Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi


Juma  masjidining  arxitekturasi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/81
tarix12.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#55191
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

Juma  masjidining  arxitekturasi.    XVIII  asrda  barpo  etilgan  ko'p  ustunli 

Juma  masjidi  alohida  ajralib  turadi.  Uning  konstruktiv  yechimi  Arabistonning 

qadimgi  masjidlari  bilan  hamohang  ekanligidan  dalolat  beradi.  Juma  masjid  Ilk 

bor  X  -  XI asrlarda qurilgan.  Juma  masjidning dastlabki binosi  buzilib  ketgan 

va  o'rniga  1788-yilda  xuddi  shu  usulda  undan  kattaroq  yangi  masjid  qurilgan. 

Masjidning minorasi ham yangidan tiklangan. 

Juma  masjidi tekis tomli, bir qavatli imoratdir. Uni o'ziga  xos  o'yma naqshli 

ustunlar  qo'riqxonai  deyishadi.  Bino  tomini  218  ta  naqshinkor  ustun  ko'tarib 

turadi.  X  -  XI  asrlarda  qo'llangan  naqshkor  ustunlardan  hozirgi  vaqtda  25  tasi 

saqlangan.  Masjidning  avvalgi  ustunlari  Xorazmdagi  turli  binolardan  yig'  ib 

kelingan. 

Hamma  ustunlar  muayyan  kompozitsiya  asosida  loyihalashtirilgan.  Bu 

inshootning  eng  nodir  tomoni  uning  ustunli  yechimidadir.  Ustunlar  pastdan 

yuqoriga  qarab  qadahsimon  shaklda  yo'g'onlashib  boradi.   Ustun  o'rtasi 

kufiy  usulda  yozuv  bilan  naqshlanib,  pastki,  qismida   qalin,  ustki  qismi 



 

 

nisbatan  siyrak  o'yma  naqshlar  bilan  bezatilgan.  Eng  qadimgi  ustunlarga 



uchburchak  shaklidagi  chuqur  relyefli,  o'simliksimon naqshlar solingan.  XII 

asr  ustunlarida  avvalgilarning  shakl  mutanosibligi  takrorlangan,  biroq 

naqshlar birmuncha  qayta  ishlangan,  ulardagi  kufiy  yozuvlari  barg  va  gul 

naqshlar  bilan  chirmashtirib  yuborilgan.  Juma  masjid  ustunlarida  Xorazm 

xalq o'ymakorligining boy ijodiy imkoniyatlari mujassamlashgan. 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin