Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

MOSLASHISHNING DARAJALARI 
 
Moslashish turli darajalarda va ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Masalan 
harorat omiliga moslashish molekulyar darajadan boshlab to biotsenotik 
darajagacha kuzatilishi mumkin. Ko’pchilik o’simliklar ortiqcha qizib ketishdan 
saqlanish uchun boshqa o’simlik turining soyasida o’sadi. Bu erda moslashish 
biotsenotik darajada namoyon bo’lmoqda. Asalarilarning uyalarini haddan tashqari 
qizib ketganda qanotlarini qoqib uyani sovutishi jamoa darajasidagi moslashishga 
misol bo’ladi. Hayvonlarning ter bezlari orqali tanasini sovutishi yoki o’simliklarni 
transpiratsiya orqali barg yuzasini sovutishi kabilar organizm darajasidagi 
moslanishlardir. Kuchli yorug’lik ta’sirida xloroplastlarning hujayra devori ostida 
ma’lum bir tartibda joy olishi hujayra darajasidagi, termofil mikroorganizmlarning 
oqsillarini yuqori harorat ta’siriga chidamliligi esa molekulyar darajadagi 
moslashish hisoblanadi. 
 
 YORUG’LIKNING TIRIK ORGANIZMLAR HAYOTIDAGI
AHAMIYATI 
 
Sayyoramizga quyoshdan keladigan yorug’lik nuri tirik organizmlar hayotida 
muhim rol o’ynaydi. 


39 
3-jadval. 
Yorug’lik ta’sirida o’simlik va hayvonlarda boradigan eng muhim 
jarayonlar 
1

Fotosintez 
O’simlik tushayotgan nurni taxminan 1-5% 
o’zlashtiradi. Fotosintez barcha tirik organizmlar 
uchun ozuqa zanjirida energiya manbaidir. 
Xlorofill to’planishi uchun ham yorug’lik zarur. 
2

Transpiratsiya 
Quyosh nurining o’simlikka tushayotgan 
75%i o’simlikdan suvni bug’latishga sarf bo’ladi. 
Bunda suv bug’latish tezlashadi. Bu hol hozirgi 
davrda suv muammosini hal etishda muhim 
ahamiyatga ega. 
3

Fotoperiodizm 
O’simlik 
va 
hayvonlarning 
hayotini 
uyg’unlashtirish uchun muhim (ayniqsa ko’payish 
davrida) ahamiyatga ega. 
4

Harakatlanishi 
O’simliklarda kuzatiladigan fototropizm va 
fotonastiyalar o’simlikni yetarli yorug’lik bilan 
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Fototaksis 
bir hujayrali o’simliklar va hayvonlarda o’ziga 
xos yashash joyini tanlashda rolь o’ynaydi. 
5

Hayvonlarning 
ko’rishi 
Eng muhim organizmdagi funktsiyalardan 
biri hisoblanadi. 
6

Boshqa jarayonlar 
Odamlarda D vitaminni sintezlanishi, terini 
qorayishi 
kabi 
himoya 
moslanishlari. 
Tik 
tushayotgan 
nurdan 
qochish 
kabi 
xulqiy 
harakatlar. 
Odam 0,40 – 0,75 mkm to’lqin uzunligidagi nurlarni ko’radi. Qisqa to’lqin 
uzunlikdagi nurlar ultrabinafsha, uzun to’lqin uzunlikdagilar esa infraqizil nurlar 
deb ataladi. 
Yorug’lik birinchi navbatda yashil o’simliklar uchun zarur. Yorug’lik ta’sirida 
yashil o’simliklarda eng muhim fizologik jarayon, ya’ni fotosintez amalga oshadi. 
Bundan tashqari, yorug’lik hujayradagi biokimyoviy va fiziologik jarayonlarga, 
jumladan fermentlarning faolligiga oqsil va nuklein kislotalarning sintezlanishiga 
ta’sir etadi. Barg og’izchalarining harakati, gazlar almashinuvi hamda 
transpiratsiya va boshqalarga ham ta’sir etadi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin