Namangan Davlat universiteti Arxivshunoslik yo’nalishi 2-kurs talabasi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#196282
  1   2   3
Sanaqulov Ruslanjon

Namangan Davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Arxivshunoslik yo’nalishi 2-kurs talabasi Sanaqulov Ruslanjon

MAVZU; ARXIV HUJJATLARI BILAN ISHLASH. Reja: 1.Arxiv Hujjatlarini saqlash tushunchasi. 2.Arxiv Hujjatlari bilan ishlash. 3 Arxiv hujjatlarini ekspertiza qilish.


Arxivda arxiv hujjatlarini saqlash me’yoriy sharoitlarni yaratish, me’yoriy tartiblarga rioya etish va arxiv hujjatlari saqlovini to‘g‘ri tashkil etish, yo‘qolishi va o‘g‘irlanishini bartaraf etuvchi, shuningdek ularning normal fizik holatini saqlab turuvchi tadbirlar kompleksi orqali ta’minlanadi.Arxiv hujjatlarini saqlashning me’yoriy sharoitlari quyidagilar asosida ta’minlanadi:arxivlarga mos bino va xonalar ajratish;arxiv binolari va xonalarida maqbul (me’yoriy) yong‘inga qarshi, qo‘riqlash, harorat va namlik, yorug‘lik, sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratish;arxiv hujjatlarini saqlash va joyini o‘zgartirish uchun maxsus vositalarni (stellajlar, shkaflar, seyflar, qutilar, papkalar va boshqalarni) qo‘llanish. Arxiv arxiv hujjatlarini saqlash uchun maxsus qurilgan yoki moslashtirilgan binoda (yoki binoning alohida xonalarida), yong‘in kelib chiqishi xavfi bo‘lgan obyektlar (neft ombori, AYQSh, avtoturarjoy, garaj va shunga o‘xshash boshqa joylar) va havoni ifloslantiruvchi sanoat obyektlaridan (agressiv gazlar, sement changi va boshqalardan) uzoqda joylashtiriladi.
Arxiv binosi arxivning hujjatlarni saqlash, qayta ishlash, ulardan foydalanish bo‘yicha belgilangan va ma’muriy-xo‘jalik, texnik, maishiy xarakterdagi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan, xonalarni oqilona joylashtirish talablariga mos asosiy va yordamchi xonalar kompleksidan iborat bo‘ladi.Asosiy turdagi xonalarning tarkibi, joylashuvi, jihozlanishi arxiv hujjatlarining ular bilan ishlashning barcha uchastkalarida saqlanishini, ishlar texnologiyasi talablariga rioya qilish, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, shuningdek arxiv tarkibiy bo‘linmalarining o‘zaro oqilona hamkorligini ta’minlashi lozim. Asosiy maqsaddagi xonalarga quyidagilar kiradi:

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin