Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

Kooperatsiya
- ikki organizm bir-birlari bilan kooperatsiya hosil 
qiladilar. Bunday kooperatsiya ikki organizm uchun ham ustunliklarga ega. 
Masalan, krablar bilan kovakichlilar bunga misol bo‘la oladi. Kovakichlilar 
krablarning orqasiga yopishib olib (ba’zan ularni krablarning o‘zlari o‘tqazib 
oladilar) ularni dushmanlardan, himoya qiladilar. Kovakichlilar esa o‘z navbatida 
krablardan transport vazifasida foydalanadilar hamda ulardan qolgan ovqat 
qoldiqlari bilan ovqatlanadilar. 
Mutualizm.
Birlashgan ikki populyatsiya ham 
faqat foyda ko‘radi, bu birlashish ular uchun foydalidir, bunday birlashgan 
organizmlar tabiiy sharoitda biri ikkinchisiz hayotkechira olmaydi. Masalan, 
termitlar va ularning ichaklarida yashovchi xivchinlilar bunga yaqqol misoldir.
Bunda xivchinlilar termitlar qabul qilgan kletchatkani hazm qilishga yordam
beradilar, chunki termitlar kletchatkani mustaqil o‘zlashtira olmaydilar. 
Xivchinlilar ham termitlarsiz yashay olmaydilar. Chunki ular uchun yashash 
sharoiti termitlar ichaklaridir. Turlar o‘rtasidagi munosabatlarning ikki va undan 
ko‘p tur uchun qulaylik tug‘diradigan xilini o‘zaro yordam deyiladi. Masalan, 
hasharotlar yordamida changlanadigan o‘simliklar changni bir o‘simlikdan 
ikkinchio‘simlikka olib o‘tadigan va shu bilan o‘simliklarning chetdan
changlanishini 
ta’minlaydigan 
hasharotlarga 
muhtojdir. 
Ekotizimlar 
biogeotsenozga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi. Ekotizimda moddalar
aylanishini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda kerak bo‘ladigan anorganik 
moddalar zahirasi va bajarayotgan ishi jihatidan uch xil ekologik guruhni tashkil 
etuvchi organizmlar bo‘lishi zarur.Birinchi guruhga o‘simliklar kirib, ular 
produtsentlar deyiladi. Produtsentlar assimilyatsiya jarayonida to‘plangan 


21 
energiyasini boshqa organizmlarga beradi. Ikkinchi guruhga hayvonlar kiradi. Ular 
o‘simliklar tomonidan to‘plangan organik moddani iste’mol qiluvchilar 
hisoblanadi va kontsumentlar, deb ataladi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin