Kasbidan baxt topgan inson



Yüklə 96,94 Kb.
səhifə1/10
tarix03.08.2023
ölçüsü96,94 Kb.
#138511
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ruslan 597 232


Kasbidan baxt topgan inson.
Ba’zan inson umrini yo’lga qiyoslashadi, harbir dovon osharkan ortga nazar tashlab, o’tayotgan umridan mamnunlik hissini tuygan kishilarga chinakkam baxt nasb etadi, shu ma’noda B.Kenjayev mazmunli hayot yo’li bugungi kunda ko’plab shogirdlari uchun namuna vazifasini o’tamoqda. Ichki ishlar organi ushbu xibsxona boshlig’I B.Kenjayevning bosib o’tgan hayot yo’li, balki aytishga osondir, ammo bu yo’l orqali porloq manzilgacha yetib kelishga harkim ham qodir emas. Chunki polkovnik B.Kenjayev ichki ishlar organlari safiga, xususan jazoni ijro etish tizimiga kirgan paytidan boshlab to hozirgi kungacha sohada xizmat qilish ancha murakkab edi. Xodimlar uchun hozirgidek sharoyitlar yaratilmagan ijtimoyiy himoya ham yetarlicha ta’minlanmagan edi. Shunday bo’lsa da mashaqqatli yo’lni sharaf bilan bosib o’tgan polkovnik B.Kenjayev ushbu sohada ko’p yillar davomida samarali xizmat qilib kelmoqda. Ular hozirgacha birqancha lavozimlarda ishlab ketma-ket pillapoyalarni birma bir bosib o’tib, ko’plab shogirdlar yetishtirdi. Sohaning rivojiga munosib hissa qo’shdi. Doimo rahbariyatning e’tibor va e’tirofida bo’lib, yuksak muvaffaqiyatlarga erishdi. Xalqimizda “O’tmish, hozirgi kun hamda kelajakni bir-biriga bog’lab turuvchi ko’prik” deya ta’rif berishadi. Kezi kelganda, shuni aytib o’tish joizki, sababi polkovnik B.Kenjayev ham ustoz ko’rgan shogirdlardan biri edi. B.Kenjayev tizimda xizmat qilayotgan xodimlariga o’zining boy tajribasi, erishgan yutuqlari, o’ziga xos mashaqqatlari bilan yaqindan tanishtirar ekan, ular bilan kezi kelganda faxrlanar edilar.
Iymon qayda edi, ustoz bo’lmasa,
Urfan qayda edi ustoz bo’lmasa,
Sohibqiron qayda, Navoyi qayda,
Cho’lpon qayda edi, ustoz bo’lmasa.
Uzoq yillardan buyon sohada samarali xizmat qilib kelayotgan o’zining boy tajribasini endilikda shogirdlariga berayotgan hayotiy hikmatlari va purma’no so’zlari bilan shogirdlariga o’rnak bo’lib kelmoqda.
“Hayoti ibrat, so’zi hikmat polkovnik o’zining yoshlik yillari, xizmat faoliyati davomida ko’rgan-kechirganlari haqida shogirdlariga gapirib berar ekan, yoshlarga maslahat va tavsiyalar berib, vatanga va kasbga sadoqat, ijro intizomi, halollik va fidoyiylik, ustoz-shogird an’anasi, o’z-aro hamjihatlik, mehr-oqibat haqida fikr bildirar edi. Gohida o’zining ustozlari esiga tushib, tizimda ko’p yillar xizmat qilgan sohaning rivoji uchun beqiyos hissa qo’shgan ustozlarini hurmat bilan eslab ular bilan bog’liq yorqin xotiralar va ezgu fazilatlari ham yodiga tushsa, o’sha kunlarni hechqachon esidan chiqarmagan bo’lsa kerak desak mubolag’a bo’lmaydi. Xibsxonadagi ko’pchilik mahkum va maxbuslar ham u kishi bilan suhbatlashish, ibratli hayoti haqida ma’lumotlar olish, bebaho pand-u, nasihatlaridan baxramand bo’lish istagini bildirisihib ular bilan uchrashib suhbatlashishga oshiqar edilar, xibsxona rahbari ayirim mahbuslar bilan suhbatlashar ekan, bugun xatolaridan munosib xulosa chiqarishlari, jamiyatga sog’lim fikrli shaxs bo’lib qaytishlari lozimligini ta’kidlaydilar.
Zotan, ezgu maqsadga erishish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi, bundan oqilona foydalangan holda kasb-hunar o’rganib, halol yashashni o’z oldilariga maqsad qilib olishlari kerakligini tushintirardilar. Shuning uchun ham “Ustozlar hayoti – ibrat maktabi” - deyishadi.
Harbir inson bu dunyoga hur va ozod bo’lib keladi. U mana shu qisqagina ulush mobaynida zimmasiga yuklatilgan vazifalarni katta ma’suliyat bilan ado etmog’I va Vatani uchun arzigulik biror ish qilmog’i lozim. Ammo hamma insonlar ham o’ziga berilgan bunday imkoniyatdan unumli foydalana bermaydi. Qimmatli vaqtini bekorchi narsalarga sarflab, oqibatda jinoyat ko’chasiga kirib qolayotganlar ham oz emas albatta. Jinoyatga esa hamisha jazo muqarrar. Qilmishi sabab panjara ortida o’tirgandagina inson ozodlik, hur va erkin yashash baxti nima ekanligini tushunib yetadi. Tushkunlikda yashayotgan mahkumlarga achinasan kishi. Ayniqsa, ayollarning ham turli jinoyatlar sodir etib, panjara ortida o’tirishi qalbni yanada larzaga soladi. O’z oilasi bag’rida farzandlari tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lishi kerak bo’lgan ayollar bunday joyga nomunosib albatta. Ha mahkumalarning suhbati davomida harxil voqealarni eshitaman, hatto ba’zan ko’zimga yosh ham keladi, inson hardoyim ham o’z qilmishlarining oqibati nima bo’lishini oldindan bilavermaydi. Shuning uchun ham ota-onalar ham kechirimli bo’lishlari, ularni, farzandlarini to’g’ri yo’lga boshlashlari kerak. Chunki bu dunyoda hamma ham adashadi. Chunki kechirimlilik insondagi eng yaxshi fazilatlardan biri. Ahir davlatimiz ham qilmishiga chin dildan pushaymon bo’lgan qanchadan-qancha mahkum va mahkumalarni avf etyapti-ku. Xibsxonada ayrim mahkuma ayollar mehrsiz, toshbag’ir, ular o’z yaqinlarini qadrlamaydi. So’ngi yillarda mamlakatimizda shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish sohasida xalqaro standartlar va ilg’or xorojiy tajribani joriy etishga qaratilgan birqator qonun hujjatlari qabul qilindi. Xibsxonaga kelgan paytda jinoyatchi bo’lib kelgan shaxslar endi jazoni ijro etish muassasalaridan hunarmand bo’lib chiqishadi. Quvonarli tomoni shundaki, yurtimizda inson huquqlarini ta’minlash, mahkumlarga foydali hunarlar o’rgatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o’z samarasini beryabti. Xususan, qo’lida guldek hunari bilan ozodlikka chiqqan shaxsda, jinoyat ko’chasiga kirish ehtimoli kam bo’ladi. Ammo shunday bo’lsa-da qayta jinoyat sodir etayotganlar ham yo’q emas. Umidimiz ular ham qilmishidan xulosa chiqarib yaratilayotgan sharoyitlardan unumli foydalanishsa, jamiyatga naf keltiradigan soha bilan shug’ullanishsa yurtimiz tinch bo’lib, fuqarolarimiz farovon yashayveradi. Yurtimizda har jabxada amalga oshirilayotgan keng turdagi islohotlar natijasida vatanimiz kundan-kunga chiroy ochib bormoqda. Mazkur jarayonlarga befarq bo’lmagan xalqimiz yurt ravnaqi uchun imkon qadar hissa qo’shishga intilyapti. Bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, bugungi kunda jazo muddatini o’tayotgan shaxslar ham bu sa’y-harakatlardan chetda turgani yo’q. Mahkumlarga hunar o’rgatish, nafaqat ularni foydali mehnatga jalb etish balki ijodkorlik qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, xalq amaliy sa’natiga, adabiyotiga she’riyatiga oshufta qilishdan iborat. Mahkumlarning sa’natni, hunarlarni egallaganlarning ko’pchiligi ozodlikga chiqgach, ham bu ishlarini, ijodini davom ettirib, shogirdlar tarbiyalab, mohir hunarmand ustalar, ijodkorlar sonining ko’payishiga hissa qo’shadilar dedi o’z so’zlarida xibsxona boshlig’I polkovnik B.Kenjayev.
B.Kenjayev ham albatta, uning xizmatda ko’p yutuqlarga erishishida ustozlarining xizmatlari katta bo’lgan. Ulardan soha sirasrorlarini mukammal o’rganib, tajuublashni yanada boyitgan. U birqancha lavozimlarda astoydil xizmat qilgan insondir. Shu bilan birga, birqancha shogirdlarini tarbiyalashda jonbozlik ko’rsatib kelayotgan haqiqiy fidoyiy insondir. Ular shogirdlariga ish bilan birga oilani ham unitmaslik kerak ekani haqida oila muqaddas dargoh ekanligi, uni asrab-avaylash, saqlab qolish esa bag’oyat savob ish deydi. Shu sababdan xalqimizda “Hatto qushning ham ini buzilmasin” degan naql bor degan gaplarini mahkumalarga ham pand-nasihat qilganlari hanuz esimda. Ular harbir kishining o’z orzulari, hayolot dunyosi bo’ladi. Inson ulg’aygani sari orzulari ham kattalashib boraveradi. Orzular ko’lami kengaygan sayin kishi o’zini jamiyatning bir bo’lagi sifatida, ya’ni kimgadir kerak ekanligini tobora teranroq his etadi. Bu ko’mak so’ragan kimsaga “labbay” deya javob berish, el-yurtga foydasi tegadigan ishlarni bajarish, sharqona qadriyatlarimizga asosan kattalarni hurmat qilish singari bir qarashda oddiy tuyulgan kundalik turmush tarzimizda namoyon bo’ladi, deydilar hamda ustozlari gaplarini tez-tez eslab turishlarini ya’ni kishi ko’p narsani asosiysi, birovga nasihat qilish uchun avvalo o’zi shunga rioya etishi zarurligini o’rgatibgina qolmasdan balki inson o’z farzandlarini biror narsadan qaytarar ekan, o’zi hartomonlama ularga namuna bo’lishi lozimligini hanuz takrorlaydi. Agar inson ko’ngli g’uborga to’la bo’lsa, ulardan odamlar qochishi faqat majbur hollardagina muloqot qilishi, aksincha bo’lsa u kelgan davralarga fayz kirishi kabi hayotiy saboqlarni shiyorimga aylantirganman, ustozimdan ulgi olganman deya kulib gapirishlarini unutmasam kerak. Bu o’gitlar menga nafaqat oilada, balki xizmat faoliyatimda ham dasturulamal vazifasini o’tab kelayotir dedilar. Uyimizga ko’pincha nuroniy otaxonlar yoki qo’ni-qo’shnilar biror masalada maslahat so’rab kelsa, kimgadir kerak bo’lishi insonga kuch-quvvat manbai ekanligini tushunaman deya kuldilar. Bola yoshligidan kimgadir havas qiladi, katta bo’lsa unga o’xshashga intiladi. Shu ma’noda men ham bolaligimdan otamga o’xshashni, vatanimiz tinchlik osoyishtaligini ta’minlashga munosib hissa qo’shishni istardim dedilar.

Kelajak oldidagi ma’suliyat.


Uning astoydil qilingan niyatga erishish yo’lidagi mashaqqatlardan cho’chimaslik uchun doimo olg’a intilish zarurligi haqidagi pandu-nasihatlari naqadar to’g’ri ekanligiga yillar davomida guvoh bo’lib kelyapman. Bugun farzandlarimning ham men tanlagan kasbga mehri alohida ekanligidan ko’ksimda g’urur hissi chulg’aydi deya yana suhbatini davom etdi. Shunday tinch, mustaqil zamonda yashayotgan ekanmiz, bugungi tinch va dorilomon kunlarga shukrona qilib yasharkanman hayolimdan ana shunday fikrlar o’tdi. Darvoqe, kimgadir kerak bo’lish - ulkan baxt! Harbirimizga ana shunday baxt nasib etsin dedilar. Hayot-daraxtdan yaproq uzilib, yerga tushgunga qadar o’tgan vaqt misoli zumda nihoyalanadi. Ana shu soniyalar oralig’ida insonning qanday umr kechirgani atrofidagilarning unga nisbatan bildirgan fikrlari bilan belgilanadi. Zero, odam xulq-atvori, ergu amallari yoki beparvolik bilan yashaganiga qarab o’zidan yaxshi va yomon nom qoldiradi. Allomalarimiz “Odamlar bor bir umrga tirikdir” deb bejiz aytishmagan. Yaxshi insonlarning ko’pligi ularning hayrli ishlari sharofati bilan yurtimiz nurafshon turmushimiz fayzlidir. Dunyoda insonga berilgan eng bebaho yanabir ne’matlarridan biri esa bu farzanddir. Bolaning kelajakda qanday inson bo’lib kamol topishi u tug’ilgan va tarbiya topgan oila yanayam to’g’ririog’i ota-onaga bog’liq. Farzandini komil inson qilib tarbiyalash, uni el xizmatiga kamar basta qilib, voyaga yetkazish, ota-oan zimmasidagi ma’suliyatli vazifa. Afsuski oilaning parchalanib, parokanda bo’lishi farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Hargal tarbiyasi og’ir yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan bolalarga ko’magimiz tekkanda, ularning huquqbuzarlik ko’chasiga kirib ketishining oldini olganimizda ajib bir mamnuniyat his etamiz. Jinoyatchilikka qarshi kurashish, yurt tinchligi va el osoyishtaligini ta’minlash Botir Kenjayevning umrining mazmuniga aylangan. Ularning yurt xizmatida qo’lga kiritayotgan yutuqlari munosib e’tirof etilmoqda. E’tirof esa insonga ma’suliyat yuklaydi. Polkovnik o’qib-o’rganishdan, izlanishdan charchamaydigan xodim. Shunday xodimlar tufayli yurtimizda tinchlik, ko’ngillarimizda xotirjamlik barqaror desak adashmaymiz. Inson sidqidildan harakat qilsa, maqsadi sari intilsa kun kelib uning amallari yuzaga chiqar ekan. Bu e’tiroflar xalqimning menga ko’rsatayotgan yuksak ishonchi deb bilaman. Bu esa menga katta ma’suliyat yuklaydi. Kelgusida yurtimizni yanada obod va farovon go’shaga aylanishida harbir inson o’zining bor kuch-g’ayratini o’z yurtining gullab-yashnashiga hissa qo’shishi kabi ma’suliyatni yuklaydi deb o’ylayman dedilar. Bugun osoyishta zaminda farovon hayot kechiryapmiz, tinchlik zamirida esa yurt o’g’lonlarining matonatga to’la xizmati borligini e’tirof etmog’imiz lozim.

Ishonchga munosib bo’lish asosiy maqsadim.


Zero, B.Kenjayev kabi mard, jasur, xalqiga qalqon bo’lguvchi osoyishtalik posbonlari bor ekan O’zbekistonimizning osmoni musaffo bo’lib, taraqqiyot sari yuz tutaveradi. El-yurt tinchligini ta’minlash yo’lida qilingan fidoyi xizmati doimo munosib e’tirofini topadi. Harbir inson dunyoga kelib, qaysidir bir oilada, mahallada, ulg’ayadi, kamolga yetadi. Shu nuqtai-nazardan olib qaralganda, uning shaxs sifatida shakllanishi va qanday odam bo’lib ulg’ayishi oilasi va mahallasidagi tarbiyaviy muhitga chambarchas bog’liq. Boshqacha aytganda, hechkim jinoyatchi bo’lib tug’ilmaydi. Ota-onaning loqaydligi, mahalla-ko’yning befarqligi uning qing’ir o’ylariga kirib qolishiga sababchi bo’lishi mumkin.
Inson borki, doim o’zligini anglash harakatida. Butun hayoti o’zini tanib olishga sarflanadi. Negaki, o’zni topmoq va bilmoq, olamni bilmoq va tushuntirmoqdan murakkabroqdir. A.Navoiy odamzot tirikligining azaliy bu chalkashligini “El ketib, topg’ay menikim, men o’zimni topmomon.” Deya ifodalaydi. Odam o’zini tanishga intilib, ma’naviy ildizlariga befarq qaramagandagina barkamol shaxs bo’lishi va atrofdagilarga manfaat keltirishi mumkin. Qornidan o’zga qayg’usi yo’q kimsaning nafaqat o’zgalar hatto o’ziga ham foydasi tegmaydi. Alisher Navoiy ijodini boshdan-oyoq insonga o’zligini tanitish uchun kurashish mahsuli deyish mumkin. Uning katta-kichik harbir asarida buyuk mutafakkirning olam, odam va odamiylikning mohiyati to’g’risidagi qarashlar aks etadi. Daho bitgan harbir asar tiriklikning mohiyati borasidagi shiddatli va og’riqli o’ylar mahsulidir degan edi. B.Kenjayev A.Navoiy asarlari mahkumlarni oliyjanoblikga, hamjihatlikga, odamiylikga, o’z vatanini sevishga, ota-onaga hurmat kabi tuyg’ularni ular ongiga singdiruvchi asarlari ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatni kasb etadi, ba’zan inson umrini yo’lga qiyoslashadi, harbir dovon osharkan ortga nazar tashlab, o’tayotgan umridan mamnunlik hissini tuygan kishilarga chinakkam baxt nasb etadi. Shu ma’noda polkovnik B.Kenjayevning mazmunli hayot yo’li bugungi kunda ko’plab shogirdlari uchun namuna vazifasini o’tamoqda. Bugungi kunda uning shogirdlari mamlakatimiz ichki ishlar organlarida samarali faoliyat yuritib, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga munosib hissasini qo’shib kelmoqda. Ko’z ochib ko’rgan osmonning musaffoligi, ilk qadaming qo’yilajak zaminning mustaqilligi, seni qo’rshagan insonlarning hurligi qo’lga kiritilgan mustaqil yurtda tug’ilganning o’zi bir baxtdir. Inson qalbining tub-tubida baribir o’zi orzu qilgan kasbga intilish cho’glanib turaverar ekan. B.Kenjayev o’zining samimiyligi, ochiqko’ngililigi bilan barchada iliq taassurot qoldirgan.

Yüklə 96,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin