Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə180/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Jismoniy tarbiya – o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi.
Joriy nazorat – ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Idrok – aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni.
Ijtimoiy adaIlmatsiya (yunoncha adapto - moslashish) – anomal bolalar individual yoki guruhli xulqlarining ijtimoiy qadriyatlar va xulq-atvor qoidalari tizimiga mos kelishi.
Ijtimoiylashuv – ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar – o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari.
Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g‘oyalarning tutgan o‘rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo‘naltirish muammolarini o‘rganadi.
Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha rehabilitas – layoqati, qobiliyatini tiklash) – anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlariga tayangan holda uning ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etishi uchun zarur sharoit yaratish, ijtimoiy faoliyat va mehnatga jalb etish.
Izohlash (tarbiya metodi sifatida) – tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta’sir etish usuli.
Ilmiy dunyoqarash – uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlashgan dunyoqarash shakli.
Individ (lotincha “individium” bo‘linmas, yagona, alohida degan ma’nolarni anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudot.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin