Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

 
 
 
 
 


40 
 O’SIMLIKLARNING YORUG’LIK OMILIGA MOSLASHISHI 
 
O’simliklarni yorug’likka bo’lgan munosabatiga ko’ra uch guruhga ajratish 
mumkin: 
1. Yorug’sevar (geliofit) o’simliklar. Ular yorug’lik yetarli bo’lgandagina 
normal o’sishi va rivojlanishi mumkin. Bunday o’simliklarga dasht, cho’l 
zonalaridagi o’simliklar, o’tloqzorlardagi qo’ng’irboshdoshlar va boshqa ba’zi 
turlar, o’rmon o’simliklar jamoasining birinchi qatlamini tashkil etuvchi baland 
bo’yli daraxtlar, O’rta Osiyo sharoitidagi qisqa vegetatsiya qiluvchi ko’p yillik o’t 
o’simliklarining efemeroid tipidagi hayot shakllari va boshqalar kiradi. 
2. Soyasevar (stsiofitlar) o’simliklar. Ular kuchsiz yorug’lik tushayotgan 
joylarda o’suvchi o’simliklardir. Bularga o’simliklar qoplamining pastki 
qatlamlarida o’suvchi turlar, moxlar, plaunlar, paporotniklar, yong’oqzolar ostida 
o’suvchi yovvoyi xina, tog’gunafsha kabilarni ko’rsatish mumkin. Yorug’sevar va 
soyasevar o’simliklar morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan bir-
birlaridan farqlanadi. 
3. Soyaga chidamli yoki fakulьtativ geliofit o’simliklar. Ularning ko’pchiligi 
yorug’sevar hisoblansa-da, yorug’lik uncha yetarli bo’lmaganda ham, ortiqcha 
yorug’likda ham normal o’sib rivojlanadigan turlardir. Ularga qo’ng’irbosh, 
qulupnay, arg’uvon va boshqalarni kiritish mumkin. 
 
 HAYVONLARNING YORUG’LIK OMILIGA MOSLASHISHI 
 
Yorug’lik hayvonlar hayotida muhim rol o’ynaydi. Chunonchi: a) yorug’lik 
ko’pchilik hayvonlar uchun fazoda mo’ljal olishda yordam beradi. Masalan, 
asalarilar asalshira ko’p bo’lgan joyni bildirish uchun iniga qaytgach, uzoq muddat 
davomida gir aylanib Quyosh bilan ozuqa joylashishiga nisbatan ma’lum burchak 
hosil qilgan holda to’htaydi. 
Qushlar esa uzoq joylarga uchib ketayotganida Quyoshga qarab mo’ljal oladi; 
b) dengiz va okean suvlari tagida yashaydigan jonivorlar, quruqlikda yashaydigan 
baxzi qo’ng’izlar o’z tanasidan nur chiqarish xususiyatiga ega. Bu hodisa 
biolyuminestsentsiya deb ataladi. Bunday xususiyat sodda hayvonlardan tortib 
baliqlargacha xosdir. Bakteriyalar, zamburug’lar va ayrim tuban o’simliklar ham 
shunday xususiyatga egadir. Biolyuminestsentsiya hayvonlar hayotida signal 
vazifasini o’taydi. Signal tufayli ular turli hayot jarayonlari (jinsiy marosim, 
dushmandan himoyalanish, dushmanni chalg’itish, o’ljaga tashlanish kabilar)ni 
bajaradi; v) yorug’lik organizmlarning rivojlanishiga ham ta’sir ko’rsatadi. 
Masalan, o’rmon suvsariga qish mavsumida qo’shimcha yorug’lik ta’sir etilgan 
uning homiladorligi tezlashib, muddatidan oldinroq bolalagan. 
Harakatda bo’ladigan hayvonlar o’ziga joy tanlashda yoritilish darajasini ham 
hisobga oladi. Kecha-kunduz davomidagi faollik uchun ma’lum darajada yorug’lik 
talab etiladi. Hayvonlar kunduzgi, tungi va g’ira-shirada faol hayot kechiruvchi 
turlarga ham ajratiladi. 


41 
Shunday qilib, hayvonlar ham yorug’likka bo’lgan munosabatiga ko’ra bir 
necha guruhga chunonchi, yorug’sevar, soyasevar hayvonlarga va yorug’likning 
o’zgarishiga keng yoki tor (qisqa) doirada moslashgan guruhlarga bo’linadi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin