Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


O’SIMLIKLARNI NAMLIK SHAROITLARIGA



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

 
O’SIMLIKLARNI NAMLIK SHAROITLARIGA
MOSLASHISHLARI 
 
Organizmlarning suvga bo’lgan talabi, har xil namlik sharoitlarda yashashi 
hamda moslashishlariga ko’ra to’rt asosiy guruhga ajratiladi: 1. Suvda yashovchi 
(o’simliklar-gidrofitlar, hayvonlar-gidrofillar). 2. Ortiqcha namlikda yashovchilar 
(gidrofitlar, gigrofitlar). 3. O’rtacha namlikda yashovchi (mezofitlar, mezofillar). 
4. Qurg’oqchil sharoitda yashovchilar (kserofitlar, kserofillar). 


43 
Barcha o’simliklar suv bilan ta’minlanishi yoki namlik sharoitiga 
moslanishiga ko’ra 5 ta ekologik guruhga ajratiladi: gidatofitlar, gidrofitlar, 
gigrofitlar, mezofitlar, kserofitlar. 
Gidatofitlar – hayoti doimo suvda o’tuvchi bu guruhga asosan suv o’tlar 
kiradi. 
Gidrofitlar – tanasining bir qismi suvdan tashqarida, qolgan qismi suv 
qatlamida joylashgan o’simliklardir. Suv nilufarlari, g’ichchak, nayzabarg, o’qbarg 
va boshqalar shular jumlasidandir. 
Gigrofitlar – tuproqda ortiqcha miqdorda namlik yoki suv bo’lgan sharoitda 
yashovchi o’simliklardir. Ular daryo va ko’l bo’ylari, botqoqliklarda, sernam 
o’rmonlar va boshqa joylarda o’sadigan o’simliklardir. 
Mezofitlar – o’rtacha namlik sharoitida yashovchi o’simliklar bo’lib, ularga 
ko’pchilik madaniy va yovvoyi holdagi o’simliklar kiradi. 
Kserofitlar – qurg’oqchil sharoitda yashashga moslashgan o’simliklardir. 
Dasht, cho’l va chala cho’l zonalarida keng tarqalgan bu o’simliklar o’z navbatida 
2 guruhga ajratiladi: sklerofitlar va sukkulentlar. Sklerofitlar O’rta Osiyo 
cho’llarida uchrasa, sukkulentlar – tanasida suv saqlovchi kaktuslar hisoblanadi. 
 HAYVONLARNI NAMLIK OMILIGA MOSLASHISHI 
 
Hayvonlar hayotida ham namlik yoki suv muhim rol o’ynaydi. Umuman 
hayvonlar suvga bo’lgan talabini uch xil yo’l bilan qondiradi: 1. Bevosita suv 
ichish orqali. 2. O’simliklar bilan ovqatlanish orqali. 3. Metabolizm hodisasi, ya’ni 
tanasidagi moylar, oqsillar va karbon suvlarining parchalanishi orqali. 
Suvni bug’lantirish esa asosan nafas olish, terlash va siydik yo’li orqali 
bajariladi. Issiq kunlari ayrim sutemizuvchilar suvni haddan tashqari ko’p 
sarflashlari mumkin. Masalan, kishilar yoz oylarida bir kunda 10 litrgacha suvni 
terlash orqali sarflashi mumkin. 
Moslanishlar ham odatda uch xil bo’ladi: yurish-turish harakati orqali
morfologik va fiziologik moslanish. 
Yurish-turish orqali moslanishda hayvonlar albatta suvni izlab topish, 
yashaydigan joyni tanlash, in qazib, unda yashash orqali moslashadilar. 
Morfologik moslanish tanasining ustida chig’anoqlar, sovutlar, qalqon va 
tangachalar hamda kutikulalar hosil qilish orqali amalga oshiriladi. Masalan, 
shiliqqurt, toshbaqa, kaltakesak, qo’ng’izlar ana shunday moslashadi. 
Fiziologik moslanish esa metabolitik suv hosil qilish orqali amalga oshadi. 
Masalan, odamlar tanasidan vazniga nisbatan 10% gacha suv yo’qotishi mumkin. 
Undan ortiq suv yo’qotilsa organizm halok bo’ladi. Bu ko’rsatkichlar turli 
hayvonlarda turlicha, masalan, tuyalar – 27%, qo’ylarda – 23%, itlarda – 17%, agar 
bundan oshsa halokat yuz beradi. 
Ayrim suvda yashovchi (gidrobiont) hayvonlar suvni yutishi yoki filtratsiya 
qilish orqali yashashga moslashgan. Natijada suv havzalarida biologik tozalanish 
sodir bo’ladi. Masalan, lixet, mshanka, astsidiy, plankton, qisqichbaqasimonlar, 
midiyalar bir sutkada 150-280 m
3
suvni tindiradi va tozalaydi. Qurg’oqchil 
sharoitda yashovchi suvo’tlari, lishayniklar va moxlar poykilokserofitlar deb atalib, 


44 
ular qurg’oqchil davrlarda qurib qolib, anabioz holatga o’tadilar va yog’ingarchilik 
bo’lgan vaqtda yana hayotini tiklab davom ettiraveradilar. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin