Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə181/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Individuallik – shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari.
Institut – bilimlarning bitta sohasi doirasida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha oliy va qoidaga ko‘ra oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Iqtisodiy tarbiya – o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik jarayon.
Iqtisodiy ta’lim – o‘quvchilarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila byudjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar) to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Yosh xususiyatlari – muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash – mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi ta’lim bosqichi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi – «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili hamda ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqlol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish mazmunini belgilab beruvchi yuridik hujjat.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli – shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o‘zaro hamkorligi, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik asosida «yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi» mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyila Uning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subo‘ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
uzluksiz ta’lim – malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimining tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi;
ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgalik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash jarayonining faol ishtirokchisi.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin