Kasbidan baxt topgan inson



Yüklə 96,94 Kb.
səhifə4/10
tarix03.08.2023
ölçüsü96,94 Kb.
#138511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ruslan 597 232

Xotima o’rnida.
Meni endi tuzalmas, tamom bo’lgan odam deb o’ylamang. Kelajagim, hayotim ham oldinda. Kunlar o’tar men ham turmushga chiqarman, boshqalarga o’xshab bola-chaqali, uy-joyli bo’larman. Ishlayman, do’st, yoru-birodarlar orttiraman. Lekin faqat ayrim bir umrbod, manguga yo’qotgan narsamni qaytara olmasam kerak. O’tgan umrni hechqachon qaytarib bo’lmaydi. Ammo hayotimning oxirgi kunlari to so’ngi nafasimgacha bu kunlarni hechqachon unuta olmayman.
Meni qo’limga gazeta tutqazib meni to’g’ri yo’lga boshlagan o’z ijodiy yo’limni topishimda turtki bo’lgan mehribon, oliyjanob, to’g’ri so’z bu hibsxona rahbari polkovnik B.Kenjayevning bitta ojiza mahkumani qaytadan hayotga qaytishiga sababchi bo’lgani uchun ularga ezgu ishlarida omadlar tilab, katta rahmatlar aytaman.
Mening esa asl muddaoim aziz o’quvchi bu kitobni yozishimdan maqsadim men kabi qismatdoshlarimning taqdiri meni befarq qoldirmaydi. Chunki ushbu mahkumalar bilan mening ham qismatim qalbimizdagi afsus-nadomat va pushaymonliklar harbirimizning qayg’u va iztiroblarimiz hamohangligidan behosdan qo’limga qalam olib, bu iztiroblaru, qalb nolalarini, mahkum va mahbuslar kechinmalarini, farzandlariga, oilalariga, o’z vataniga bo’lgan mehr-muhabbati, ota-onasi, qondoshlari va o’z sevgan suyukli yoriga bo’lgan muhabbati va sadoqatini hayotiy achchiq haqiqatni panjara ortida harbir kunini afsus-nadomat bilan o’tkazayotganini o’z ko’zim bilan ko’rib, sezib, o’zim ham his qilib va bu tuyg’ularni sizlarga yetkazish maqsadida, ushbu kitobga tushirdim.
Bundan maqsadim esa, Ota-onalar rahmatidan uzilgan, o’zlarini unitgan kimsalar uchun bir turtki eslatma bo’lar degan umiddaman. Birqancha mahkumalarning so’zlarini eshitib, kuzatib, ular bilan maslahatlashib yillab o’zim guvohi bo’lgan voqealarni, hibsxonada yillar davomida mahkum va mahbusalarni xodimlar tomonidan ularni tarbiyalash, sog’lom , ularni ilmli, hunarli qilish, o’z oilasiga, jamiyatga qaytarish borasida olib borilgan yakkama-yakka suhbatlar, ta’limiy-tarbiyaviy ishlar, hamda pandemiya sharoitida xodimlarni olib borgan mardonavor ishlarini o’z ko’zim bilan ko’rib, qatnashib, bor haqiqatni ushbu kitobimga kiritdim.
Ushbu yaratilgan kitob shu aziz o’quvchini befarq qoldirmas degan umiddaman. Agar bu kitob sizda ozgina bo’lsada iliq taassurot qoldirsa, bilingki bu mahkum va mahbuslar nolalaridandir. Agarda siz azizlarni bu yozgan ayrim so’zlarim bilan ranjitib qo’ysam buning uchun sizlardan oldindan kechirim so’rab qolaman.
Hayotning bir boshga bergan sinovin,
“Sabr” – deb chumaman bir zum hayolga,
Qadrning qimmatin tinglab Mubordan,
Aylandim tamoman boshqa ayolga.
Men hayotimdagi o’tgan kunlarimga achinmayman. Chunki yaxshi kunlarda quvonib yashadim. Qiyinchiliklarda esa sabr qilishni o’rgandim.
Xato qildim. Yiqildim.
Kim do’st, kim dushmanligini bildim. Omadim kelganda esa soxta mulozomatlarni, omadim ketganda esa asl yuzlarni ko’rdim. Dabdabali to’ylar qildim. 2 farzandni onasi bo’ldim.
Sevgim muhabbatni azobini ko’rdim. Sevildim kimgadir kerak bo’lishlik baxtini his qildim.
Xato qildim. Qilgan ishim xatoligini bildim, takrorlamaslikga harakat qildim.
Tashvishlarim ko’payganda odam faqat Allohdan umid qilib, o’zi harakat qilib yashashi, o’zini baxtli bo’lishi faqat o’zigagina kerakligini tushundim. Ba’zan yaxshilik, ba’zan yomonlik bilib-bilmay qilish, qaytar dunyo ekanligini bildim.
Xullas hayotda hechnarsa behikmat ketmasligiga harqanday holat biz uchun bir saboq ekanligiga amin bo’ldim. Meni kechiring aizi insonlarim kechiring.
Men yanada bundanam ko’proq kitoblar, gazeta va jurnallar o’qishim kerak deb o’ylayman. Adabiyot bu Parvardugor in’om qilgan tuhfa deb bilaman. Uni boshqa bir tuyg’ular bilan qorishtirish ham o’rinsiz. Men oldinlari hech ham kitob yozib ko’rgan emasdim, faqat ahyon-ahyonda she’r va bitta, yarimta ishim yuzasidan maqolalar yozgandim xolos. Lekin hozirgi yozgan she’riy to’plam kitobimni va qolgan hikoyalar to’plamlarimni aholiga, yoshlarga va hamma o’qisa bo’ladigan she’riyat deb o’ylayman. Chunki omma uchun mahkum va mahbusalar uchun ham ayniqsa ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega deb o’ylayman. Ularga vatan haqida ham juda yaxshi gaplar satrlarda bitilgan. She’r bu Ollohimning inoyati deb bilaman. Uni qanday yozilishini men bilmayman, buni siz aziz kitobxonlar baho berasiz. Men hardoyim oq qog’oz va qalam yashirib bo’lsa-da olib yurganman, buni yashirmayman. Hattoki o’zing yangi “Pexota” bo’lsangam qo’rqmay bunday narsalarni olib yuribsan deb xodimlar urishgani-urishgan edi. Ahir ularning ko’pchiligi meni ijod qilishimni ham bilmas edi-da. Uning ustiga xodimlar jiek ga yangi kelgan kelinlarni “pexota”-lar deyisharkan. Buni men ham qizlardan so’rab bilib oldim. Men hox ishda bo’lay, hox otryadimizda bo’lsam ham qo’lim bo’sh bo’lishi bilan ko’zim oq qog’oz va qalamimga tushsa, albatta ilhom kelaverar edi. Hattoki ishimni tugashini sabrsizlik bilan kutib, darhol yozishga tushardim. Hattoki ishda ham. Chunk tikuvchilik tsexida ishlarim o’sha paytlari. Brigadir ayolimiz ham judayam mehribon ayol edi. U meni yozishimni, ijod qilishimni ham bilardi, lekin mobodo yozib turganimni ko’rib qolsada, ko’rmaslikga olardi o’zini. Meni yaxshi tushunardi ham, she’rlarim dunyoga kelganida, hikoyalarim ham tug’ilganida rosa zavq-shavqqa to’lib quvonardim. Ba’zan ulardan faxrlanib, zavqlangan kunlarim ham bo’lgan edi. Menga kuch beradigan narsa ehtimol shudir, yaratiqlarim deb bilaman.
Adabiyot ko’pincha sidqidildan mehnat qilgan insonlarni yaxshi ko’radi deb o’ylayman. U chin ko’ngildan, yurakdan kuylashni, yozishni yoqtiradi. Men bu yaratiqlarimni ayrim do’stlarimizga o’xshab bir-ikki so’m qalam haqi olishim uchungina yozayotganim yo’q. Men bor haqiqatni hechqanday uni bo’rttirmasdan, bo’yamasdan ko’zim bilan ko’rgan, qulog’im bilan eshitgan, o’zim ham xuddi boshqa mahkumalar singari his qilgan dardli kechinmalarni borligicha qog’ozga ikki yilga yaqin vaqt davomida tinmay, qiyinchiliklardan qo’rqmay, sabrli bo’lib, bu yaratiqlarni oq qog’ozga tushirib kelganman. Adabiyot bu mutlaqo boshqa olam. Men shu yillar mobaynida o’z ustimda ishlashni, izlanishni, ijodni, kitob mutoolasini hech kanda qilmadim. Aksincha qaytanga menga vaqt yetishmasdi. Men hardoyim hattoki yoshim 51 da bo’lsada haliyam ilmga chanqoqlik meni deyarli tark etmadi. Bu yerdagi turfa taqdirlar nolasi ishni ijodimni yanada kurtak ochdirdi. Tinimsiz mehnat qilganim sari, qalbim ham yashnadi, tozalandi. Allohim qo’limga qalam tutqazganiga ham shukr deyman. O’ziga talabchanlikni yo’qotishni, vaqtni besamar o’tqazishni esa men fojiya deb baho beraman. Oldinlari bu haqida o’ylamagan ham ekanman. Bunday joylarga kelaman deb yeti uxlab tushimga ham kirmagan. Bu esa mening taqdirimda bitilgan. Beayb parvardugor deyishadi-ku. Ba’zan hibsxonaga ilk bora kirib kelgan kunlarimni eslayman. O’sha vaqtlari men uchun hayot xuddi to’xtagandek edi. Ko’zimni yoshi tinmas, o’z-o’zimni kechirolmay farzandlarim, 100 yoshni endi qarshilagan otajonim siymolari ko’z oldimda turar edi. Adoyi-tamom bo’layozgan edim. Kim o’ylabdi o’shanda meni qaytadan hayotga bitta gazeta qaytishimga sababchi bo’ladi deb. Ha bitta bu ham mahkumalar uchun “Vaqt-Время” gazetasi. Bu ayni haqiqat. Bitta oddiy gazeta meni tiriltirdi va shu orqali menga mayoq bo’gan, mening eng yaqin do’stim va sirdoshimga aylangan bu gazeta orqali men qanchadan-qancha she’rlarni, qanchadan-qancha hikoyalarni yaratishimga sababchi bu oddiygina gazeta va uni mening qo’limga tutqazgan bir yaxshi, mehribon inson u 2-son TH si boshlig’I edi. Ha hibsxona boshlig’I edi. Men bunday insonlarni hayotimizda, yurtimizda borligidan quvonaman, qaniydi shunday insonlar ko’p bo’lsa-yu, ularning harbiri men kabi o’z yo’lidan adashgan insonlar qalbiga chiroq yoqa olsa, ularning qalbida ma’rifat uyg’ota olsa balkim bu olamda jinoyatlar soni kamayarmidi deb o’ylayman. Qanchadan-qancha o’nlab, yuzlab, balkim minglab jinoyatlarni oldini olgan bo’larmidik deyman. Yaxshi so’z jon ozig’I deb shuni aytsalar kerak. Aminmanki, bitta rahbar, bitta gazeta va bir og’iz shirin so’z qarabsizki shu ko’z ilg’amas ayrim narsalar asnosida qanchadan-qancha hikoya va she’rlar tug’ilsa-yu va bular hamma kitob o’qiganlar aziz kitobxonlar uchun bir ko’zgu bo’lib yaratilsa. Xuddi ertakga o’xshasa, xuddi mo’jizaning o’zi emas-mi? Lekin bu ertak emas, bu ayni haqiqatning o’zginasi. Rahbar mening qobiliyatimga, ijodimga ishondi, bu esa menga ma’suliyat yukladi, ular menga e’tirof ko’rsatdi bu esa menga bir vazifadek tuyuldi. Men ularning ishonchini su’istemol qilolmadim. Men bu vazifani to’la-to’kis bajarish uchun bor kuc-g’ayratimni ishga soldim. Natijada men uddaladim. Sabrli bo’lib to’siqlarni yengib o’tdim. Endi faqat kitoblarni chop ettirish qoldi xolos. Bitta rahbar va bitta gazeta ortidan oltita kitob dunyoga kledi, tug’ildi. Agar shunday oliyjanob rahbarlardan yana 100 tasi bo’lgandami, eh-he davlatimiz bundan-da, kuchli, ziyoli bo’lib ketarmidi.
Yozgan biror-bir she’rmi yoki hikoyami u albatta kitobxonni o’ziga jalb qila olishi kerak. Mening ijodim boshqalarnikiga o’xshamasa kerak deb o’ylayman. Chunki men hozir-da oddiy bir mahkumaman xolos. Uning ustiga oldinlari kitob ham yozmagan bo’lsam. Mening bu ijodimga yana bir turtki bo’lgan voqea bu yurtboshimizning olib borayotgan har jabxadagi o’zgarishlari, ya’ni islohotlari, strategik taraqqiyot bosqichlari, inson qadri va sha’nini ulug’lash borasidagi yangi chiqqan qaror va farmonlari, adabiyot namoyondalarini xotirlab, haykallar qo’yishi hamma-hamma yangiliklari, yangi O’zbekistonni va yangi Qorqaqolpog’iston o’rtasidagi hamjihatlik, do’stona munosobatlar, shukronalik keltirish kabi birqancha oliyjanob qadriyatlarimiz, hattoki mahkumalar qalbiga ham ziyoo bo’lib kirib kelishi meni yanada ilhomlantirdi, kuchimga-kuch, g’ayratimga g’ayrat qo’shdi. Demak bu qadriyatlar mahkum va mahbusalar qalbiga ham kirib kelishi bu judayam katta bir kuch, yangilik deb o’ylayman. Ayniqsa, yurtboshimizning “Taraqqiyotlar strategiyasi” kitobidagi Zamaxshariyning “Agar biz vaqtdan unumli foydalana olmasak, u bizning dushmanimizga aylanadi” - degan so’zlarni keltirishlaridan men o’zimda bir yangi evrilish his qildim va bu so’zlar mening ijodimning bosh mezoniga aylandi desam mubolag’a bo’lmaydi. Chunki vaqt bu harbir inson uchun oily hakamdir. Mening kitoblarimni va ijod ahlini ularni o’ziga rom etishi ham bu nazarimda she’rlarimdagi va hikoyalarimdagi dard, qayg’u, iztirob, sog’inch, hijron, pushaymonlik, kechirimlilik kabi iztiroblari bo’lsa kerak deb o’ylayman. Mahkumalarda shu kechinmalardan boshqa yana nimalar ham bo’lsin ahir. AYniqsa ozodlik va hurlik singari.
-Odamning bitta o’zi hayotini, taqdirini yozishni uddalay olishi – bu butun jamiyatning dardini yozish bilan barobar degan satrlarni qaysidir bir gazetadan o’qib juda sevindim. Balkim men ham buni uddalagandirman dedim ich-ichimdan quvonib. Buni endi kitoblarim bosmadan chiqsa bilaman dedim o’z-o’zimga faxr bilan. Chunki bu yerdagi panjara ortidagi hayot, bu yerdagi voqealar, mahkumalar kechinmalari, hattoki hozirda yurtimizda yuz berayotgan yangiliklar, rivojlanishlar mahkumalar yuragi va qalbini, ruhiyatini oralab o’tadiki, also bejiz ketmaydi deb o’ylayman. Bu ham avvalambor biroq bir hikoyaga, she’rgami bir asos bo’ladi-ki hech bir ijod ahlini befarq qoldirmasa kerak deyman. Adabiyot namoyondalaridan ayniqsa, A.Navoiy, M.Mutfiy, Z.M.Bobur ijodiga ham bir nazar tashlang. Ular ham inson. Lekin muhabbat, oliyjanoblik, o’z vatanini sevish jamiyki barcha ulug’ qadriyatlar ular ijodining mahsuli. Xudo bergan iste’dod sohiblari hamdir. Lekin sevgi, muhabbat bobida ular ham ojizdir. Buni ayniqsa A.Navoiy judayam yaxshi anglagan. Uning ikki qator yozgan misrasini hech unitmaganman.
Orazin yopqoch ko’zimdun sochilur har laxza yosh,
Bo’ylakim paydo bo’lur nihon bo’lg’och quyosh.
Navoiy bobomizni she’riyat mulkining sultoni deymiz. Uning ijodiyoti to’g’risida qancha yozsakda kamlik qiladi. JIEK - ga yangi kelgan paytimda 10-12-fevral oylarida mahkumalar bilan birga A.Navoiy bobomizning hamda shox va shoyir Z.M.Bobur tavalludiga bag’ishlab kecha tashkillashtirgan edik. O’sha kechada qatnashganim uchun tarbiyaviy ishlar bo’yicha xodim hamma qatori menga ham “faxriy yorliq” yozgan edi. Men esa bundan juda xursand bo’ldim. Kelar, kelmasdan mana “faxriy yorliq” bilan taqdirlandingiz deb tabriklashdi. Mart oyiga kelib esa brigadirimiz yaxshi ishlab planimizni ortig’I bilan bajarganmimiz munosobati bilan yana “faxriy yorliq” berishdi. Bilasizmi, men hamma yaratiqlarimni sidqidildan, yolg’on aralashtirmasdan bitganman. Chunki yolg’onning umri qisqa bo’ladi. Yolg’on yashiq gaplarni yozsang ijod ahli darhol sezadi. Lekin haqiqiy tuyg’ular umrbod qoladi, ular bitmas-tuganmas boqiy hisoblanadi. Yillar, asrlar o’tsa-da darz ketmaydi. O’tmishni tarixga aylantirish bu hammaning ham qo’lidan kelavermaydigan savobli ishdir. Zero, o’tmishsiz kelajak yo’q. Shu yerda yurtboshimizning bir so’zlari esimga tushib ketdi.
Biz shu paytgacha tarixning o’zimizga yoqqan joylarini olib, yoqmagan tomonini yashirib o’tdik. Birovga yoqadimi, yoqmaydimi, g’ururimizmi-armonimizmi, muvaffaqiyatmi-hiyonatmi, hammasini haqqoniy yozish kerak degan so’zlarini o’qir ekanman, shu qatori men ham aniq haqiqatni oshkor qilib o’z kechinmalarimni boricha satrlarga tushirdim, toki mening qismatim boshqa insonlar hayotida takrorlanmasligi uchun o’z hayotimni ularga ko’zgu qilib ko’rsatdim. Hamma, hammasini ochiq, borini-boricha yozdim, men yozayotganimda hattoki ikkilanib ham o’tirmadim, yashiradigan mening hechnarsam yo’q. Odamlar meni shundayligimcha, borimcha qabul qilishsin deyman. Inson adashdi, uni nafs qopladi deganidek, men ham dashdim bundan tonib ham turganim yo’q. Lekin qalbimga ziyo, yorug’lik, ma’rifat bilan yengdim.
Hozirda adabiyotga katta ahamiyat berilayotganidek, katta adabiyotimiz paydo bo’lganidan juda xursandman. Hozirgi she’riyatimizda ham reallik sezilib bormoqda. Mahkumalar ham hozirgi she’riyatda o’zini ko’rdi. Hozirgi adabiyotning jamiyatga kuchli ta’siri bor. Buni mahkumalar hayotida ham sezish mumkin. Ular orasida ham she’riyatga oshufta ko’ngillilari topiladi. She’r bitiladi, rasm chizishadi va hokazolar raqsga tushishadi, qo’shiq aytishadi, yozuvchilar bitgan asar va dostonlaridan sahna ko’rinishlari qo’yishadi. Tez-tez she’rxonlik bazmlari uyushtirishadi. Sport bilan ham shug’ullanishadi. Ma’naviyat kunlari o’tkaziladi xodimlar tomonidan hattoki gaztealarga she’r va maqolalar jo’natishadi. Demak, bu ham ularning qalbida adabiyotga bo’lgan qiziqishlaridan dalolat beradi.
Yana bir misolimiz buniyam men qaysidir bir gazetadan o’qigan edim. 2017-yil 3-avgustda davlatimiz rahbari O’zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda “adabiyot va sa’natga, madaniyatga e’tibor - bu, avvalo xalqimizga e’tibor, kelajagimizga e’tibor ekanini buyuk shoyirimiz Cho’lpon aytganidek, adabiyot, madaniyat yashasa, millat yashashi mumkinligini unitishga bizning also haqqimiz yo’q” degan edi. Ushbu misralarni o’qir ekanman adabiyoti yo’q millat tanazzulga yuz tutadi, abadiy yo’qlikga mahkum bo’ladi. Adabiyoti bor xalqning ruhi baquvvat, tetik bo’ladi. Bizning xalqimiz bag’rikeng, mehmondo’st xalq. Adabiyoti bor xalq hamisha o’zining kimligini anglaydi. Xalqimiz o’zining kimligini anglaydi. Xalqimiz ijodkor, oqko’ngil xalq. Bizning ildizimiz qadim moziyga borib tutashadigan, ulug’ insonlari, ulamolaru, shoyirlarga borib tutashadigan buyuk adabiyotdir. Bunga Abu Ali Ibn Sino asarlari, M.Muftiy ijodi, Zulfiyaxonim she’riyatlari ham misoldir.
Adabiyot insonni komillikga yetaklaydi. Adabiyotni insonlarsiz, insonlarni esa adabiyotsiz, she’riyatsiz tasavvur qilish qiyin. Adabiyot kirgan yuraklar, hayotga chanqoq bo’ladi, ulardan yaxshilik, ezgulik ufurib turadi. Bunga misol esa yana A.Navoiy bobomiz yozgan asar va dostonlarining o’zi yaqqol dalildir. Hozir biz insonlar qiziq bir davrni boshimizdan kechiryapmiz. Internet, telefon yangilanishlar davrida yashayapmiz. Lekin ko’ngil ehtiyoji degan gap ham bor. To’g’ri biz internet orqali hamma ehtiyojlarimizni qondiryapmiz. Lekin ko’ngil ehtiyojini hechbir narsa adabiyot singari qanoatlantira olmaydi. Chunki ijod bu ko’ngil mahsuli. Bizning jamiyatimiz ham, unda yashaydigan xalq, odamlar ham ilgari odimladi. Inson ruhiyatini esa adabiyot yangilaydi degan gap ham bor. Bizning jamiyatimizda yashaydigan insonlar qalbida, yashashida ham katta yangi evrilishlar paydo bo’ldi. Chunki xalqimiz bu kabi voqealarni darrov anglab oladigan xalq, unga tushuntirib o’tirishni hma hozirda keragi yo’q. Kerakli materiallarni ham u darrov o’ziga internetdan topib oladi. Adabiyotni esa ziyolilar yaratadi, u zamon bilan hamnafas bo’lishi kerak degan gapni odamlar tushunmog’i lozim. Odamlar o’zini hozirgi real adabiyotda ko’ra boshladi. Hattoki she’rlarda ham realizm paydo bo’la boshladi. Oldinlari bunday holat deyarli adabiyotda bo’lmasdi yoki kam uchrardi. Sizga shu yerda hayotiy bir misol keltirib o’tmoqchiman. Bu haqiqatdan ham bo’lgan voqea.
Paxta siyosatini bilasanku? - dedim keyin u tinchigach, mana yig’lamay yursa, ham bo’larkanu? deb ertasiga gapirib qo’ydim unga yana. Direktor bizni ham ayamaydi, o’zini ko’ryapsan-ku, biz ham farzandlarimizni sog’inamiz, lekin sizlarni tashlab ketpayapman-ku men ham. Inobat aqlli u darhol meni tushunib oldi. Shu-shu bo’ldi, hechkim paxta mavsumidan qochmaydigan, bu haqida hechkim gap talashmaydigan bo’lishdi. Paxta sharoyiti ham o’ziga yarasha edi. Noyabrning oxirlari, dalada g’o’zapoya va xom kusakdan boshqa hechnarsa yo’q. Bir chanoq paxtani toppish amrimahol edi. O’shanda qizlar ko’saklarni yig’ib paxtazor ichida uni ezib keyin hovuch-hovuch qilishib etakga solishardi. Yig’gan paxtalari esa 3-4 kg tosh bosardi xolos. Shu bilan kun peshin ham bo’lardi. Biz o’qituvchilar esa rosa jig’ibiyron bo’lardik. Yovg’om ovqatini yeyishni o’zi ham bir azob edi. Qurtlagan makaronlar-u, achigan buxankalar odamni she’dasiga tegib ketardi. Terilgan paxta yegan ichgan ovqatinga ham yetmaydi. Ustiga-ustak hamma charchagan, ketgisi kelar, o’quvchilar ota-onasini va yaqinlarini sog’inib ko’z yosh to’kishar, hatto salqin tushganligi sabab ayrim o’quvchilar betob ham bo’lib qolishardi. O’sha kezlar juda og’ir damlar edi. Allohdan faqat tezroq qor yog’ishini tilardik xolos. Noyabr oyi o’tib, dekabr ham boshlanib ketardi. Hali qaytib ketishga buyruq olmadik derdi shtab boshlig’imiz ham. Keyin qor yog’a boshlardi. Yer yuzini esa oppoq qor qoplardi. Hamma o’qituvchi muallimlar o’quvchilarimiz bilan birgalikda, qorni yog’ishini quvonib xuddi yangi yil ham yaqinlab qolgandek kutib olardik. Keyin shtabdan avtobuslar kelishini ertaga qaytishimiz haqida buyruq olardik. Buni mendan eshitgan o’quvchilar rosa quvonishardi. Hamma o’z tayyorgarligini ketishga ko’ra boshlardi. Hammamiz qishloq odamlari bilan tanishib, ular biz uchun, bizlar ham ular uchun o’z yaqinidek bo’lib qolardik. Necha yillar mobaynida qolganimiz shartnoma asosida. Paxta yig’ish terimiga bir tumanga, va har yili boradigan shu bir fermerimizga, u biz uchun har yili ajratib beradigan shu bir yotoqxonamizga bemalol xuddi akamizning uyiga mehmonga borganimizdek katta-katta sumkalarmiz bilan kirib borardik. O’quvchilarimiz ham qishloq odamlarini tanib qolganidan, darrov shundoq avtobusdan tushishlari bilan darrov shundoq avtobusdan tushishlari bilan darrov o’zlari haryili boradigan qishloq tanish oilalariga sumkalarini olib ketib qolishardi. Ular uchun yotoq joylar ham qarab yurmasdik. Hattoki tanish oilalarning farzandlari velosipedlar bilan o’quvchilarimizni kelishini kutib turishardi. Avtobuslar to’xtashi bilan qiy-chuv boshlanardi. Oldiniga tanishlarini qo’shib, o’quvchilar rosa quvonishradi oradan 3-4 kun o’tgach esa to paxta mavsumiga o’rganib ketgunlariga qadar xumrayib yurishardi. Awil oqsoqollari-yu, o’quvchilarini juda yaxshi ko’rishar, hurmat qilishardi. Hattoki tez-tez bizlarni o’quvchilarimiz bilan qo’shib bir qo’y yoki katta indyukmi, yoki echki so’yibmi uylariga tez-tez mehmonga ham chaqirib turishardi. Juda esda qolarli ajoyib voqealarga boy davrlar edi o’ziyam. Bu bo’lib o’tgan voqealar haliyam xotiramda muhrlanib qolgan. O’tgan paxta mavsumidagi muallimlik kunlarimni hech ham unitolmayman. O’sha damdagi xotiralarim men uchun juda qadrli.
O’sha kezlari QR. Shomanay tumani, Ko’kko’zov j/x - shga Nawbet Eshmuratov fermer xo’jaligiga borganman. Nawbet og’a qoraqolpoq edilar. U uzun bo’yli oq-sariqdan kelgan, keng yelkali, dili va ochiqko’ngil kishi edi. Fermer xo’jaligi paxtachilik bilan shug’ullanib, u birnecha yillar davomida fermer xo’jaligini boshqarib kelganlar. Keyinchalik esa sog’lig’I tufayli ularning o’rinlarini o’gli Baxtiyor egallagan. Baxtiyor o’rta bo’yli, sarg’ich oq rangli, o’rtacha yigit edi. O’sha kezlari u uylanmagan edi. Yoshi ham 40 yoshlarga y qolgandir. Keyinchalik uylangan bo’lmasa yana bilmadim. U otasiga uncha o’xshamas o’ta qo’rs va o’jar yigit edi. Lekin uning tomirini topsangiz gohida mehribon insonga ham o’xshardi. Fermer xo’jaligi yerlari juda katta bo’lib, har yili tumanda birinchilardan bo’lib paxta planlarini bajarar edi. Nawbet og’a kezi kelganda oilasi va bolalariga ham juda qattiqqo’l edi. Lekin bizni nima bo’lgandayam juda hurmat qilar edi. Biz ham hammadan oldin paxta planni bajarishga harakat qilardik. Qishloq odamlari bilan bir qatorda turib har kungi bizga belgilangan tonnani ortig’I bilan terib topshirardik. Nawbet og’a bizni kuyib pishib ishlashimizga o’quvchilarimizni ham g’ayratiga qoyil qolib barqulla dala boshida hoybarakalla qilib o’tirib olardi. Osmon bo’yi ko’kka qadalgan traktor teleshkasi ustidan tomayotgan oppoq paxtalarni ko’rib, quvonganidan faxrlanib ko’zlari yashnab ketardi. Keyin o’g’li Baxtiyorga tikilib, keyingi teleshkani ham bunisiga tirkab qo’ygin derdi. Unga bu teleshkadagi paxtalarni bugun peshindan qoldirmay paxta punktiga jo’natkin derdi. Baxtiyor esa otasining gapini hechqachon ikki qilmasdi. Traktorchi esa Nawbet og’aning Baxtiyordan katta o’g’li Bakish edi. Hozir uning to’g’ri ismi esimda yo’q. Biz uni Bakish deb chaqirardik. U ham uzun bo’yli, oriqdan kelgan, oq-sarg’ich edi. Lekin Bakishning xarakteri na Baxtiyor ukasiga va na Nawbet og’aga o’xshamasdi. U onasi Dariyxa opaga tortgan edi. U uylangan o’sha paytlari ikkita farzandli bo’lgan edi. Ayolining ismi esa Zag’iypa edi. Ular sevishib turmush qurishgan edi. Bir-birini judayam yaxshi ko’rishardi. Zag’iypa juda aqlli, mehribon va mehnatkash ayol edi. Juda pazanda doyim u pishirgan taomlar juda shirin bo’lardi. U xuddi qaynonasi Zag’iypa opaning o’zginasi edi. Zag’iypa ya unga xo’jalik ishlarini juda puxta va pishiq o’rgatganlar. Pazandaligi ham Zag’iypaga ayadan o’tgan bo’lsa ajabmas. Chunki oilada aslida ayaning o’rni juda bo’lakcha edi. Ular hech tinmas, doyim biz daladan kech qaytsak-da, biron ish bilan mashg’ul bo’lib yurgani-yurgan edilar. Juda mehnatkash ayol edi o’zlariyam. Ular ham uzun bo’yli ozg’indan kelgan, sochlari uzun ayol edi. Ular hozir ham hayotmikinlar, hayot bo’lsalar sog’-salomatmikinlar deb shu tobda ularning siymolari ko’z o’ngimdan bir-bir o’tdi. O’ziyam bizga juda mehribon ayol edilar. Hardoyim biz daladan qaytishimiz bilan qizlar charchamadingizmi, o’choqda katta qozonlarda sizlarga suv isitib qo’ydim Cho’milib olsangizlar – derdi. Ular harqanday kayfiyatda bo’lmasin doyim biz muallimlarni kulib ochiq chexra bilan qarshi olardilar. Juda ajoyib ayol edilar o’ziyam. Bir pasda tovuq yoki indyukni katakdan ushlab olib, kurtik qilardi. Tez-tez qo’y yoki echki so’yib o’quvchilarga ham osh qilib pishirib berishardi. Ular hechqachon mehnatdan qochmaganlar. Nawbet og’a bilan yelkama-yelka shu fermer xo’jaligini oyoqqa qo’yib, bir etak farzandni dunyoga keltirib uylab-joylab birga qarilik gashtini surib keldilar. Lekin bundan birnecha yil ilgari Nawbet og’a og’ir kasallikdan bu dunyoni tark etdilar. Joylari jannattta bo’lsin ularni. Alloh o’z dargohiga olgan bo’lsin. Juda ajoyib yaxshi inson edilar.
Nawbet og’a tirikligida, Dariyxa aya bilan Za’g’iypani hamda qishloq odamlari bilan birgalikda mening katta o’g’lim uylangan to’ylariga ham kelib ketishdi. U paytlari hali chaqqon edilar. Meni va o’g’limni to’ylari bilan tabriklashdi. Boshdan oyoq sarpolashdi. To’yda o’ynab kulishib yaxshi to’y tilaklari aytib ketishdi.
Paxta dalalarida yurgan kezimizda haryili 1-oktabr muallimlar kunini fermerlar birgalikda bizga faxriy yorliqlar va sovg’alar, gullar berishardi. Tuman hokimligidan odamlar kelishardi, ular ham bizni tabriklab kontsert programmalar qo’yib berishardi. Sozandalar qo’shiq aytishar, har hil kuy o’lanlarni eshitib bahri dilimiz ochilardi. Dasturxonlar yoyilib nozu ne’matlarga to’lar so’rida esa oshpaz katta o’choq qozonlarda osh qilardi. Nawbet og’a bunday ishlarga juda chaqqon edilar. Boshqa fermerlar ham bu tadbirda ishtirok etishar edi.
Men bo’lib o’tgan paxta voqealariga biron-bir ortiqcha so’z qo’shmadim. Voqealar qanday kechgan bo’lsa, shunday oq qog’ozga tushurdim. Paxtazor hangomalari qancha yozganing bilan ham hech tugamaydi. To yangi yilgacha hamma kollej ishcilari-yu, muallim, o’quvchilari hattoki kollej rahbarigacha paxtada bo’lardik. Go’yo biz hayotda sinov sharti bilan yashayotgan bandadek o’zimizni tutardik. Bu siyosat faqat men ishlagan kollejda emas, balki barcha xo’jalik ishlariga safarbar qilingan odamlar qismatida ham bor edi. Men paxta siyosati haqida yozarkanman, men yosh avlodga kechagi kunning ayanchli manzaralarini va shu paytgacha o’z boshimdan kechirgan hayot kechinmalarimni asnosida ayrim insonlarga va yoshlarga ko’zgu tutayotganligimni ham yashirmayman. Chunki keyingi avlod ham biz boshimizdan o’tkazgan kunlarni bilishi kerak deb o’ylayman.
Dekabr oylarining o’rtalariga kelib, almisoqdan qolgan birnechta avtobuslar paydo bo’lib, hammamiz uni uzoqdan ko’rib oshiqardik. Avtobuslar qishloq mahalla punkti oldiga kelib to’xtashar va hamma o’quvchilar qiy-chuv qilib, sumkalari bilan apil-tapil avtobuslarga o’tirishardi. Ularni yana xuddi paxtaga kelgan paytida qishloq odamlari qanday kutib olishsa, xuddi o’shandek qilib yana kuzatib xayrlashardi. Qishloq odamlari juda mehribon edilar. Ular o’quvchilarni xuddi o’zlarining o’gil-qizlari, farzandlaridek yaxshi ko’rishardi. Harkuni hattoki kechqurunlari o’quvchilarni kech charchab kelishadi deb o’zlariga pishirgan taomlardan ham ularga deb olib qo’yishardi. Katta o’choq qozonlarda va qora qumg’onlarda o’choqqa o’t yoqib suvlarni ilitib qo’yishardi. Biz muallimlar hardoyim qishloq odamlarni yo’l-yo’lakay ko’rib qolgudek bo’lsak, ular bilan salomlashib hol-ahvol so’rashib bizning o’quvchilarga mehr bilan qarayotganlarini aytib rahmat ham aytib qo’yardik. Men bu gaplarni paxta qoplamalarini ham xonalarimga gapirib berar ekanman, ular mening kechinmalarimni zo’r intiqish bilan tinglab, to’xtamang rosa qiziq ekan paxta hagomalari deb qo’yishardi. Haqiqatdan ham o’sha davrlar esda qolarlidek ajoyib voqealarga boy o’tgan. Hamma o’quvchilareimiz avtobuslarga chiqqach, keyin eng oxirida guruh sardorlari va o’qituvchilar qishloq faollari va qishloq oqsoqollari, fermerlar va qishloq ayollari bilan bir-bir xayrlashib, avtobusga chiqardik. Hammalaringiz mindingizmi, to’liqmisiz hechkim qolib ketmaganligini bilgach, keyin GAI xodimlarining buyrug’I bilan avtobuslar o’z o’rinlaridan siljirdi. Yana qiy-chuv avjiga chiqib hamma avtobus oynalaridan bizni kuzatayotgan odamlarga qo’l siltashardi.
Yo’l chang to’zon, qiy-chuv tovushlar, quvonch hayqiriqlarini butun qishloq ahli odamlari eshitishardi. O’shanda kimdir xayr dala, xayr paxtazor deb baqirar, yana kimdir 3 oy egatlar orasidan paxta terib yurgan kezlarim desa yana kimdir xayr sizga qishloq ahli omon bo’ling deya hayqirishardi. Avtobuslar yo’l bo’yi ketma-ketlik bilan GAI xodimlari oldinda harakatlanardi. Ko’kko’zov j/xo’jaligidan katta trassa yo’lga chiqishimiz bilan bizni kutib turgan boshqa muallimlarimizning avtobuslari ham kelib qo’shilishardi. Chunki Shomanay tumani ham kattagina bo’lib uning birnechta fermer xo’jaliklari harjoyda joylashgan edi. Bizning kollejimiz o’qituvchi va o’quvchilari ham bo’linib harjoyga tashlanar edi. Shu sababli avtobuslar ham katta yo’l trassasiga chiqib, bir-biri bilan birikardi. Yo’l bo’yi qaytayotganimizdan hamma xursand bo’lib, avtobuslar kollejimiz oldiga kelib to’xtardi. Haydovchiyam kun bo’yi charchaganidanmi, yoki avtobuslar birikishini kutavergandanmi qovog’ini uyib, yuklarimizni jahl bilan olib avtobus eshigidan tez-tez yerga uloqtirardi. Hamma o’quvchilar o’z yukini, sumkalarini topib yelkalab olardi va mashinalarga ortib uylari tomon oshiqardi. Ko’pchilik ota-onalar yoki aka-ukalar farzandlarini kutib olishardi. Biz esa hamma o’quvchilarimiz to yuklarini topib olib ketgunlaricha ularni kuzatib qolardik va qachon o’qish boshlanishini ularga aytib yuborardik. Guruh sardorlari ham to guruh o’quvchilari tarqalib uy uylariga ketgunicha ular ham kutib turishardi. Va nihoyat ularga ham navbat yetardi. Biz esa ularga rahmat aytib xayrlashardik. Farzandlarini kutib olishga kelgan ota-onalar bilan ham salomlashib, hol-ahvol so’rashib, ularga ham farzandlari sog’-omonligini, ahloqini aytib o’z minnatdorchiligimizni bildirardik.
Keyin biz ham kollej ichkarisiga kirib kollej rahbari va kollej o’qituvchilari bilan salomlashib, hol-ahvol so’rashib olardik. Rahbarimiz esa darhol hamma muallimlarni majlislar zaliga to’plab o’z minnatdorchiligini bildirib xo’jalik ishlari paxta yig’im terimida boshqa kollejlarga nisbatan faol qatnashganimiz, tartib-intizom, hamda kollejlar orasida eng oxirgi bo’lib qaytganimiz, to oxirgi chanoq paxtani terib olishgacha sabr bilan o’quvchilarni faol ushlab turganimiz uchun alohida rahmat aytar edilar. Shundan keyin yana bir-bir muallimlar bilan suhbatlashib, paxta haqidagi qiziq hangomalarni eshitgach, uyga qaytardik. Mana shunaqangi kunlarni ham boshimizdan o’tkazganmiz, - dedim hamxonalarimga qarab.
Bilamizmi, men fermer Nawbet og’a Eshmuratovni va uning oilasidagilarni, o’sha qishloq odamlarini, boshqa-da fermer og’alarini juda hurmat bilan ularning nomlarini tilga olaman. Ular men uchun samimiy, oqko’ngil, mehribon insonlarni to umrimning oxirigacha unitmayman. Men o’sha fermer xo’jaligida o’n yillab balkim undan ham ortiq yillar mobaynida paxta yig’im-terimida faol qatnashganman. Nawbet og’a Eshmuratovni singlim, bugun dalani ko’rdingiz qani aytingchi bugungi kunni o’zida shu qiyg’os ochilib turgan daladan necha tonna paxtani zavodga jo’nata olamiz deb menga savol berib bu savoliga o’zi to’g’ri va aniq chamalab javob berib gapirganlari hanuz esiga tushaveradi. Ular Benazir inson edilar. O’zlarini butun umrini paxta dalasiga, mehnat qilishga bag’ishlagan haqiqiy fermer zabardast inson edilar. Men sizlarni hechqachon unitolmayman yaqinlarim. Haryili 1-oktabr kelishi bilan harbirimizni bir-bir eslab xotirlayman.

Yüklə 96,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin