Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi


- mavzu: Xiva shahri me'morchiligi tarixi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/81
tarix12.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#55191
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

14- mavzu: Xiva shahri me'morchiligi tarixi. 

Reja: 

1. Ichan qal'a.  

2. Juma masjidining arxitekturasi.  

3. Toshhovlining me'moriy yechimi.  

4. Ota darvoza yodgorligi.  

5. Muhammad Aminxon madrasasi me'morchiligi.  

6. Kalta Minor.  

7. Pahlavon Mahmud maqbarasi.  

8. Arxitekturaviy inshootlar zilzilabardoshligi. 

 

Maqsad:  Ichan  qal'a.  Juma  masjidining  arxitekturasi.  Toshhovlining 

me'moriy  yechimi.  Ota  darvoza  yodgorligi.  Muhammad  Aminxon  madrasasi 

me'morchiligi.  Kalta  Minor.  Pahlavon  Mahmud  maqbarasi.  Arxitekturaviy 

inshootlar  zilzilabardoshligi  to`g`risidagi  tasavvurlarini  boyitish  va  bu  boradagi 

ma`lumot berish. 

Ichan  qal'a.  Ichan  qal'ada  me'moriy  va  shaharsozlik  kompozitsiyalarini 

o'rganish  uchun  keng  imkoniyatlar  mavjud.  Ichan  qal'a  Xivaning  ichki  qal'a 

qismidir.  U  Dishan  qal'adan  kungurador  devor  bilan  qisman  ajratilgan.  Dishan 

qal'adan  baland  qo'rg'ontepaga  o'xshab  ko'rinadi.  Ichan  qal'aga  Bog'cha,  Polvon, 

Tosh va Ota deb nomlangan darvozalaridan kirilgan. 

Ichan  qal'aning  yaratilish  tarixi  uch  davrga  bo'linadi:  mo'g'ullar  istilosidan 

keyingi tiklanish (Sayd Alovuddin maqbarasi va boshqalar),  XVI-XVII asrlardagi 

tiklangan    (Anushaxon  hammomi,  l657-yil;  peshayvonli  Oq  masjid,  1675-yil; 

Xo'jamberdibek  madrasasi,  1688-yil;  xonning  qabulxonasi,  1686-l688-yillar). 

XVIII -XX asrlardagi tiklanish. 

Uchinch  davrda  mahalliy  me'morchilik  an'analari  asosida  masjid,  madrasa, 

tim  va  toqlar  qurilgan,  Ota  va  Polvon  darvozalari  orasida  katta  yo'l  o'tkazilgan, 

masjid  qayta  qurilgan,  minoralar  qad  rostlagan.  Qutlug'  Murod  Inoq  madrasasiga 

qaratib  tim  va  toqlar  qurilgan.  Muhammad  Rahimxon  (1806-1825-yillar, 

Olloqulixon 

(1825-1842-yillar), 

Muhammad 

Aminxon 


(1845-1855-yillar) 

hukmronligi  yillarida  bu  yerda  qurilish  avj  olib  ketgan.  Muhtasham  saroy, 




 

 

madrasa, maqbaralar barpo etilgan. Toshhovli saroyi qurilgan. Pahlavon Mahmud 



maqbarasi qad ko'targan. Kalta Minor yuzaga kelgan va hokazo. 

Ichan qal'a qurilishida Markaziy Osiyoda qadimdan qo'llanib  kelingan uslub - 

inshootlarni yuzma-yuz qurish uslul (qo'sh) dan foydalanilgan. 

Binolarning  alohida  ansambl  holida  qurilishi  ham  Xiva  me'morchiligining 

o'ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi. Masalan, Juma masjid yonida ikkita kichik 

madrasa,  Muhammad  Amin  Inoq  va  Muhammad  Aminatpanoboy  minorasi 

hamda  Matniyoz  Devonbegi  madrasasi  qurilishi  ancha  yirik  ansamblni 

tashkil  etgan.  Polvon  darvoza  oldida  bir  necha  masjid  va  madrasalar, 

hammom,  toqi,  karvonsaroy  va  xon  saroyini  barpo  etilishi  o'ziga  xos 

ansamblni  tashkil  etgan.  Qutlug'  Murod  Inoq  bilan  Olloqulixon  madrasasi, 

Tosh  hovli  bilan  Oq  masjid  o'rtasidagi  maydoncha  shu  ansamblning 

kompozitsion 

markaziga 

aylangan. 

Xiva 

yodgorliklari 



yog'och 

o'ymakorligi,  sangtaroshlik,  ganchkorlik,  sirkor  sopol  va  boshqa   rang-

barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan. 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin