Oy ham yolg’iz emas. O’sha kezda Marjonani ko’rimligiga brilliant yuzuk-sirg’a berganman. Hamma turmushga chiqadigan qizlar qatorida uni ham kam bo’lmasin dedim. Men Marjonani qizim bo’lmaganidanmi, uni oilamga o’z qizimdek qabul qilganman. Chunki yillar davomida qizli bo’lishni orzu qilganman. Allohim nimani so’rasang o’shani berarkan, deb o’shanda juda quvonganman. Mashina o’sha kuni mahobatli darvoza oldida to’xtab, bizni mashinadan tushirib ketdi. Uyning paxsalari baland, hovli oldiga harxil gullar ekilgan. Sirtdan qaragan odamga, hovlida qozo kishilar yashashini bildirib turgandek edi go’yo.
Quda hovli darvozasining qo’g’irchog’ini chaldi. Ichkaridan ko’rimlik olgan yanga chiqib eshikni ochdi. U bizni kulib, kutib oldi. Hovli ichkarisiga kirar ekanman, og’zim lang ochildi. Yerga qimmatbaho turkman gilamlar to’shalgan, hovli ichkarisi yangi remontdan chiqqan ekan. Ichkari xonaga kirar ekanmiz, xona yorug’ stol-stullar, qimmatbaho mebellar bilan bezalgan. Xona so’xida qimmatbaho televizor, yoqilg’i, pardalarini ko’rib, ko’zlaringiz yashanydi, ozoda edi. Quda bilan yanga biz kelishimizdan oldin telefonda gaplashishgan shekilli, stol usti ham harxil noz-ne’matlarga, shirinliklar bilan to’shalib, mehmon kelishiga hozirlanib qo’yilgan ekan. Naqadar fayzli xonadon, ishqilib tog’ayam shunga yarasha bo’lsinda dedim ichimdan o’ylanib. Bu yerda meni yana qanday sinovlar kutayotgan ekan-a. Yanga biz bilan xonada stol atrofida xol-ahvol so’rashgach, bizni o’tirishga taklif qildi. Keyin dasturxon ustida fotiha o’qidik. Birpayt yanga men hozir issiqqna choy olib kelaman deb xonadan chiqib ketdi. Quda menga qarab, men ham hozir deb, yanganing izidan xonadan chiqib ketdi. Bir o’zim yolg’iz xonada qoldim. Ular ichkariga qaytib kelgunlaricha, xona ichkarisini qaytadan yana bir marta ko’zdan kechirdim. Ular akkalash bir nimalarni gaplashdilar shekilli bir pastdan keyin izinma-keyin yaxshi o’tiribsizmi, mehmon xush kelibsiz deb kulib kelishdi. Ha rahmat dedim men ham muloyimlik bilan ularga birin-ketin tikilib, bir piyola choy ustida suhbatimizni davom ettirdik. Oramizda harxil mavzular bo’yicha suhbat borar ekan, vaqt ham allamahalga yetgach, yanga usti-ustiga taomlarni keltirdi. Uchalamiz o’tirib undan-bundan tanavul qildik. Yanga ham ajoyib oshpaz ekanlar. Men tog’a nega kechikayapti ekan deb, ichimdan o’ylab o’tirardim, yoki biron joyga shoshilinch chiqib ketdilarmikin? Shu payt yanga uyda yana mehmon bor edi, Bekzod akamlar mehmonlar oldidalar. Bir pastdan bo’shsalar kerak dedi qudaga qarab. Men darrov tushundim. Quda bo’lsa, mehmon kimligini bilishga shoshildi, men indamay o’zimni xuddi ularning gaplarini eshitmagan odamga soldim. Yanga esa qudaga qarab, imlab kimgadir keldi dedi. Ochiq aytolmadi. Quda ham mayin jilmayib yangaga sirli qarab qo’ydi. Bu sirli qarash hattoki ularning ko’zlaridan ham bilinib turardi. Yanga ovqatni tanavvul qilib bo’lgach, idishlarni olib, stol ustini tozalab, yangidan yana choy keltirdi. Oradan biroz vaqt o’tgach, yanga bizni narigi xonaga kirishimizni aytib, yo’l boshladi. Biz keyingi xonaga o’tdik. Xonaga kirishimiz bilan u yerda bizni to’laroqdan kelgan oppoq yuzli, sochlari qora, ko’k sportivka egniga kiyib olgan vazmingina bir kishi kutib oldi. O’rnidan turib darrov biz bilan salomlashib bizni xona o’rtasida turgan stolga o’tirishni taklif qildi. Yanga esa stol ustini tartibga keltira boshladi. Stol usti shunday shoxona idishlar bilan ajoyib bezalgan edi-ku, uning ustida pistadan tortib banangacha mo’l-ko’l qilib to’shalgan ekan. Keyin o’sha kishi biz stolga o’tirgach, quda ikkalamizdan ham kulib shirinsuxanlik bilan hol-ahvol so’radilar. Men indamay oldiniga so’rashgandek bo’lib o’tirdim. Gaplarining mazmuniga qaraganda, bu xonaga bizdan oldin bir qozo kishi mehmon bo’lgan ekan shekilli. Ular mehmonni bir o’zini tashlab, bizning oldimizga ham chiqolmaganiga hijolat tortib uzr so’rab ham qo’ydilar.
Yanga yana choy va yangi taom keltirib stol ustiga qo’ydi. Shu orada ular men bilan ismlarini Bekzod deb tanishdilar. Qudaning tog’asi bo’lishini asli ular ham Chimboylik ekanini aytib, bolalik davrlarini quda bilan eslashib, undan-bundan suhbatlashdilar. Ozgina kayflari ham borligi uning yuzlaridan sezilib turardi. Keyin qo’llariga stol chetida turgan ichimlik suvlar orasidan aroq shishani olib, stol ustidagi katta suv ichadigan fujerga hammamizga aroq quay boshladilar. Faqat boshqa funirlarni kichkinasiga quyib, yana ichimlik suvlarini ham katta fujerlerga quyib berar, yanga esa bu aroq quyilgan va suv quyilgan fujerlarni ham birin-ketin bizga uzata boshladi. Men o’sha kezni o’zidayoq yangaga uzrimni aytdim. Ertaga ishga ertaroq bormasam bo’lmaydi, men ichmay qo’ya qolay dedim. Bekzod aka bizdan yoshi sal kattaroq kishi ekan. Ular ey yo’q, quda unaqasi endi ketmaydi. Biz siz bilan mana endi tanishayapmiz. Ustiga-ustak bo’lguvchi quda ekansiz, menga xotinim siz to’g’ringizda gapirganlar. Men bu qudangizga ham o’sha payti ikki yosh bir-biriga ko’ngil qo’ygan bo’lsa, biz nima derdik, lekin men bo’lg’usi quda bilan bir ko’rishib gaplashib ko’ray-chi deb, bugun xotinga ikkala qudalarni ham kechga uyga taklif qilishini aytganman, deb qo’shimga hamni katta fujerga quyilgan to’la aroqni uzatib, qani oling, bir tilak bildirib shuni ichasiz. Ichganingizdan keyin gaplashamiz deb o’zlari menga tikilib o’tirdilar. Bu gapdan keyin qo’llaridagi aroq to’la fujerni olishniyam qo’limga olmasligimni ham bilamy qoldim. Yanga biron qudaga bir-bir najot so’ragan odamga o’xshab tikildim. Ular esa menga qarab, oling deb ishlashdi. Qaltira-qaltira hayajon bilan o’rnimdan turib fujerni qo’limga oldim. Yana joyimga o’tirdim. Oldinlari bu obi zam-zamdan juda quyishmasa jindek-jindek xo’plab ko’rganman. Lekin bunaqa fujerda erkak odam ichsa ham shu zahoti mast-alast yiqilsa kerak dedim ichimdan. Nima qilay o’g’limning baxti uchun hamma narsaga hattoki zahar ichishga ham shu tobda tayyor edim. Qoraqolpoq xalqi juda mehmondo’st xalq deb shuni aytsalar kerak dedim ichimdan Keyin sekin o’rnimdan turdim-u, bir qo’lim bilan stolni chetini mahkam ushladim, ikkinchi qo’lim bilan fujerni ko’tarib ko’zimni chirt yumib, chuqur-chuqur nafas olib dam olmasdan katta-katta xo’plab icha boshladim. Yanga zakuskani uzatishi bilan apil-tapil olib og’zimga soldim-u, uf deb nafasimni rostladim. Qo’limni stoldan yubordim. Bekzod menga qaragancha, o’tirgan joyidan qo’zg’almay qoldi. Keyin rahmat quda gapimni ikki qilmaganingiz uchun ham rahmat sizga dedilar. Men esa qo’limni ko’ksimga qo’yganicha yana joyimda o’tirdim. Keyin boshqalar ham ryumkalaridan aroqni ichishdi. Yana undan bundan gaplashib o’tirdik. Yanga Bekzod akaga mening ota tomonim ham qoraqolpoq ekani asli xizayakli o’quvdan otalari deb gapira ketdi. Ota-onalari bir umr o’qituvchi bo’lib ishlaganlar, ziyoli oiladan ekanlar. Onalari vafot etgan, xudo rahmat qilinglar dedi. Men esa otajonim, akam, ukam va singillarim haqida qisqacha gapirib berdim. Ikkita o’g’lim borligi ikkalasi ham o’qimishli ekanini, o’zim esa kollejda o’qituvchi bo’lib ishlashimni gapirib berdim. Bekzod hamma gaplarimni indamay diqqat bilan tinglab o’tirdilar. Quda ham gap orasida, mening aytganlarimni bosh chayqab ma’qullab qo’yardilar. Shu orada Bekzod 3-4 ryumkani ham bizga ichirib ulgurdi. Lekin enid kichkina ryumkalarga aroq qo’yilgandi. Keyin Bekzod ham o’z hayotini gapirib berdi. Menga o’zining yaqinda bosmadan chiqarilgan kitobchasini ham shu yerda ko’rsatib, sovg’a qildi. Men esa ularni tabrikladim. Ular yaqinda o’z mutaxassisligi bo’yicha doktorskiy yoqlagan ekanlar. Ular katta joyda ishlar ekanlar. Ota-onasi, bolaligi asli vatani Chimboy ekanligi, qudaning ota-onalari bilan azaliy bordi-keldi qilishgani, hozir ularning va qudaning ham ota-onasi vafot etganligi haqida uzoq suhbatlashdik. Suhbat orasida uyga qaytish uchun Biz Nortoy bilan bolalikdan do’stmiz. Tez-tez uchrashib dardlashib turardik. U darrov mening aytgan gaplarimni tushunib darhol qayi boraylikgi do’stim bir gap bo’lar balkim biron bir yanglishish ketgandir. Nima bo’lgandayam men yoningdaman dedi. Uning bu gaplari ozgina bo’lsa da yuragimga taskin berdi. Butun hayolim boshlig’imizning ishingiz chala, kamchiliklar ko’p deb meni koyiganlari va kengash qarori bilan meni ishdan olib tashlashgani hech esimdan chiqmadi. Yo’l bo’yi shu haqida o’yladim. Hattoki advokatning gapirgan gaplari ham o’y-hayollar bilan qulog’imga kirmadi. Endi doktorskiy yoqlab, ishlayman deb turganimda boshliqning meni ishdan bo’shatganiga o’laymi yana deb rosa ichimdan jahlim chiqsada, Nortoyga bildirmadim. Ishqilib omonlik bo’lsin, ish bo’lsa qochmas dedim o’z-o’zimni yupatib. Shu o’ylar bilan band bo’lib ichki ishlarga kelganimizni ham payqamay qolibman. Darrov mashinani sekinlatdim-da, ichki ishlar oldidagi mashina stoyankaga kirib to’xtadim. Nortoy ikkalamiz mashinadan tushib, eshigini ilib kalitni cho’ntakga endi solmoqchi bo’lib turganimda mashinadan sal nariroqda meni kutib turgan Nortoy pasportingni olishi unitma deb qoldi. Qaytadan mashina eshigini kalit bilan ochib, bardachokdan pasportimni qidira boshladim, birpast uni ichini paypaslagach va nihoyat topdim. Uni olib cho’ntagimga soldim-u bardachokni yopib, keyin mashina eshigini yopib qaytadan ildim va sekin Nortoy tomonga yura boshladik. Nortoy navbatchi bilan hol-ahvol so’rashgach, men ham ular bilan salomlashdim. Keyin Nortoy bizni kim chaqirtirganini navbatchidan aniqlatdi. Boyagan bilan bo’lib hattoki menga qo’ng’iroq qilgan odamning ismini so’rashniyam unitibman hovliqqanimdan dedim Nortoyga. U bo’lsa, kulimsirab hechqisi yo’q dedi. Navbatchi xodim shu orada bizni ichkariga taklif qilib o’zi yo’l boshladi. Biz Nortoy bilan uning ortidan ergashdik. Birpayt ichkariga kirib ikkinchi etajga ko’tarildik. Navbatchi bizni 46-chi xonaga boshladi va xona eshigini taqillatdi. Ichkaridan kimdir kiring degach, navbatchi orqasiga o’girilib qaytib ketdi. Men bilan Nortoy esa xonaga kirdik. Ichkariga kirishimiz bilan ozg’in, yoshgina bir yigit o’rnidan sapchib turib Nortoy bilan quchoqlashib salomlashdi. Keyin men bilan ko’rishdi. Marhamat o’tiringlar deb, stul-chiklarga ko’z qirini tashladi. Biz ham sekin bir-bir stulchik olib, Nortoy bilan stol atrofida o’tirib oldik. Shu payt tergovchi menga qarab o’zini tanishtirdi. Shu payt uni familiyasini eshitib telefonda uyda o’tirib gaplashganimizda u menga familiyasini aytib o’zini tanishtirgani esimga tushib ketdi. U kompyuterida nimalarnidir yozib o’tirardi. Oramizdagi biroz sukutdan keyin tergovchi gap boshladi. Nortoy aka sizni oldindan taniymiz. Birnecha bor siz bilan tergov va sud jarayonlarida birga ish olib boryapmiz. O’zingiz bilasiz biz ham qonun doirasida ish ko’ramiz. Shuning uchun bu aka sizga kim bo’ladilar deb qoldi tergovchi meni ko’rsatib Nortoyga qarar ekan:
-ha, bular mening do’stim Botir Sattorov bo’ladilar dedi Nortoy menga qarab.
-juda yaxshi demak siz ularni himoyachisi ekansiz-da, - dedi tergovchi ham kompyuterdan ko’zini uzmasdan.
-Xuddi shunday dedi Nortoy.
-Bu odamga nisbatan bizda jinoyiy ish ochilgan Nortoy aka. Bu ish esa menga topshirilgan. 10 kuncha bo’lib qoldi- dedi tergovchi qo’lidagi ruchkani o’ynatib.
-Qanday moddalarga asosan Botirni ayplayapsiz dedi Nortoy ham hayratomuz ohangda.
-Tergovchi birqancha moddalar haqida gapirdi.
-Mening esa ustimdan xuddi qaynoq suv to’kilgandek bo’ldi, indamay jim o’tirardim.
-Ha, yaxshi bo’lmabdi do’stim. Ish to shu yerga yetmasdan oldin o’ylab ish qilish kerak edi do’stim. Shu gaplar rostmi dedi u menga qiyo boqib.
-Men esa indamaygina ha deb qo’yaqoldim xolos.
-Endi Nortoy aka bundoq qilaylik. Men bugun bularning ish yuzasidan ko’rsatmalarini olay. Hozircha do’stingiz ekan, garov orqali ko’chadan tergovga qatnab turadilar keyinchalik ko’ramiz, boshliqlar nima desa shu bo’ladi aka dedi Tergovchi ham xuddi birovning qo’liga qarab o’tirgan odamdek.
-Tergov tugagach, men Nortoy bilan tashqariga chiqdim. Ha ahvol chatoq dedi Nortoy. Seni aldab avray olmayman ko’p bo’lsa bir oydan keyin, seni qamab tashlashsa kerak. Shundayga o’xshab turibdi dedi Nortoy. Yaxshisi tayyorgarlikni ko’r vaqt boride deb soldi. Men bo’lsam og’zingdan shamol olsin, gaplaring bunchayam vahimali bo’lmasa dedim. Hazillashayotganim yo’q rost dedi. Mening esa kayfiyatim bo’lmagach indamadim. Hozir shu gaplarni o’ylasam roppa-rosa oradan bir oy o’tibdi. Xuddi Nortoy aytganidek mana hozir shu yerdaman. Tergovchini aytishicha, ikkita kasbdoshim ham shu yerda ekan. Bu yerda o’tirish men uchun juda og’ir. Xonada haliyam bitta o’zim o’z yog’imga qovrilib yotibman. Biror bir bandaning men bilan ishi yo’q. Shu tobda dardlarim ko’pligidan biror kishiga yorilgim kelyapti. Qani edi, yonimga yana biror kishini qo’yishsa, u karmi, ko’rmi farqi yo’q menga hattoki bitta Jumavoyni keltirishsa ham roziman. Faqat u menga dardimni tinglasa bas. Harkuni shularni o’ylan kunim o’ta boshladi. Mana oradan birnecha kun o’tsa-da hamon yolg’izman. Na Nortoydan va na bir tergovchidan dom-darak yo’q. Tashqaridan faqat qushlarning chug’urlab sayrashi-yu, itlarning vovullashi eshitiladi xolos. Xona yorug’ lekin bironta jonzotning tovushi yo’q. Navbatchi xodim eshik tirqishidan qaraganda, tiriqsh xuddi ko’z oynakning oynasiga o’xshaydi. Undan chirt etgan tovush eshitilib bu jimjitlikni buzib yuboradi. Hayolini to’zg’itadi. Uzun yo’lakli karidor ham jim-jit, suv quygandek. Go’yo bu hibsxonada men-u, navbatchi xodimdan bo’lak hechkim yo’qdek. Uning ham ahyon-ahyonda uzun yo’lak bo’ylab, ohista qadam tashlashigina quloqqa eshitiladi xolos. Kuni bo’yi yolg’iz o’tiraverib zerikib ham ketdim. Ha, xotin-a javrashlaringni sog’inib ketdim. Endi hech ham senga chakagingni yumib o’tir demayman. Mayli qancha bo’lsa, shuncha javrayver. Xona ham xuddi menga moslangandek juda tor va ko’rimsiz ahvolda ekan.
Eh Botir-a shuncha yil o’qib, kandidat bo’lding, doktorskiy yoqlading. Yillar davomida kimsan falonchi bo’lib ishlading, katta-katta kreslolarda o’tirding. Qo’lingdan o’zinga o’xshagan qancha insonlarni taqdiri o’tdi. Mana endi kelib-kelib o’zing shunday ahvolga tushib o’tiribmisan dedim o’z-o’zimga. Ahvolimga kuydim. Nima qilay taqdir, peshona. Ishqilib o’zim bilan o’zim gaplashib jinni bo’lib qolmasam go’rga edim. Xudo asrasin. Qorong’u tushib odboy deyilishi bilan uxlashga shunday ketishim bilan ko’zlarimga allambalo narsalar, eski bino imortalar-u, qulay deb turgan uylar ko’rinadi. Kimlardandir qochaman, ko’rimsiz bir bahaybat devdek yigit ortimdan quvlagani-quvlagan, xalloslaganimcha undan bazo’r qochib shunday yashirinishim bilan itning vovullab urishidan cho’chib uyg’onib ketaman. Ko’zimni ochaman-u birdan alanglagancha tevarak-atrofga ko’z yugirtiraman, keyin bu yerdaligim esimga tushib ketadi. U yon bu yog’imga olazarak bo’lib qayta qarayman hechkim yo’q. Eh xayriyat-ey tushim ekan deyman, hechkim yonimda yo’qligiga ishonch hosil qilib.
Birpayt okoshka ochilib, qaysidir xodim narsalarimizni yig’ishtiring deb qoldi. Men hayron bo’ldim va nihoyat meni qo’yib yuborishadi deb o’yladim. Tezda narsalarni yig’ishtirdim. Ollohimga nolalarim yetib bordi shekilli deb o’yladim. Birdan eshik ochildi chiqing, deyishdi. Endi yura boshlagan edim xodim birdan yana duk urib matrasniyam o’rab ko’tairb oling dedi. Men matras ichiga odeyal bilan yostiqni solib qo’shib o’radim va qo’limga oldim. Keyin bu g’amxonadan karidorga olib chiqishdi. Endi qutildim deb turganimda qo’shni kameraning eshigi ochildi-yu, kiring dedi. O’ziyam navbatchi xodim naq tog’lik kuyovning o’zginasi emasmi bo’yi naq 3 sm ga cha malov-yov, qo’limdagi matrasning va kiyimlarimning og’irligidan yerga tushay deb qoldi. Shundoq kameraga kirishim bilan eshik tars etib yopildi. Yuragim dupirlab ketdi. Yo ollohim deb kamera ichkarisiga qaradim. Shundoq qarashimni bilaman ko’z oldimga kecha tundagi ko’rgan tushim esimga tushib ketdi. Kamerada uchta devsifat yigitlar yarim yalang’och qora maykalarda turardi. Bittasi tushimga kirgan mening ortimdan quvgan yigit. Qolgan ikkitasi esa biri xuddi uyda ko’rgan “kavkaz aisrasi” dagi - Margunov va bittasi Nikulinni o’zginasi edi. Bu ikkala yigit oldimga kelishi bilan qo’limdagi matraslar yerga tushib ketdi. Oyoq qo’lim ularga ko’zim tushishi bilan vajohatidan dir-dir qaltirardi. Ular esi Margunov o’ng qo’limdan, Nikulinga o’xshagani esa meni chap qo’limdan ushlab yelkamdan shundoq ko’tarishdi, men esa o’rtada qolib ey, uy, oy deb ichkariga ob kirib qo’yishdi? Mana sizga hibsxona asiri deyishdi. “Kavkaz asirasi” - baadiy filmini qolganini shu yerda ko’raman shekilli dedim. Uchta barzangi yigit esa hamon menga tikilganicha tepamda turishardi.