Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


TIRIK ORGANIZMLARNING HARORAT OMILIGA



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

TIRIK ORGANIZMLARNING HARORAT OMILIGA
MUNOSABATI 
 
Ko’pchilik tirik organizmlar hayoti 0
o
bilan 50
o
S o’rtasida o’tadi. Temperatura 
0
o
dan past yoki 50
o
S dan yuqori bo’lganda barcha hayot jarayonlari mutlaqo 
to’xtaydi yoki keskin darajada sekinlashib qoladi. Demak, tirik organizmlar 
hayotiga harorat optimum, minimum va maksimum darajada ta’sir etadi. 
Ayrim suvo’tlar va umurtqasiz hayvonlarning hayoti 0
o
S dan past bo’lgan 
temperatura ta’sirida normal o’tadi. Ba’zi bakteriyalar va zamburug’larning 
sporalari hamda ba’zi umurtqasiz hayvonlar (kolovratka, tixoxodka va 
ne’matodlar, hasharotlar) tanasi suvsizlantirilgach, ularga – 190
o
, - 273
o
S li past 
temperatura ta’sir ettirilganda ham hayotchanligi saqlanib qolgan. YOki ko’k-
yashil, diatom va yashil suvo’tlar ayrim vakillarining 73o, - 93oS li qaynar 
buloqlarda normal o’sishi aniqlangan. SHimoliy qutbda suvning temperaturasi 0
o

ga teng bo’lganda ham ko’pgina suv hayvonlari normal yashab suvo’tlar bilan 
ovqatlanadi. Shimol bug’usi, oq ayiq, tyulen va pingvinlar hayoti ham past 
haroratda normal kechadi. 
 O’SIMLIKLARNING HARORAT OMILIGA QARAB EKOLOGIK 
GURUHLARGA AJRALISHI 
 
Barcha o’simliklarni haroratga bo’lgan munosabatiga ko’ra ikkita ekologik 
guruhga ajratish mumkin: yuqori harorat ta’sirida yaxshi o’sib rivojlanadigan 
termofil o’simliklar va past harorat ta’sirida yashovchi psixrofil o’simliklar. Har 
ikki guruhga mansub o’simlik turlari o’ziga xos moslanish xususiyatlariga ega. 
Termofil o’simliklar hujayrasi issiqlikka chidamliligi, organlar yuzasining 
kichrayishi, tuklarning yaxshi rivojlanganligi, efir moylariga ega bo’lishi, o’zidan 
ortiqcha tuzlarni ajratib chiqarishi, uzoq muddat davomida tinim davrini o’tkazishi 
va boshqa xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Psixrofil o’simliklar sovuq sharoitni har 
xil holatlarda (ya’ni tinim yoki vegetatsiya davrida) anotomo-morfologik 
moslanish orqali o’tkazadi. Bunday moslnishlarga poyasining yer bag’irlab o’sishi, 
novdaning yotiq yo’nalishi, to’planish bo’g’imi va ildiz bo’ynining yer ostida 
joylanishi, hazonrezgilik, po’kak qavatning yaxshi rivojlanishi, oq tanaga ega 
bo’lish kabilarni ko’rsatish mumkin. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin