Kasbidan baxt topgan inson



Yüklə 96,94 Kb.
səhifə3/10
tarix03.08.2023
ölçüsü96,94 Kb.
#138511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ruslan 597 232

Xotima o’rnida.
Ijodkorning “Qalbimni titratgan ko’z yoshlarim” nomli kitobi nafaqat biografik hikoya balkim tarbiyaviy ahamiyati katta bo’lgan mahkum va mahbusalar qalbida mehr uyg’ota oladigan, ularni jaholat botqog’idan forig’ bo’lib hayotga ongli va yorug’ yuz bilan ko’z qarashida o’z vatanini, oilasini sevishi, bilim va ilm o’rganishi, kasb-hunar egallashlari, milliy qadriytalarmizga bo’lgan hurmati, ota-ona farzand sog’inchlari, tabiyatni sevish, harxil fasllar, qalb iztiroblari, g’am andux kechinmalarini yozish orqali ularga oyna ko’rsatish, qalamkash nafaqat o’zining shaxsiy hayotidan so’ylovchi balkim ushbu hikoya qahramonlarining hayotda haqiqat bor ekanligiga ishonch hosil qilishlari,, inson ba’zida odamlarga yaxshilik qilish, ba’zan bilib-bilmay yomonlik qilishi qaytar dunyo ekanligiga amin bo’lishlarini oyna orqali ko’rsatishni maqsad qilgan. Xullas, hayotda hechnarsa behikmat ketmasligiga, harqanday holat biz uchun bir saboq ekanligiga amin bo’ldim deya ta’rif beradi. Tashvishlarim ko’payganda odam faqat Allohdan umid qilib o’zi harakat qilib yashashi o’zini baxtli bo’lishi faqat o’zigagina kerakligini tushunishini istaydi. Inson xato qilganini va bu qilgan ishini xato ekanligini tushunib yetib, qaytib takrorlamaslikga, qilgan jinoyatidan chin dildan pushaymon bo’lgan, harbir inson o’z xatosini anglab takrorlamaslikga harakat qilmog’I lozimligini tushinishlarini xohlaydi va shunday yozadi:
Orqaga qaytarolsam qaniydi vaqtni,
Jinoyatga qo’l urmasdim hech,
To’rt devor ichida boshimni urib,
Afsus-u nadomatda o’tirmasdim hech.
Mana endi egilib bu bosh,
Ko’zlarimdan oqdi marjon-marjon yosh,
Menga yolg’iz Allohdir sirdosh,
O’zim uchun o’zim yig’lasam.
E’tirof bizga ulkan ma’suliyatni yuklaydi. Inson sidqidildan harakat qilsa, o’z maqsadi sari intilsa, kun kelib uning amallari yuzaga chiqadi. Ushbu hibsxona rahbarining menga bo’lgan e’tirofi, mehribonchiligi meni yanada ko’proq o’z ustimda ishlashga undadi, ijodimga ijod bag’ishladi. Ularning bunday e’tirofi zamirida men uchun ijodimga, mening kelajakda o’z o’rnimni topishga bo’lgan intilishimda men uchun bu e’tirof katta ahamiyatga ega deb o’ylayman albatta. Kelgusidagi ijodimga yanada yangi kitoblar yaratib, ulardagi hikoyalar qalbimni titratgan she’rlarimni yozishimda turtki bo’ladi. Tinmay izlanishim hamda mehnatim ijodimning mahsuli bu kitoblarimni hayotim sarchashmalari deb bilaman, ularni juda yaxshi ko’raman.
Odamiylikdan saboq beruvchi buyuk murabbiy A.Navoiyning quyidagi so’zlari bizning kuchimizga-kuch bag’ishlaydi. Inson borki, u doim o’zligini anglash harakatida. Butun hayoti o’zini tanib olishga sarflanadi.
Kecha qayda edim bugun qaydaman,
Bir ma’no topilmas aytgan so’zimda,
Jaholat domiga botgan bandaman,
O’zimni izlayman, faqat o’zimdan.
Ijodkor fikriga o’zim topmoq va bilmoq olamni bilmoq va tushuntirmoqdan murakkabroqdir. A.Navoiy odamzot tirikligining azaliy bu chalkashligini
“El netib, topg’ay menikim
Men o’zimni topmamon”,
deya ifodalaydi. Odam o’zini tanishga intilib, ma’naviy ildizlariga befarq qaramagandagina barkamol shaxs bo’lishi va atrofdagilarga manfaat keltirishi mumkin, qornidan o’zga qayg’usi yo’q kimsnaing nafaqat o’zgalar, hatto o’ziga ham foydasi tegmaydi. Ijodklorning boshdan-oyoq hikoyalari va she’rlarining aksariyat qismi insonga o’zligini tanitish uchun kurashish mahsuli deyish mumkin.
Sog’insa bormasam sabrga to’ygan,
Mening gunohimni yoshlikga yo’ygan,
Muborak shukr qilar boringiz uchun,
O’zimni izlayman, faqat o’zimdan.
Orzu havaslari juda ko’p bo’lgan,
Ranjisam men uchun g’amlarga to’lgan,
Mubirakni bu kunda shoira qilgan,
O’zimni izlayman, faqat o’zimdan.
Uning harbir she’rlari va hikoyalarida olam odam va odamiylikning mohiyati to’grisidagi qarashlar aks etadi. Ijodkor hikoyalari tiriklikning mohiyati borasidagi shiddatli va og’riqli yo’llar mahsulidir.
Ayniqsa, “O’zimni izlayman”, faqat o’zim “ju’regimning gu’li” kabi hikoyalar shular jumlasidandir. Ijodkor chegara bilmas olam, ta’rifga sig’mas darajada siru-sinoatga, g’ozalligu tarovatga ega dunyo odam uchun yaratilganligini o’z hikoyasida ishonarli asoslab bergan. Qanday yashash tanlovi faqat o’z qo’limizda” kabi hikoyalar shular jumlasidandir. Harbir inson odamiylik darajasiga yetishish uchun o’z ma’naviy dunyoyini poklashi kerak bo’ladi. Odam o’z nafsini tiysagina, yuksaladi, odamiylikga ega bo’ladi. Ijodkorning “Nafsning kulgusi” hikoyasi ham bunga misoldri. Bu hikoyada nafs haqida fikr yuritilar ekan inson harqanday holatda ham o’z nafsini tiya olish zarurligini uqtiradi. Ijodkorning o’y fikrlari odam ko’nglining g’am-tashvishlari nafaqat uning o’zi balki boshqalar uchun ham ulkan dard ekanini ta’kidlaydi. Negaki ga’m na,ligi kishida birovga hamdardlik yo’qligi va o’zga taqdiriga loqaydlik belgisidir. A.Navoiy g’am-anduxni quyidagicha tasvirlaydi:
Ko’ngil ichra ga’m kamligi asru g’amdur,
Alam yo’qlig’I dog’I qitig’ alamdur.
G’amsizlik, loqaydlikga, loqaydlik esa ko’nikishga, ko’nikish faoliyatsizlikga olib keladi. Ijodkor mahkum va mahbusalarni dunyoqarashi, hatti-harakati, intilishi va yashash tarzi muayyan ma’naviy ideallarga mos bo’lishini istaydi. Ma’naviyat shunchaki axloqiy normalarga rioya qilish emas, balki hayot-mamot masalasidir. Ijodkor o’z vatanini chin dildan tarannum qilar ekan, unga shunchaki boshpana yashaydigan manzil deb qaramaydi. Vatan tuyg’usini g’oyat teran va ko’pqirrali harbir insonning kindik qoni tug’ilgan muqaddas diyori ekanligini anglashga chorlaydi. U “Dunyoda yagonam”, she’rida o’z vatanini shunday tarannum etadi:
Mehring, Ona kabi beminnat bog’im,
Sahovating cheksizdur, bog’u-bo’stonim,
Har boladan asray olgan buyuk qo’rg’onim,
Dunyoda yagonam, O’zbekistonim.
Kundan-kunga yashnab turgan chamanlaring bor,
Ko’zni qamashtirar, alp-tog’laring bor,
Navoiy nazmida tasviri go’zal,
Dunyoda yagonam, O’zbekistonim.
Harbir odam o’z xulqining ham o’zi yashayotgan jamiyat ma’naviyatining ham ijodkori va ayni shu sababli ham o’z taqdiri va qismatdoshlarining ma’naviyati uchun ham o’zida javobgarlik hissini sezadi. Odamning odamiyligi uning o’z hayotidagina emas, balki yashayotgan jamiyat taraqqiyotiga ham ta’sir ko’rsatar ekan, u o’z holiga tashlab qo’yilmasligi kerak degan fikrni ilgari suradi. Harbir odsmga yaratgan tomonidan berilgan asl fazilatlar bilan birga tarbiya yordamida shakllantiriladigan axloqiy sifatlar ham bo’ladi-ki, jamiyatning barcha sog’lom kuchlari ana shu sifatlarning imkon qadar ezgu qilib tarkib toptirishiga yo’naltirilishi zarur deb o’ylaydi. Odamning odamiyligi uning o’z hayotigagina emas, balki yashayotgan jamiyat taraqqiyotiga ham ta’sir ko’rsatar ekan, u o’z holiga tashlab qo’yilmasligi kerak degan fikrni ilgari suradi. Harbir odamga yaratgan tomonidan berilgan asl fazilatlar bilan birga tarbiya yordamida shakllantiriladigan axloqiy sifatlar ham bo’ladi-ki, jamiyatning barcha sog’lom kuchlari ana shu sifatlarning imkon qadar ezgu qilib tarkib toptirishga yo’naltirilishi zarur deb o’ylaydi.
Hayot! Allohim yaratgan buyuj mojiza,
Dunyoda berilgan jamiki barcha jonzotga,
Unda yashamoqliq, umr surmoqlik,
Bu ham oily baxtdir bilgan insonga.
Dunyoning mo’jiza-yu, ilmlari ko’p,
Turfa hil insonlar-u, bilimlari ko’p,
Sir-u, sinoati ne’matlari ko’p,
Bu ham oliy baxtdir, bilgan insonga.
Odam tarbiya tufayli yuksalishi, aksincha tarbiyaga beparvolik uni odamiylikdan chiqarishi mumkinligi obrazli aks ettirilgan. Ijodkor yurtni obod, elni shod ko’rishni odamiylikda deb biladi. Hayotdagi adolatsizlik, noto’kisliklarga ijodkor chidamay, haqiqatni yuzaga chiqishini xohlab o’zining “Oq xalatga yashiringan jinoyat” hikoyasini yaratadi. Chunki uning qismatdoshlarning ham ko’pchiligi shu adolatsizliklar tufayli azob chekayotganini butun vujudi borlig’I bilan sezadi. Chunki o’zi ham shunday adolatsizliklar qurboni edi. U o’zi boshidan o’tkazgan mudxish kunlarini panjara ortida o’tkazayotgan achchiq haqiqatni shu hikoyasida aks ettiradi. Adolatsizliklarning ildizi qayerdaligini astoydil izlashga kirishadi va adolat uchun kurashadi. Mahkumalarning ko’pchiligi adolat yo’qligidan aziyat chekadi, qalblari g’am-anduxga to’ladi. Buni ko’rgan ijodkor bunday nohaqliklariga chidab turolmay, haqiqat uchun kurashadi.
Hayot bir bora berilar harbir insonga,
Vaqtni bekor ketkizma ey aziz inson,
Shunday yashaginki, havas qilgudek,
Hayot mo’jiza-yu bilsang aslida.
Ma’naviyat o’zini tanish, o’zini o’zgalar nazari bilan o’zgalarni esa o’z nazari bilan taftish qila bilish demakdir. Shaxsning ma’naviy komilligi esa jamiyatning odilligiga, jamiyatning odilligi esa, ma’naviyatning yuksalishiga, shaxs kamolotiga ta’sir o’tkazaveradi. Shaxs, jamiyat va ma’naviyatning o’zaro uyg’unligi shu tariqa insoniyat taraqqiyotining asosiy omili bo’lib qolaveradi. Bunday jabhada buyuk A.Navoiyning bitgan tengsiz bir quroldirki, undan to’g’ri foydalanish ulkan ma’naviy g’alabalarga garov bo’ladi. Buning uchun elning asl farzandlari g’aflatni tark etishlari joiz. Zero, Navoiy bejiz:
Beshik ulusha kam uyqu;
Ishq ahligadir xarom uyqu.
demagan. Chindan ham ko’ngli yuksak tuyg’ularga yot kimslar uchun uyqu maqsad, xalovat, orzu bo’lsa, Navoiy haq va xalq ishqi, haqiqat va adolat sevgisi bilan to’la insonlar uchun xaromdir. Hazratning ma’naviy uyg’oqlik yo’lidagi chorlovi ko’pchilikni uyg’otishiga ishonamiz. Shoir hikoyalarining ayrimlarida inson umr mazmunini topmoqchi bo’lgan odamning tuyg’ulari aks etadi. Ijodkor mahkumlarga qarata aytgan quyidagi so’zlari.
Bitta samiy ishga qo’l urmangki, demak qo’l urgan ekansan, hayotingdagi millionlab, ijobiy ishlaringni kuydirib yuborishing mumkin deya hikoyada kitobxonga izoh keltirib o’tadi. Ushbu kitob ijodkorning ko’p yillik mehmonlari mahsulidir. Chunki kitobga birnecha oylab gazetalarda chop etilgan hikoyalari qatra hamda kechinmalarini, jamlagan. Undagi hikoyalarda sizu-bizning atrofimizda, kundalik hayotimizda uchraydigan turfa fe’l-atvorli kishilar bilan bog’liq voqea-xodisalar tasvirlanadi. Qaysidir hikoya qahramonining taqdiri sizni hayratga solsa, boshqasining salbiy xarakteri xushyorlikga, xulosa chiqarishga undaydi. Yana bir hikoya esa qalbingizdan eng pokiza tuyg’ularini junburiga keltirib oo’ylashga mushoxada qilishga majbur qiladi. Qisqasi, siz bu kitobni bir varaqlagach e’tiborsiz tashlab qo’yolmaysiz. Masalan “Juregimnin’ guli” hikoyasidagi bosh qahramonlar Rufan bilan bog’liq voqeliklar bugun jamiyatimizda juda ko’p uchramoqda. O’zga yurtda musofir bo’lib yurgan farzandini kutayotgan va sog’ingan harbir ona hikoyadagi mahkuma ayol timsolida o’zini ko’radi. Uning ruhiy kechinmalarini, dardini yurak-yuragidan his qiladi. Ijodkor hikoyada oddiy o’zbek xonadonining kamtarona hayot tarzini mahkuma ayol va farzand dog’ida kuygan onaning iztiroblarini mohirona ochib bera olgan. Bundan tashqari “Oq xalatga yashiringan jinoyat”, “Nafsning kulgusi”, “O’zimni izlayman faqat o’zimdan” nomli hikoyalari ham kitobxonni o’yga to’ldirib, inson hayotining naqadar murakkab ekanligi, odamzot kutilmagan sinovlarga doyim tayyor turishi kerakligini yodga soladi. Mazkur to’plam keng kitobxonlar qalbidan munosib o’rin egallashiga umid qilamiz. Ushbu kitob nafaqat biografik hikoya, balki tarbiyaviy ahamiyati katta bo’lgan, jonli va yorqin tasvirlarga ega go’zal hikoyalardir. Kitobni o’qigan harbir kitobxon qalbida ijodkorga nisbatan hurmat va ehtirom tuyg’ulari paydo bo’ladi. Bu kitob nafaqat ijodkorning shaxsiy hayotidan so’ylovchi balki, bu kitob sizda ozgina bo’lsa-da, iliq taasurot qoldirsa bilingki bu mahkum va mahbusalar nolalaridandir. Ushbu kitobni yozishimdan maqsadim esa, ota-onalar rahmatidan uzilgan, o’zlarini unitgan kimsalar uchun bir turtki eslatma bo’lar degan umiddaman. Ushbu hibsxonada panjara ortida o’tkazgan umrim mobaynida men kabi qismatdoshlarimning taqdiri meni befarq qoldirmadi. Chunki ushbu mahkumalar bilan mening ham qismatim qalbimizdan afsus nadomat va pushaymonliklar harbirimizning qayg’u va iztiroblarimiz hamohangligidan behosdan qo’limga qalam olib, bu iztiroblaru, qalb nolalarini va mahbuslar kechinmalarini farzandlariga, oilalariga va o’z vataniga bo’lgan mehr-muhabbati, ota-onasi, qondoshlari, va o’z sevgan suyukli yoriga bo’lgan muhabbati va sadqoqatini hayotiy achchiq haqiqatni panjara ortida harbir kunini afsus va nadomat bilan o’tkazayotganligini o’z ko’zim bilan ko’rib, sezib o’zim ham his qilib va bu tuyg’ularni sizlarga yetkazish maqsadida uni ushbu kitobga tushirdim. Agarda siz azizlarni bu yozgan ayrim so’zlarim bilan ranjitib qo’ysam buning uchun sizlardan oldindan kechirim so’rab qolaman.
Mavzularim xalq orasidan,
Mahbusalar g’am nolasidan,
Sabr qiling chin shoyir,
Hibsxona mahkumasidan.


Yüklə 96,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin