Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


HAYVONLARNING HARORAT OMILIGA MOSLASHISHI



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

 
 HAYVONLARNING HARORAT OMILIGA MOSLASHISHI 
 
Hayvonlarning haroratga moslashish yo’llari asosan uch xildir, ya’ni 
kimyoviy, fizik termoregulyatsiya va xulq-atvor moslanishlaridir. Tashqi muhit 
haroratining pasayishiga javoban faol ravishda tanadan issiq ajralishi kimyoviy 
termoregulyatsiya deyiladi. Bunday moslashishlarning ko’rinishlari ba’zi bir 


42 
baliqlarda, hasharotlarda (arilar, kapalaklar) uchratiladi. Tanadan issiq ajratishning 
o’zgarishi, ya’ni ortiqcha bo’lsa tashqariga chiqarib yuborish yoki uni ushlab 
qolish fizik termoregulyatsiya deb qaraladi. Bunday yo’l bilan harorat omiliga 
moslashgan hayvonlarda quyidagi anatomo-morfologik moslashishlar kuzatiladi: 
tananing junlar bilan qoplanishi, pat yoki parlarga ega bo’lishi, yog’ zahirasining 
joylanishi, teri yoki nafas yo’li orqali suv bug’latishni boshqarish va hokazo. 
Ko’pchilik hayvonlar uchun tana haroratini boshqarishda ularning instinktdan kelib 
chiqadigan harakatlari katta ahamiyatga ega. Bular gavdaning holatini o’zgartirish, 
boshpana topish, murakkab yer ostki uyalar (inlar) qurish, uzoq va yaqin 
masofalarga ko’chib yurishlar (migratsiyalar) kiradi. Tana haroratini idora etishda 
hayvonlarning guruhli hatti-harakatlari ham muhim ahamiyatga ega. 
 
NAMLIK OMILINING TIRIK ORGANIZMLAR
HAYOTIDAGI AHAMIYATI 
 
Quruqlikda yashovchi organizmlarning suvga bo’lgan talabi tuproq va 
atmosfera namligi hisobiga qondiriladi. Tuproq va atmosferadagi namlikning 
manbai atmosfera yog’inlari hisoblanadi. Yer sharida atmosfera yog’inlarining 
yillik miqdori bir necha 10 millimetrdan 3000 millimetrni tashkil etadi. 
Organizmlarning suv bilan ta’minlanganligini baholash uchun faqat yillik 
atmosfera yog’inlarining miqdorini bilish bilan kifoyanilmaydi, chunki ushbu 
miqdor cho’l iqlimini yoki juda nam iqlimni ifodalashi mumkin. Yer sharidagi turli 
joylarda atmosfera yog’inlari bilan bug’lanish nisbati katta ahamiyatga ega. Yillik 
bug’lanish yillik yog’ingarchilik miqdori yig’indisidan kam bo’lgan joylar arid 
(qurg’oqchil) oblastlar deb ataladi. Bu erda yashovchi o’simlik va hayvonlar uchun 
namlik etarli bo’lmaydi. Aksincha, yog’ingarchilikning yillik miqdori 
bug’lanishning yillik miqdoridan ortiq bo’lgan joylar gumid (sernam) oblastlar 
deyiladi. 
Klimodiagrammalar ma’lum joydagi atmosfera yog’inlari bilan haroratning 
o’zgarishi nisbatini ifodalovchi egri chiziqlardir. Agarda harorat egri chizig’i 
atmosfera yog’inlari egri chizig’idan yuqorida bo’lsa qurg’oqchil, aksincha holat 
kuzatilsa nam yoki ortiqcha nam sharoit hisoblanadi. 
Organizmlarning suv bilan ta’minlanishini tavsiflash uchun iqlim 
sharoitlaridan tashqari muayyan biotopning namlik sharoitini ham bilish kerak. 
Odatda. Ortiqcha namlik, namlik, kuchsiz namlik, quruq va boshqa yashash 
sharoitlari degan tushunchalar ishlatiladi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin