Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi


Muhammad  Aminxon  madrasasi  me'morchiligi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/81
tarix12.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#55191
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

Muhammad  Aminxon  madrasasi  me'morchiligi.    1851-1852-yillarda 

Ichan  qal'ada  Muhammad  Aminxon  madrasa  qurilgan.  Madrasa  va 

minorani  Xivadagi  eng  katta  va  go'zal   ansambl  qilish  mo'ljallangan, 

biroq ishlar oxirigacha yetmay qolgan. 

Madrasaning  baland  va  bezakdor  peshtoqi  o'ziga  xos  mayda  ravoqchalarga 

bo'lingan,  burchaklaridagi  mezanali  burjlar  binoga  salobot  va  go'zal  ko‘rk 

bag'ishlab  turibdi.  Bino  arxitekturasida  Xiva  me'morchiligidagi  badiiy  va 

konstruktiv uslublarning eng yaxshi namunalari qo'llanilgan. Madrasa ikki qavatli 

bo'lib, birinchi qavatda hujralar dahlizli, ikkinchi qavatda esa hujralar peshayvonli 

qilib bunyod etilgan. 

Bu uslub Xiva madrasalarida ilk bor ushbu binoda qo'llanilgan. Ayvonlarning 

qurilishi  sodda  bo'lib  hovlining  umumiy  arxitekturasiga  mosdir.  Ikki  qavatli 

ayvonlardagi  bag'allar  va  qarama-qarshi  qo'yilgan  peshtoqlar  sirkor  parchinlar 

bilan  naqshlangan.  Hujralar  tepasi  baxmal  gumbaz  bilan  berkitilgan.  Katta 

xonalarining  gumbazlari  burchaklardan  chiqarilgan  toqi  qiya  sath-qanosga 

(parusga) qo'yilgan. Peshtoqning yarim gumbaz tashkil etuvchi olti qirrali ko'rkam 

ravog'i  ham  sirkor  parchinlar  bilan  bezatilgan.  Masjidning  baland  gumbazi 

peshtoqdan  ancha  yuqori  ko'tarilib  turadi.  Madrasaning  umumiy  ko'rinishidagi 

bunday  assimetrik  holat  uning  yonida  baland  minora  ham  bo'lishini  taqozo 

etgandek  tuyuladi.  Bunday  uslub  keyinroq  Islomxo'ja  madrasasi  va  minorasi 

kompleksida takrorlangan. 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin