinglaydi, yangi so‘zlarni o‘zlashtirib boradi. Kattalarga: Buning nomi nima? Nima uchun? Nega
shunday? Qayerda? Qayerga ketdi? Qayerdan kelgan? Nimadan
yasalgan? kabi savollarni beradi. Shular asosida uch yoshga
to‘lgan bolaning lug‘at boyligi 1000 tadan 1200 tagacha, olti yashar bolaning so‘z miqdori 3-3, 5 mingtagacha yetadi. Demak,
bog‘cha yoshidagi davrda uning so‘z boyligi juda tez ortadi.
Bog‘cha yoshida bolaning nutqi miqdor jihatidangina yangi
so‘zlar hisobiga boyib qolmay, balki sifat jihatidan ham ancha
takomillashadi. Masalan, yasli yoshidagi bolalar juda kam so‘z
boyligiga ega bo‘lib, ayrim tovushlarni (r-l, sh-s, j-z kabi) yaxshifarqlay olmaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar esa bunday
tovushlarning ko‘pchiligini aniq va ravshan talaffuz eta oladilar,
so‘zlarni gaplar tarkibida to‘g‘ri qo‘llab, to‘g‘ri jumlalar tuza
oladilar. Ammo bog‘cha yoshidagi bolalarning hammasida ham
so‘z boyliklari miqdor jihatidan bir xil bo‘lmaydi. So‘z
to‘plamining bir xil miqdorda bo‘lishi bola tarbiyalanayotgan oila sharoitiga, oila a’zolarining madaniy saviyasiga, tashqi muhit ta’siriga bog‘liqdir.
Ba’zi oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus
shug‘ullanadilar, ya’ni ularga yangi-yangi buyumlarni
ko‘rsatadilar, ularning nomlarini aytadilar, u bilan turli ishharakatlarni bajarib ko‘rsatadilar, bolaning sanoqsiz
savollariga erinmay javob beradilar, o‘zlari bilan ko‘chaga
aylangani olib chiqadilar, tevarak-atrof, muhit bilan
tanishtiradilar. Kitobdagi illustratsiyalar yuzasidan
suhbatlashadilar, kichik-kichik she’rlar, hikoya va ertaklar
o‘qib beradilar va hokazo. Bunday sharoitda
tarbiyalanayotgan bolalar lug‘ati talab etilgan so‘z miqdoriga
ega bo‘ladi. Ular kelgusi faoliyatga (maktab va undan keyingi
faoliyatga) tayyor bo‘lishadi, ya’ni yetarli so‘z miqdoriga,
nutqning sifat jihatdan takomillashgan darajasiga ega
bo‘lishadi. Ba’zi oilalarda esa bola nutqining o‘sishiga e’tibor
berilmaydi. Ana shuning natijasida bog‘cha yoshidagi bolalar
so‘z boyligi o‘rtasida sezilarli farq ko‘zga yaqqol tashlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga, ayniqsa ushbu katta yoshdagi bolalarga xalq-so‘zlashuv frazeologiyasidan ularning imkoni yetadigan, mazmunan oddiy bo‘lgan ayrim so‘zlarni, shu jumladan o‘zbek folklorining barqaror oborotlari, maqollar va matallarni qabul qilish, tushunish, eslab qolish va kezi kelganda foydalanishni o‘rgatish zarur. Biroq ushbu ishni amalga oshirishda unutmaslik lozimki, bolalar so‘zning raqobatchi mazmuniga, uning tarkibiga bog‘liq bo‘lmagan butun so‘z birikmasining umumiy mazmunini o‘zlashtirishlari qiyin kechadi (masalan, og‘zi qulog‘ida, yettinchi osmonda va boshq.). SHuning uchun tarbiyachi o‘z nutqiga ma‘nosi bolalarga muayyan vaziyatlarda tushunarli bo‘ladigan, yoki tegishli tushuntirish natijasida tushuniladigan ifodalarni kiritishi lozim. Bunday ifodalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: «o‘zim, shunchaki», «eng shimarib», «azamat paxlavon» va x.k.
Har bir so‘zda quyidagilarni ajratish mumkin: uning mazmuni yoki unga yashiringan ma‘nosi; so‘zning tovush tarkibi, uning morfologik tuzilmasi. Bolalar bilan lug‘at ishlarini amalga oshirishda so‘zning ushbu uchta xususiyatini hisobga olish zarur. Amaliyotda ko‘pincha bolalarning so‘z ma‘nosini bilmasliklari yoki uning ma‘nosini buzib talqin qilishlarini uchratish mumkin (masalan, langar – bir qo‘ng‘izcha. Bu suvga tashlanadigan narsa). SHuningdek, mazmuniga ko‘ra bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan so‘zning tovush tarkibini buzish xollariga duch kelish mumkin (tramvay, kutubxona, kotlet, kompot va x.k.). Bu buzilishlarni sabr-toqat bilan tuzatish, shuningdek yangi so‘zlarning bolalar talaffuzida to‘g‘ri jaranglashini nazorat qilish lozim. Morfologik tizimga oid murakkab holatlarni bilgani holda tarbiyachi bolalarning diqqat-e‘tiborini ataylab ayrim so‘zlarning grammatik jihatiga, ularning so‘z bilan birikishiga qaratishi mumkin. Masalan: Paltoning yoqasi qunduzli ekan. Paltoning ilgichi ham bor ekan va x.k.
Alohida holatlarda tarbiyachi maxsus usullar bilan ba‘zan atrofdagilar nutqida buzib talaffuz qilinadigan so‘zlarda to‘g‘ri urg‘u qo‘yilishini mustahkamlashi lozim (masalan, sur‘at – surat).
Bolalarga ayrim otlarni tanishtirishda tarbiyachi ularning turini ta‘kidlashi, otni sifatlar bilan birgalikda qo‘llashi, bunda sifatning yakuniga e‘tiborni qaratishi zarur: palto-kichik, ko‘ylak-chiroyli, qizil, oq, sichqon – kulrang va x.k.
Leksikaning asosiy hajmini mustaqil ma‘noga ega bo‘lgan so‘zlar (otlar, sifatlar, ravishlar, fe‘llar) so‘zlar tashkil etadi. Bular eng to‘la xuquqli so‘zlar bo‘lib, ular nomlar sifatida xizmat qiladi. Tushunchani ifodalaydi va gapning asosi bo‘lib xizmat qiladi (ya‘ni, ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, xol vazifasida chiqadi). Pirovardida, bolalar nutqini boyitish eng avvalo mustaqil ma‘noga ega bo‘lgan so‘zlar sohasida olib borilishi lozim. Sanoq so‘zlarni o‘zlashtirish bolalarga ancha qiyin kechadi. Bolalar nutqini sanoq so‘zlar bilan boyitish asosan, ularda matematik tasavvurlarni shakllantirishga doir mashg‘ulotlarda ro‘y beradi, ushbu so‘zlarni faollashtirish va mustahkamlash ona tili mashg‘ulotlarida lug‘at ishining maxsus mavzusi bo‘lmog‘i lozim.
Maktabgacha yoshda bola shunday lug‘atga ega bo‘lishi lozimki, toki u bolaga tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish, maktabda muvaffaqiyatli ta‘lim olish, adabiyotni, televizion va radio eshittirishlarini tushunish imkonini bersin.
Lug‘at boyligini oshirish
Bolalarning so‘z boyligini oshirish, asosan, maxsus tizimdagi mashg‘ulotlar jarayonida amalga oshiriladi. Ikki yil mobaynida bolalar jami 500 ga yaqin so‘zni o‘zlashtiradilar. Bu so‘zlar amaliy zaruriyat, nutqda takrorlanish, ehtiyoj, qiziqish va muloqot mavzulariga mos ravishda tanlangan. Ushbu so‘zlar mavzular bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: birinchi o‘quv
yilida – “Tanishuv”, “O‘yinchoqlar bilan harakat”,
“O‘yinchoqlar”, “Bosh kiyim va poyabzal”, “Oila”, “Ranglar”,
“Hayvonlar va parrandalar”, “Birdan o‘ngacha sanoq”, “Meva va sabzavotlar”, “Idishlar”, “Oziq-ovqatlar”; ikkinchi o‘quv yilida – “Tana qismlari”, “Bizning uy”, “Mening kun tartibim”, “O‘ndan yigirmagacha sanoq”, “Maktab”, “Bizning shahar” (qishloq), “Yil fasllari”, “Bayramlar”, “Bizning vatan” mavzulari bo‘yicha so‘z va iboralarni o‘zlashtiradilar.
Birinchi o‘quv yilidagi mavzular bo‘yicha 250 tacha so‘z,
ikkinchi yilda ham shuncha so‘zni o‘zlashtirishlari mo‘ljallangan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ikkinchi tilga o‘rgatishda har bir mashg‘ulotda o‘rta hisobda to‘rtta yangi so‘z bilan tanishtiriladi. Bu miqdor turli omillar tufayli o‘zgarishi mumkin. Avvalo, so‘zlarni esda saqlab qolishni tashkil etish metodikasi hamda o‘rganilayotgan yangi so‘zlarning ma’no jihatdan o‘zaro farqlarini o‘zlashtirish zarur.
Yangi so‘zlar ustida ish olib borish bir necha bosqichdan iborat: yangi so‘zlarni lug‘at tarkibiga kiritish; ularni faollashtirish; qancha so‘zlarning o‘zlashtirilganini aniqlash; bog‘lanishli nutqda ishlata olish; turli nutq qurilmalarida so‘zlarning qo‘llanishini faollashtirish. Yangi so‘zlar ko‘rgazmali qurollar, atrofdagi aniq predmetlar, buyumlar, suratlardan keng foydalanish asosida o‘rgatiladi. Ularni namoyish qilish jarayonida nomlari bir necha marta aniq qilib aytiladi. O‘qituvchidan so‘ng bolalar ham ikkiuch marta qaytaradilar. Shunday qilib, o‘zga tildagi yangi so‘zni eshitib qaytarish bilan birga shu so‘z orqali ifodalangan narsabuyumni ko‘radilar. Bola narsa-buyum bilan uning nomi orasidagi bog‘lanishni aniqlaydi. Ko‘rgazmali qurollar yordamida o‘zlashtirib bo‘lmaydigan so‘zlar (chiroyli, issiq, sovuq, mazali,yaxshi, toza) ona tilidagi tarjimasi orqali o‘zlashtiriladi.
Yangi so‘zlar o‘yin jarayonida bolaning kundalik hayotida
qiladigan harakatlari, buyumlar bilan harakatlarni bildiruvchi
so‘zlari, o‘qituvchining bolalarga, bolalarning bir-biriga qilgan
iltimos, buyruqlari orqali o‘zlashtiriladi va lug‘atiga kiritiladi.
Bolalarning topshiriq va buyruqlarni tushunib, ularni bajarish
bilan bog‘liq bo‘lgan, tinglangan ertak va hikoyalar, topishmoqlar, yodlangan she’r, ashula va qo‘shiqlar, tomosha qilingan multfilmlar vositasida tanishgan so‘zlari ularning passiv lug‘atini tashkil etadi. Bu lug‘atning hajmi faol lug‘atga nisbatan ancha katta bo‘ladi. Yangi so‘zlarni o‘rganish jarayonida bolalarning nutq tajribasida uchramagan, ko‘pincha o‘zbekcha turmush tarziga oid bo‘lgan narsa va hodisalar haqida tushuncha va tasavvurlar shakllanadi (masalan, xontaxta, nimcha, sumalak, navro‘z kabi). So‘z ustida ishlash jarayonida yana quyidagilarga e’tibor
berish zarur:
- har xil ish turlarini tashkil etishda ma’no jihatdan o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan bir guruh so‘zlardan kerakli so‘zni tanlashga
o‘rgatish;
- yangi so‘zlarni eshitib tushunib, faol qo‘llashni muayyan
izchillikda amalga oshirish;
- bolada o‘zbekcha so‘zlarni tushunish, shuningdek, o‘z
fikrini, niyatini bildirish maqsadida ushbu so‘zlarni turli vaziyatda qo‘llash ehtiyojini uyg‘otish.
Nutqning tovush madaniyati nutq madaniyatining ajralmas
bir qismidir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqning
tovush madaniyatini atrofdagi kishilar bilan muloqotda bo‘lishlari natijasida egallaydilar. Nutqning tovush madaniyati deb, nutqning fonetik va orfoepik jihatdan to‘g‘riligi, so‘zlashgan vaqtda to‘g‘ri ishlatish, nutqning mazmundorligiga qarab uning ifodaliligi, ovoz kuchi va nutq suratini tartibga solish tushuniladi. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ona tilidagi tovushlarning aniq artikulyatsiyasini, ularni to‘g‘ri talaffuz etishni, so‘z va jumlalarni to‘g‘ri va aniq talaffuzini, to‘g‘ri nafas olish va chiqarishni, shuningdek, yetarli balandlikdagi ovozni, odatdagi nutq sur’atini, ifodalilikni, intonatsiya vositalarini (mantiqiy pauzalar, urg‘u, nutqning ritmi va tempi, xushohanglik) shakllantirishni o‘zida mujassamlashtiradi. Nutqning tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni eshitish qobiliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi. Bolalarda to‘g‘ri, jarangdor nutqni rivojlantirish bilan bir qatorda, tarbiyachi quyidagi vazifalarni hal etishi kerak:
1. Bolalarda nutqni eshitish qobiliyatini va uning asosiy
komponentlarini: eshituv diqqatini (eshitish orqali u yoki bu
tovushni va uning yo‘nalishini aniqlash malakasi), fonematik
eshitishni, temp va ritmni idrok etish qobiliyatini tarbiyalash.
2. Artikulyatsiya apparatini rivojlantirish.
3. To‘g‘ri nafas olish va chiqarish ustida ishlash, ya’ni qisqa
nafas olib, uzun havo oqimini chiqarish qobiliyatini tarbiyalash.
Bu jumlalarni erkin talaffuz qilish imkonini beradi.
4. Muloqot shartlariga mos ravishda ovoz balandligini
boshqara olish qobiliyatini tarbiyalash.
5. Ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni
shakllantirish.
6. Har bir tovush, so‘z va jumlalarning aniq, ravshan
talaffuzini shakllantirish, ya’ni ravon gapirishni tarbiyalash.
7. O‘zbek adabiy tilining orfoepiya qoidalari (talablari)
asosida so‘zlar talaffuzini rivojlantirish.
8. Nutqning odatdagi (normal) tempini shakllantirish, ya’ni
so‘z va jumlalarni o‘rtacha tempda (nutqni tezlatmay ham,
sekinlashtirmay ham) tinglovchilarga uni aniq idrok qilishlari
uchun imkoniyat yaratgan holda gapirishga o‘rgatish.
9. Nutqning intonatsion ifodaliligini tarbiyalash, ya’ni
mantiqiy pauza, urg‘u, xushohanglik, temp, ritm va tembr
yordamida his-tuyg‘ularini va kayfiyatini, fikrlarini aniq ifodalash qobiliyatini tarbiyalash. Tarbiyachi nutqning asosiy buzilishlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Masalan, duduqlanish, ming‘irlab (manqalanib) gapirish. Bu tarbiyachilarga nutq buzilishini ogohlantirish va uning oldini olish, bolani mutaxassis – logopedga yuborishlari uchun zarurdir. “Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi”da yuqorida bayon etilgan vazifalar har bir yosh guruhida ularning yoshi va ruhiy holatlarini hisobga olgan holda bayon etilgan


Yüklə 404,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin