Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining tuzilishi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə92/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining tuzilishi. O‘quvchilar o‘quv idrok etish faoliyatlarini boshqarishga o‘rganib olish uchun bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni tuzilishini yaxshi tasavvur etish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning egallash bosqichlarini bilishi zarur: idrok etish, o‘quv materialini anglab etish, mustahkamlash, amaliy faoliyatida bilimlarini qo‘llash. Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi. Psixologiyadan ma’lumki, idrok etish aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni bo‘lib, u tanlash xususiyatiga ega. Shuning uchun birinchi navbatda o‘quvchilarga ta’lim mavzuni, ya’ni, ularning nimani o‘rganishlari (masalani qo‘yish)ni tushuntirib berish kerak. Shu asosida o‘quv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. U haqiqiy mavjud yoki hayoliy predmet, hodisa, vaziyatlarni kuzatish, mumkin bo‘lgan tajribalarni o‘tkazishdan iborat bo‘ladi.
Birinchi bosqich – o‘quvchi qaysi hodisa va voqealarni, predmetlarni o‘rganish haqida etarlicha tasavvurga ega bo‘lganida va o‘quv masalasini tushunib etganda yakunlanadi.
Ikkinchi bosqich – o‘quv materialini anglab etish. U ma’lumotlarning nazariy jihatlarini ajratib olish va analiz qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialini xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar to‘plarnini o‘rganib chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar o‘rtasidagi tizimlilik muhim ahamiyatga ega. Unda o‘quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda qo‘shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajratib ko‘rsatsin. O‘quvchi o‘quv masalasini echish usulini tushunsa, bilimlar o‘rtasidagi tizimni anglab etsa ushbu bosqich yakunlangan sanaladi.
Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqich o‘zlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati ko‘proq mashqlar, mustaqil reproduktiv va ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo‘ladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli xil mashqlarda takrorlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak.
Ular matnlarni mexanik ko‘chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida va tushunchalarni chuqur anglab etmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani echish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda o‘quv malakalari va ko‘nikmalari shakllan-tirilgan bo‘ladi.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin