Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

2. POPULYATSIYANING TUZILMASI 
Har qanday tur populyatsiyalar tizimidan tarkib topadi. Uning tuzilmasini esa 
individlarning harakatlanishi yoki ma’lum hududga bog’liqlik darajasi, tabiiy 
to’siqlarni engib o’ta olishi kabi biologik xususiyatlari belgilab beradi. 
Populyatsiyaning jins tuzilmasi. Populyatsiyaning jins tuzilmasi turli yoshdagi 
guruhlardagi erkak va urg’ochi individlarning son jihatdan nisbatidir. 
Populyatsiyadagi jinslar nisbati, birinchidan, jinsiy xromasomalarning qo’shilishi 
bilan, ya’ni genetik qonuniyatlarga bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, ma’lum darajada 
tashqi muhit ham ta’sir etishi mumkin. 
Populyatsiyaning yosh tuzilmasi. Populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta 
tiklanishning jadalligi, nobud bo’lish darajasi va nasllar gallanishining tezligi kabi 
muhim jarayonlarni ifodalaydi. 
O’simliklar populyatsiyasining yosh tuzilmasi. Fitotsenozdagi muayyan 
turlarning, har xil holatlardagi individlarning yig’indisi tsenopopulyatsiya deb 
ataladi. Uni agar gulli o’simliklar misolida ko’radigan bo’lsak, unga tuproqda 
(yoki uning yuzasida) o’z hayotchanligini yo’qotmagan urug’lar, nihollar va har xil 
yoshdagi individlar kiradi. 
T.A.Rabotnov o’simliklar jamoasidagi o’simliklarning hayotini quyidagi 
asosiy yosh davrlariga ajratadi: 
a) Latent davri. Bunda o’simlik spora, urug’ yoki mevalar holida tinim 
davrida uchraydi. Tinim davri har xil o’simliklarda turlicha davom etadi. Masalan, 
terakning urug’i hayotchanligini 3-4 kundan to 3 haftagacha saqlay oladi, ba’zi bir 
begona o’t o’simliklar esa urug’ining hayotchanligini bir necha o’n yillab saqlay 
oladi. Tuproqda turli o’simliklarning ko’p sondagi urug’larini topish mumkin. Ular 
qulay sharoit vujudga kelganda unib chiqish xususiyatiga ega. Shu bilan birga har 
yili yangi urug’lar tuproqqa tushib turadi. 


54 
B) Virgil davri. Bu davr o’simlikning nihollik, yosh o’simlik va voyaga etgan 
holatidir. Nihollar yosh o’simliklardan urug’palla barglarining bo’lishi bilan 
farqlanadi. 
V) Generativ davr. O’simlik hayotida sporalar yoki urug’lar bilan 
ko’payishning boshlanishi bilan tavsiflanadi. 
G) Senil (qarilik) davri. O’simlikning yoshi ortishi bilan generativ ko’payish 
xususiyati yo’qoladi, ana shunga senil davri boshlanadi. 
Populyatsiyaning yosh tuzilmasi o’simlik va hayvonlarda ham bir necha 
omillarga bog’liq. Birinchi navbatda balog’atga, voyaga etish vaqti, umr ko’rish 
muddati, ko’payish davri muddati, avlodlar davomiyligi, ota-onasidan bir vaqtda 
tug’iladigan individlarning bunyodga kelish muddati, har xil jins va yoshdagi 
individlarning nobud bo’lish xarakteri, populyatsiyaning son jihatdan o’zgarib 
turish dinamikasi kabilarga bog’liq. 
Populyatsiyaning fazoviy tuzilmasi populyatsiya maydonidagi ayrim 
individlar va guruhchalarning tarqalish harakterini ifodalaydi. 
Individlarning uch turdagi tarqalishi ma’lum: bir tekis, tasodifiy va guruhli 
(to’da-to’da). Individlar bir tekis tarqalganda xuddi mevali daraxtlar bog’da 
o’tkazilganidek, bir-biriga nisbatan bir xil masofada joylashadi. 
Tasodifiy tarqalishda individlar bir-biridan har xil masofada joylashadi. 
Bunday joylashish populyatsiyaning zichligi kam bo’lgan bir xil muhitda 
uchratiladi. 
Tabiatda guruhli tarqalish turi ko’p uchraydi. Bunda individlar to’da hosil 
qilib bir-biridan turlicha masofada joylashadi. 
Populatsiya
Soni 
Genetik 
birlik
O’sish
Nobud 
no’lish
Tug’ilish
Bir 
tur 
Individlar
Populatsiya arial
Yashovchan-
lik 


55 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin