Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

 
 MOSLASHISH HAQIDA TUSHUNCHA 
 
Moslashish yoki adaptatsiya ayrim individlar, populyatsiyalar tur yoki 
jamoalarning morfo-fiziologik xulqiy va axborot biotsenotik xususiyatlarining 
majmuidan iborat bo’lib, boshqa individlar, populyatsiyalar, tur yoki jamoalar 
bilan yashash uchun kurashda g’olib chiqishga sababchi bo’ladigan, shuningdek 
abiotik muhit omillarining ta’siriga chidamliligini ifodalaydi. 
MOSLASHISHNING ASOSIY KO’RINISHLARI 
 
Moslashishlarning ko’rinishlariga kelsak morfologik, fiziologik va xulqiy 
moslashishlar ajratiladi. 
Morfologik moslashishlarga misol qilib suv muhitida gidrobiontlarning suvni 
qarshiligini 
kesib 
yurishga 
mos 
tana 
tuzilishi, 
shuningdek, 
plankton 
organizmlarning suvda osilgan holda yashashi kabilar hisoblansa, o’simliklar 
dunyosida cho’l sharoitida minimum suv sarflashga moslashish sifatida 
barglarning reduktsiyalanishi yoki butunlay bo’lmasligi kabilarni ko’rsatish 
mumkin. 


38 
Fiziologik moslanishlar hayvonlarda ozuqa tarkibiga ko’ra ovqat hazm qilish 
sistemasida fermentlarning ma’lum turlarini uchrashi yoki cho’lda yashovchi 
hayvonlarning suvga bo’lgan talabini qondirish uchun yog’larning biokimyoviy 
oksidlanishdan foydalanishi kabilar kiradi. O’simliklarda kuzatiladigan fotosintez 
jarayoni ham, boshqa biokimyoviy jarayonlar atmosferadagi gazlar tarkibiga 
bog’liqdir. 
Xulqiy yoki etologik moslashishlar hayvonlar uchun xos bo’lib, turli 
shakllarda namoyon bo’ladi. Masalan, tashqi muhit bilan hayvon tanasi o’rtasida 
normal issiq almashinuvi uchun uya qurish (boshpana topish), qulay haroratli joyni 
izlab topish, shuningdek, qushlar va sut emizuvchilarda sutkalik va mavsumiy 
ko’chib yurishlari ma’lum. Hayvonlar faqat harorat omiliga xulqiy tomondan 
moslashib qolmay, baoki namlik, yorug’lik va boshqa ko’pchilik ekologik 
omillarga ham moslashadi. Xulqiy moslanishlar yirtqichlarning o’ljani izidan 
yurish, kuzatish kabilarda hamda o’ljaning javob reaktsiyalarida ko’rinadi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin