Kasbidan baxt topgan inson



Yüklə 96,94 Kb.
səhifə7/10
tarix03.08.2023
ölçüsü96,94 Kb.
#138511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ruslan 597 232

Qo’shni doctor amaki.
Bir kuni onam sigirga beradigan qamish tugab qolganini aytib, unga ko’k o’t o’rib kelishimni buyurdi. Issiq yoz oylari edi. Men ham o’sha kezlari yoshgina 7-8-sinfda o’qiydigan qizaloqman. Hovli oldidagi ko’l bo’yiga chiqdim. Keyin ko’lning naryog’idagi paxta dalalari tomon yurishga kun issiqligi sababli erindim. Shundoq ko’lning chetiga tushishim uchun ko’ylaklarimni belimgacha buklab oldim. Keyin o’roqni qo’limga olib asta suv chetiga tusha boshladim. Men suvdan va suv ichidagi jonzotlardan hech ham qo’rqmasdim. Chunki suv tagida ilon, andatra, baliqlar ham bo’lardi. Gohida ko’l bo’yida, yozning issiq kunlari baliqlar suvning yuziga chiqib o’ynashardi. Chunki quyoshning zarrin nurlari suv yuzini ilitib, ko’ylagidanmi, ayni peshin chog’ida, baliqlar ham o’zini iniga urardi. Gohida ular ham issiqqa chdiolnay uxlashga ketadi shekilli deb o’ylaysan. Birpayt ancha yergacha o’t o’rib yurib borib qolganimni ham sezmay qolibman. Shu orada oldimdan suvning yuzida bir kichkina suv iloni suzib kela boshladi, men uni endi o’rog’imning uchi bilan iytarib tashlayman deyishim bilan birdan egilganimda chin taraf ko’zim qorachig’I ichiga qamishning ichidagi qurigan qora mayda yaproqchasini sinig’I kirib ketdi. Ilon ham mening qichqirig’imdan bo’lsa kerak ortiga qarab suzib ketdi. Keyin suvdan chiqib ko’ylagimni tushurgancha shalabbo suv bo’lib o’roqqa ham qaramasdan ko’zimni ushlab onamning yoniga yugurdim. Uyga yig’lab kirishim bilan onam qo’rqib ketdi. Darrov mendan nimaga yig’layotganimni so’radi. Ular ichkaridagi ayvonda yangi ko’rpacha tikayotgan ekanlar. Darrov meni oyna oldiga qo’limdan ushlab olib borib ko’zimni ochib ko’rdilar. Ammo o’ziyam nima qilishini bilmay ko’z qorachig’iga tiralib turgan mayda zarrachaga ko’zi tushib uni o’zlari olomasligini bilib darrov qo’shni doktorning uylariga olib bordilar. Men esa yo’l bo’yi onamga nuqul ingirsib yig’lardim. Onam esa to qo’shnining uylariga borgunimizcha senga o’t o’rib kel sigirga degan men o’lay deb o’zlarini qarg’ab bordilar. Doktor amaki uylariga kirib borishimiz bilan onam Ganjavoy uydalarmi deb, doktorning xotinidan so’radilar. Ayoli bo’lsa stol yoniga ayvonchaga yangi ko’rpachalar solib, onam bilan meni birpast kutib o’tirishimizni aytdilar. Keyin ayol stol ustiga non, qand-qurs qo’ya boshladi. Ayol onamdan nima bo’ganini, meni nega yig’layotganimni so’rab boshladi. Keyin onam bo’lgan voqeani ularga aytib berdilar. Birpayt endi bir payola choy qo’yib berayotganida, ayol erini uyqudan uyg’onganini hozir yuz-qo’lini yuvib chiqishini aytdi. Keyin doctor aka onam oldilariga kelib ular bilan salomlashib, menga qarab nima bo’ldi qizimizga deb men bilan ham hol-ahvol so’rashdilar. Qani yig’lamasdan menga bo’lgan voqeani bir boshdan aytib berchi dedilar. Men esa shosha-pisha bo’lgan voqeani to’liq gapirib berdim. Keyin ilon deganimga ular kuldilar. Meni esa botir qizim deb maqtab qo’ydilar. Doktor aka o’sha paytlari 50 yoshlaridagi navqiron, sermulohozali, qattiqqo’l, uzun bo’yli oppoqdan kelgan, qoshlari burgutsimon, sochlarini oq oralagan, vazmingina kishi edi.
Keyin meni gaplarimni eshitgach, oldiga bitta yostiq qo’yib qani opa qizingizni oldimga yotiring-chi, ko’zini bir qaray dedi. Men esa sekin ular oldidagi yostiqqa titragancha bosh qo’yib yo’qoriga qaradim. Ular esa ko’zimni ochib qarab o’xxo’ dedi-yu, darrov ayoliga qarab, qani onasi qo’lingizga bitta yangi ignani oling-u uni o’tga qizdirib keeling dedi. Menga esa sen endi tipirchilamay yotgin, agar qo’limga tegsang igna ko’zing ichiga kirib ketadi, yig’lashni to’xtat deb meni qo’rqitib ham qo’ydilar. Ayol ignani qizdirib doctor akani qo’liga olib kelib berishi bilan u ignani qizimga olib borib qorachiq ichidagi qora zarrachani olib tashladilar. Men esa inqillaganimcha ularni oldilarida shiftga tikilib yotardim. Onam bizga qaramay orqalarini o’girib duo o’qib o’tirardi. Keyin mana bo’ldi qizim qutulding turaqol deb o’zlari o’rinlaridan turib ishga shoshildilar. Onam bilan men esa ularga rahmat aytib yana stol atrofida birpast choy ichib o’tirib qoldik. Chunki do’xtirning ayoli ham onamlarni juda yaxshi ko’rar, biz ularning farzandlari bilan tengqur, ko’cha chanqitib o’sganmiz. Onam bechora do’xtir mana oldim ko’zingdagi zarrachani deganida ko’zlaridan turqurab yosh chiqib ketdi. Onam bilan birpast o’tirgach qo’shni ayolga ham rahmat aytib uyga qaytdik. Men indamay ya’ni onamning qo’lidan mahkam tutganimcha o’sha ko’l bo’yidagi porsang chang yo’ldan ohista qadam tashlab borardik. Indolmadim.
Mana hozirham ota hovlimizga borganimda, hovli oldidagi o’sha ko’lga ko’zim tushishi bilan onamni o’ylayman. Onamning jiqqa yosh to’la ko’zlari tasavvurimda jonlanadi. O’sha ko’l chetidagi porsang chang yo’l haliyam bor, o’sha ko’l haliyam bor. Lekin onam bilan o’sha qo’shni do’xtir oramizda yo’q.


Yüklə 96,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin