Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
 
 
NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
 
 
 
 
KAMOLOV BAXTIYOR XASANBOYEVICH 
 
 
 
 
EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH 
FANIDAN
MA’RUZA MASHG’ULOTLARI 
 
 
 
 
 
 
 
Namangan – 2023 



 
1-MAVZU: KIRISH. EKOLOGIYA KURSI, MAQSADI, VAZIFASI, 
TUZILMASI VA TARIXI 
Reja: 
1.
Ekologiyaning maqsadi, o’rganish usullari 
2.
Ekologiya fanining vazifalari 
3.
Ekologiya fanining bo’limlari 
4.
Ekologiyaning tarixi 
 
Tayanch so’zlar:
Ekologiya, autekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi
sinekologiya, biosfera, inson ekologiyasi, ijtimoiy ekologiyasi, ekologik 
muammolar, modellashtirish, biologik resurs, atrof-muhit. 
Ekologiya biologiya fanlari qatoridagi mustaqil fan hisoblanadi. ekologiya 
tushunchasi fanga birinchi bo’lib 1866 - yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan 
kiritilgan. Ekologiya – yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi tirik organizmlarning 
yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o’zaro munosabatini bildiradi. 
Umumiy ekologiya to’rt bo’limga bo’lib o’rganiladi: autekologiya, 
populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera. 
1. Autekologiya ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o’zaro 
munosabatini, turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganligini 
o’rganadi. 
2. Populyatsiyalar ekologiyasi populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasi, 
ma’lum sharoitda turli organizmlar sonining o’zgarishi (biomassa dinamikasi) 
sabablarini tekshiradi. 
3. Sinekologiya biogeotsenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simlik va 
hayvon turlarining o’zaro aloqasini hamda ularning tashqi muhit bilan 
munosabatini o’rganadi. 
4. Ekotizimlarni tadqiq qilishning rivojlanishi biosfera haqidagi ta’limotni 
vujudga keltiradi. Ushbu ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi. 
Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya’ni Yer qobig’idagi mavjudotlar tizimi 
biosfera deb ataladi. 
Bugungi kunga kelib ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni 
kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining 
ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi o’ta kengayib ketdi. Fanga “inson 
ekologiya”si degan atama ham kirib keldi. Insonni tashqi muhitga munosabati 
boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi. 
Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921 yil amerikalik olimlar Borjes va 
Park tomonidan kiritildi. Dastlab inson ekologiyasi tibbiy soha bo’limi sifatida 
qaralib, keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, me’moriy, iqtisodiy va huquqiy 
tomonlari ham o’rganildi. Inson ekologiyasi insonni atrof-muhitga va aksincha, 
muhitning insonga ta’sirini o’rganadi. Inson ekologiyasini o’rganish natijasida 
ijtimoiy ekologiya vujudga keldi. Unga birinchi bo’lib Raderik Mak Kenzil ta’rif 
bergan. 



Ijtimoiy ekologiya ijtimoiy fanlardan biri hisoblanib, uning predmeti inson 
bilan uning atrof-muhit o’rtasidagi xususiy bog’lanishlarini o’rganishdan iborat. 
Shunday qilib, ekologiya bugungi kunda tibbiy va ijtimoiy fanlar jumlasiga 
kirib, o’rganilayotgan ob’ekt yoki tizimni atrof-muhit bilan munosabatini keng 
miqyosda tadqiq etadi. Bir hujayrali sodda tuzilishdagi bakteriyalar, zamburug’lar, 
o’simlik, hayvonlar va ularning hamjamoalari, biosfera, shuningdek inson ham 
ekologiya fanining ob’ekti bo’lib xizmat qiladi.
Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog’lanishini ifoda etar 
ekan, u shubhasiz, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin