Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

 
 
 
Tropik o’rmon (15-rasm) 
 
 
Cho’l o’simliklari (16-rasm) 
 
 
 


36 
Inson tabiatga ko’rsatadigan kuchli ta’siri orqali abiotik va biotik sharoitlarni 
o’zgartiradi (2-jadval). 
2-adval. 
 
EKOLOGIK OMILLARNING TIRIK ORGANIZMLARGA TA’SIR 
ETISH UMUMIY QONUNIYATLARI 
 
Ma’lum sharoitda yashayotgan organizmlarga ekologik omillar turlicha ta’sir 
etishi mumkin. Ammo ekologik omillar qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ularning 
tirik organizmlarga ta’sir etish xarakteri nuqtai nazardan ular uchun umumiy 
bo’lgan qonuniyatlar ham mavjud. Organizmning normal rivojlanishi uchun 
ma’lum darajada qulay ekologik omillar majmui talab etiladi. Har bir omilning 
organizmga ta’sir etish kuchi hamda quyi va yuqori ta’sir etish chegarali bo’ladi. 
Omilning qulay ta’sir etuvchi kuchi optimum zona deb qaraladi yoki optimum deb 
ataladi. ekologik omil organizmga haddan tashqari kuchsiz (minimum) va kuchli 
(maksimum) ta’sir etishi mumkin. Shunday qilib, har qanday ekologik omilning 
optimum, minimum va maksimum ta’siri bo’lar ekan. Minimum va maksimum 
chegarali kritik nuqta deb qaraladi. Kritik nuqtalardan ortiq kuch ta’sirida 
organizm nobud bo’ladi. 
Ekologik omillar
Abiotik omillar 
Iqlim omili 
Tuproq
Relyef
Kimyoviy moddalar 
Tarixiy
Yong’in
Mikrobiogen
Mikogen
Zoogen
Fitogen
Biotik omillar 
Inson hojalik 
faoliyati ta’siri 
Antropogen 
omillar 


37 
Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan ekologik turlarga evri- old 
qo’shimchasini qo’shib, tor doirada moslashganlarga steno- old qo’shimchasini 
qo’shib nomlanadi. Temperaturaga nisbatan evriterm, stenoterm, namlikka 
nisbatan evrigidrid, stenogidrid, sho’rlanishga nisbatan evrigal, stenogal. 
Tashqi muhitning turli omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig’indisi 
turning ekologik spektrini tashkil etadi. Masalan, cho’lda o’suvchi sho’raklar 
tuproqning sho’rligiga, qurg’oqchilik va yuqori temperaturaga yaxshi moslashgan. 
Ushbu omillarga moslanish sho’raklarning ekologik spektrini tashkil etadi. 
Ayrim turlarning ekologik spektri bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Hatto bir xil 
sharoitda yashayotgan va moslashish xususiyati ham o’xshash bo’lgan turlar ozmi-
ko’pmi miqdorda o’zining ekologik imkoniyatiga ega bo’ladi. Izen va teresken 
o’simliklari qurg’oqchil va issiq sharoitga moslashgan turlar hisoblanib, ulardan 
birinchisi nisbatan qurg’oqchilikka ham, yuqori haroratga ham biroz kuchliroq 
moslashishi bilan ajralib turadi. 
Ekologik omillar organizmning turli funktsiyalariga ham turlicha ta’sir etadi. 
Ayrim individlarning tashqi muhit omillariga chidamlilik darajasi, kritik 
nuqtalari, optimal zonasi ham to’g’ri kelmaydi. Ushbu individning irsiy, jinsiy, 
yosh yoki fiziologik xususiyatlari bilan bog’liq bo’lishi mumkin. 
Muhitning ayrim ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta’sir etadi. Ushbu 
omillarning ta’siri boshqa omillarning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Buni omillarning 
o’zaro ta’sir etish qonuniyati deyiladi. 
Organizmning normal hayoti uchun ma’lum darajada sharoit talab etiladi. 
Agar barcha shart-sharoitlar qulay bo’lib, ulardan biri etarli miqdorda bo’lmasa, 
uni cheklovchi omil deb ataladi. CHeklovchi omil organizmni ushbu sharoitda 
yashashi yoki yashay olmasligini belgilab beradi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin