Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

7-rasm. Suv ekologik omili. 
 


25 
Tirik organizmlarning hayotiga va geografik tarqalishiga ta’sir etuvchi (ijobiy 
yoki salbiy) shart-sharoitlar ekologik omil deb ataladi. Ekologik omillar juda 
xilma-xil, ular tabiati va tirik organizmlarga ta’sir etishiga ko’ra shartli ravishda 3 
ta asosiy guruhlarga ajratiladi: Abiotik omillar – jonsiz tabiatning omillari 
hisoblanib, birinchi navbatda, iqlim omillari, ya’ni yorug’lik, harorat, namlik va 
mahalliy omillar kiradi. Abiotik omillar- yo`q, jonsiz degan ma`nolarni bildiradi. 
Abiotik omillar har bir tirik organizmnind yashashi uchun sharoit yaratadi. 
Masalan: suv abiotik omilning eng asosiy omil ko`rsatgichlaridan biri. Abiotik 
omillardan bo`lgan havo, erni o`rab turgan qobig`idir. Iqlim omillaridan, hamma 
tirik organizmlar yashash hayotida yorug`lik muhimdir. Quyosh nuri natijasida 
amalga oshiriladiganfotosintez, barcha tirik organizmlar uchun ozuqa zanjirida 
energiya manbaidir. Er sharidagi organizmlarning tarqalishi, ko`payishi va boshqa 
hayot jarayonlarini belgilaydigan omillardan biri harorat hisoblanadi. Harorat 0
0

dan past 50
0
S dan yuqori bо‘1ganda barcha hayot jarayonlari to`xtaydi yoki keskin 
darajada sekinlashib qoladi. Masalan: Sobuq havo (Antaktida), issiq harorat (arab 
sahrolari) hukmron bo`lgan joylarda tirik organizmlar о‘shamuhitga moslashib 
yashaydi. Mahalliy omillarga relef, tuproq xususiyatlari, sho’rlanish, oqim, 
shamol, radiatsiya (nurlanish) va boshqalar kiradi. Antropogen omillar – hozirgi 
vaqtda tabiatdagi eng kuchli omillardan biri hisoblanadi (8-rasm).


26 
Fotosintez jarayoni (8-rasm) 
Barcha organizmlar uchun yorug‘likning ahamiyati katta, chunki 
ekosistemada kechadigan jarayonlarda sarflanadigan energiya bu asosan quyosh 
energiyasidir.O‘simliklarda fotosintez jadalligi yorug‘likning optimal darajasiga 
(yorug‘lik to‘yinishiga) bog‘liq. Yorug‘likka 20 -munosabatiga qarab o‘simliklarni 
yorug‘sevar, soyasevar va soyaga chidamlilarga bo‘lamiz. Yorug‘sevar o‘simliklar 
yaxshiyorug‘ tushadigan ochiq joylardagina rivojlanadi. Ularda fotosintez jarayoni 
jadal kechadi.Cho‘llarda va chala cho‘llarda o‘sadigan izenlar, shuvoqlar, 
saksovullar, chogonlar, qizilchalar, qandimlar, qo‘ng‘irboshlar va shu kabilar 
yorug‘sevar o‘simliklarga kiradi. Soyasevar o‘simliklar esa, aksincha kuchli 
yorug‘likni yoqtirmaydi va ular doimiy soya joylarda o‘sadi.Bunday
o‘simliklargao‘rmonlarda o‘sadigan paporotniklar, moxlar, yong‘oqzorlar ostida 
o‘suvchiyovvoyi xina, tog‘ gunafsha kabilar kiradi. Soyaga chidamli o‘simliklar 
soya joyda ham, yaxshiyoritilgan joylarda ham bemalol o‘saveradi.Bularga qayin, 
qarag‘ay, eman daraxtlari, o‘rmon yer tuti, g‘ozpanja, binafsha kabi o‘simliklar 
kiradi.Yorug‘likning hayvonlar uchun asosan informativ ahamiyati mavjud. Sodda 
hayvonlarda yorug‘lik sezuvchi organlari bo‘lib, ular orqali fototaksis (yoritilgan 


27 
tomonga harakatlanish) amalga oshadi. Kovakichaklilardan tortib deyarlik hamma 
hayvonlarda yorug‘lik sezuvchi a’zolar mavjud.Ayrim hayvonlar (ukki, 
ko‘rshapalak) faqat kechasi faol hayot kechiradi, ayrimlari esa doimo qorong‘i 
sharoitda yashashga moslashgan (askarida, ko‘rsichqonlar).Ko‘pchilik hayvonlar 
uchun yorug‘lik fazoda mo‘ljal olishda yordam beradi. Masalan, asalarilar asal 
shira ko‘p bo‘lgan joylarni bildirish uchun iniga qaytgach uzoq muddat davomida 
gir aylanib quyosh bilan oziqa joylashishiga nisbatan ma’lum burchak hosil qilgan 
xolda to‘xtaydi. Qushlar esa uzoq joylarga uchib ketayotganda quyoshga qarab 
mo‘ljal oladi. Dengiz va okean suvlari tagida yashaydigan jonivorlar va quruqlikda 
yashaydigan ba’zi qo‘ng‘izlar o‘z tanasidan nur chiqarish xususiyatiga ega. Bu 
hodisa biolyuminestsentsiya deb ataladi.Biolyuminestsentsiya hayvonlar uchun 
signal vazifasini o‘taydi. Ular jinsiy marosim, dushmandan himoyalanish, o‘ljaga 
tashlanish kabi jarayonlarni amalga oshiradi. Yorug‘lik hayvonlarning 
rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.Masalan, uzoq muddatda yorug‘lik ta’sir 
ettirilganda hasharotlar va sut emizuvchi hayvonlarda jinsiy balog‘atga yetish 
tezlashadi. Ba’zi hasharotlar kun qisqarishi natijasida ko‘payish jarayonini 
to‘xtatadi, kun uzayishi bilan esa ko‘payish qayta tiklanadi. Buning sababi shuki, 
uzun kun bosh miyadagi gepofiz beziga ta’sir etib, ichki sekretsiya bezlari ishini 
kuchaytiradi va jinsiy bezlarga ham signal beradi. Harorat ekologik omili Er 
yuzidagi organizmlarning yashashi, rivojlanishiva tarqalishiga katta ta’sir 
ko‘rsatuvchi eng muhim abiotik omillardan biri haroratdir. O‘simliklar va 
ko‘pchilik xayvonlar tana haroratini birday saqlay olmaydi. O‘simliklarning 
sovuqqa chidamliligi hujayralarda qand miqdorining ko‘p bo‘lishi natijasida 
hujayra shirasi kontsentratsiyasining ortishiga va suvning kamayishiga bog‘liqdir. 
Harorat 0 °C dan past bo‘lsa, urug‘ unibchiqmaydi. Binobarin har bir o‘simlik 
urug‘i unib chiqishi uchun minimal, optimal va maksimal harorat talab qiladi. 
Sibirda o‘sadigan tilog‘och, qarag‘ay, pixta vashu kabi daraxtlar –70 °C gacha 
sovuqqa bardosh bera oladi. Bunday o‘simliklar psixrofil o‘simliklar deyiladi.O‘rta 
Osiyoning jazirama issiq cho‘llarida o‘sadigan yantoq, qovul, saksavul, shuvoq, 
izen o‘simliklari +60 +70 °C haroratga ham bardosh bera oladi. Ular termofil 


28 
o‘simliklar hisobanadi.O‘simliklar uchun ularning butun vegetatsiya davrida 
oladigan foydali harorat yig‘indisi ham jiddiy ahamiyatga ega. Agar harorat 
yig‘indisi yetarli bo‘lmasa o‘simlik gullamaydi va hosilga kirmaydi.
O‘simlik va hayvonlar uchun suv muhim ahamiyatga ega (9-10-11-rasmlar). 
O‘simliklarning tuproq va havo namligiga bo‘lgan talabiga ko‘ra ular kserofitlar, 
mezofitlar, gigrofitlar va gidrofitlarga bo‘linadi. Kserofitlar. Dasht va cho‘llarda
o‘sadigan, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklarga kserofitlar deyiladi. 
Kserofitlarda hujayralar kichik bo‘ladi, hujayra po‘sti qalinlashgan, barg 
mezofilida palisad parenxima yaxshi rivojlangan, barg tomirlari zich joylashgan, 
bargdagi og‘izchalar soni ham ko‘p bo‘ladi. Kserofitlarga shuvoq, erman-shuvoq, 
izen, oq saksovul, qora saksovul, juzg‘un, pista, teresken, kamforosma va shu 
kabilar kiradi.Kserofitlarga oid maxsus bir guruh o‘simliklar sukkulentlar deyiladi. 
Bu o‘simlik organlarida maxsus suv g‘amlovchi to‘qimalari yaxshi rivojlangan 
bo‘lib, ularda suv zahirasi saqlanadi. Bunday o‘simliklarga kaktuslar, agavalar 
kiradi. Kserofitlarning yana bir guruhi sklerofitlar hisoblanadi. Sklerofitlar 
qurg‘oqchilikka chidamli, ko‘p yillik, dag‘al, ko‘pincha barglari reduktsiyalangan 
va tikanlarga aylangan, yaxshi rivojlangan mexanik to‘qimaga ega bo‘ladi. Ularga 
saksovul, yantoq, shuvoq, betaga va boshqalar kiradi. Cho‘l zonasidagi sho‘rxok 
yerlarda esa danasho‘r, seta, sarsazan va qizil sho‘ra o‘sib, ular galofitlar deb 
ataladi. Mezofitlar. Nami yetarli bo‘lgan tuproq va iqlim sharoitida o‘sadigan 
o‘simliklar mezofitlar deyiladi. Bu xil o‘simliklar hujayralaridagi osmotik bosim 
kserofitlarga qaraganda pastroq, ya’ni 11-15 atmosfera orasida bo‘ladi. 
Mezofitlarga ko‘pchilik daraxt va aksari ekiladigan o‘t o‘simliklar: g‘o‘za, beda, 
makkajo‘xori, qovun, tarvuz, pomidor, boyimjon hamda deyarli hamma mevali 
o‘simliklar kiradi. Bu xil o‘simliklarning ildizi unchachuqur ketmaydi, lekin u 
kuchli tarmoqlanib, tuproq orasida katta hajmni egallab oladi.Gigrofitlar. Namlik 
ko‘p bo‘lgan sharoitda, ya’ni daryo bo‘ylari, o‘tloqlar, hamda o‘rmonlar orasida 
o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib, ularning barglari odatda yirik, kutikulasiz va tuksiz 
bo‘ladi. Barg yuzasidagi og‘izchalar doimo ochiq bo‘lib, ular bargning ham ostki, 
ham ustki qismida joylashadi. Ildizlari yerga chuqur kirmaydi, chunki ildizlar 


29 
yoyilgan joy doimo nam bo‘ladi. Ulardagi osmotik bosim 8-12 atmosferani tashkil 
etadi. Daryo va ko‘l bo‘ylarida o‘sadigan savagich, qamish, qiyoq, ba’zi bir begona 
o‘simlik turlari va madaniy ekinlardan, sholi gigrofitlarga misol bo‘ladi.Gidrofitlar. 
Suvga botib o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib, ularning organlarida mexanik to‘qima 
deyarli rivojlanmaydi. Bu o‘simliklarning suv yuzasida qolgan barglarning 
faqatgina ustki epedermisida og‘izchalar joylashadi. Ostki suvga tegib turgan 
tomonida 
og‘izchalar 
bo‘lmaydi. 
Barglarda 
kutikula 
qavati 
deyarli 
rivojlanmaydi.O‘simlik butun organlari yuzasi bilan suvni shimib olishi mumkin. 
Shu sababli bu xil o‘simliklarda o‘tkazuvchi to‘qimalar ildiz tuklari ham 
yaxshio‘smagan, ildizning suv va mineral tuzlarni shimish qobiliyati ham past. 
Gidrofitlarga barcha suv o‘tlari, gulli o‘simliklardan chilim yoki suv yonog‘i 
(Trapa natans), suv grechixasi (Polygonum amphilium), vallesneriya (Vallesneria), 
elodea (Elodeae) vashu kabilar misol bo‘la oladi. Cho‘l va dashtda yashovchi 
hayvonlarda ham suvsizlikka moslanish mavjud. Kemiruvchilar, sudralib 
yuruvchilar, hasharotlar va boshqa mayda cho‘l hayvonlari oksidlanish
reaktsiyalari natijasida hosil bo‘ladigan suvlarni g‘amlash hisobiga tanadagi suv 
muvozanatini saqlaydi, ayniqsa, yog‘ning oksidlanishi natijasida ko‘p miqdorda 
suv hosil bo‘ladi. Shu tufayli cho‘lda yashovchi hayvonlarda qalin yog‘ qatlamlari 
bo‘ladi (tuyaning o‘rkachi). Ko‘pginacho‘l hayvonlarining qoplovchi qalin 
to‘qimasi mavjudligi tufayli, ular teri orqali suvni bug‘lantirmaydi, ularning 
ko‘pchiligi kechasi hayot kechiradi, kunduz kunlari esa uyalariga yashirinib oladi. 
Hayvonlar hayotida ham namlik yoki suv muhim ahamiyatga ega 
6. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin