Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi


Arxitekturaviy  inshootlar  zilzilabardoshligi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/81
tarix12.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#55191
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

Arxitekturaviy  inshootlar  zilzilabardoshligi.  Qadimgi  Xiva  me'morlari 

tarixiy  obidalarning  zilzilabardoshligiga  ham  e'tibor  berganlar.  Yerni  tekislab 

bo'lgach,  uni  ganch  yoki  gil  qorishmasi  bilan  qoplaganlar  (masalan,  Xivada 

Sherg'ozixon  madrasasi),  so'ngra  qum  solganlar.  Bu  yo'l  bilan,  birinchidan  - 

poydevorni  yer  osti  sho'r  suvlaridan  himoya  qilganlar,  ikkinchidan  - 

seymoizolyatsiya  tadbirlarini  amalga  oshirganlar.  Zilzila  to'lqinlari  bu  qatlamda 

ancha so'nib qolgan. 

Geologik  va  gidrogeologik  sharoitlardan  kelib  chiqib,  poydevor  qismi  0,5  m 

dan 2,0 m gacha chuqurlikda o'rnatilgan. G'ishtlarning poydevor konstruksiyasida 

yotiq  qatorlar  bo'ylab  emas,  balki  yon  tomoni  bilan  yuzma-yuz  qilib  terilganligi 

zilzila vaqtida seysmik kuchlarni bir tekisda taqsimlanishiga imkoniyat yaratgan. 

Inshootning yer usti qismida, 0,5 m balandlikda yog'och g'o'la yoki toshlardan 

maxsus qorishma bilan prokladka qo'yilgan. Ko'pchilik hollarda prokladka sifatida 

bir necha qatlam  qamish  ishlatilgan. Bu tadbir  seysmik  to'lqin  energiyasini ancha 




 

 

yutgan  va  tepaga  deyarli  kam  qismini  o'tkazgan.  Bu  gidroizolyatsiya  vazifasini 



ham o'tagan. 

Qadimiy  mas'ul  obyektlardan  muhimi  minoradir.  Uni  ustalaridan  hisoblash 

matematikasi, geometriya, arxitektura va proporsiyalarning uyg'unligini seza olish 

malakalari  talab  etilgan.  Injenerlik  yechim  nuqtai  -  nazaridan  minorani  zilzila 

vaqtidagi holatini tashhislash qiyin masala hisoblanadi. 

Minora  balandligining  oshib  borishi,  uning  inersiya  massasini  oshishiga, 

boshqacha  aytganda,  zilzila  davrida  seysmik  kuchlarning  kattalashuviga  olib 

keladi.  Minora  balandligiga  qarab  zilzila  inshootni  egilish  yoki  ko'chishiga  olib 

kelishi  mumkin.  Bu  masalani  hal  qilish  uchun  me'morlar  va  binokorlar  dono 

yechim  ishlab  chiqqanlar.  Minora  balandlashgan  sari  uning  diametri  kichiklasha 

borgan. Bu me'moriy yechim zilzila vaqtida inshootni ustivorligini ta'minlay olgan. 

Qo‘llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:  dialogik  yondoshuv,  muammoli 

ta‘lim, munozara, o‘z-o‘zini nazorat. 

 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin