Ish vaqtida arxiv saqlovxonalarining kaliti saqlovxona mudiri yoki uning o‘rnidagi shaxsda bo‘ladi. Arxiv saqlovxonasiga ushbu arxiv saqlovxonasi mudiri va xodimlari, shuningdek arxiv rahbari va uning o‘rinbosarlari, fondlarning bosh saqlovchisi kirish huquqiga ega. Kerak bo‘lganda yangilanadigan, arxiv saqlovxonasiga kirish huquqiga ega shaxslar ro‘yxati qo‘riqlash postida bo‘lishi kerak. Arxivning boshqa xodimlari arxiv saqlovxonasiga faqat bo‘lim mudiri yoki uning o‘rnidagi shaxs kuzatuvida kiritiladi. Boshqa shaxslar, istisno hollarda, faqat arxiv rahbarining yozma ruxsati va bo‘lim mudiri yoki uning o‘rnidagi shaxs kuzatuvida kiritiladi. Arxiv hujjatlarini, qimmatli materiallar, ilmiy-ma’lumotnoma kutubxonasi kitoblari, shuningdek ilmiy-ma’lumotnoma apparatini arxivdan olib chiqishga faqat belgilangan tartibda beriladigan maxsus ruxsatnoma bilan ruxsat etiladi. Havo almashinish tizimlari bilan jihozlangan qog‘oz asosidagi arxiv hujjatlari saqlanadigan arxiv saqlovxonalarida me’yordagi harorat va namlik ta’minlanadi: harorat 17 — 19 °C, havoning nisbiy namligi 50 — 55%. Iqlimni boshqarib bo‘lmaydigan arxiv saqlovxonasida harorat-namlik rejimini maqbullashtirish chora-tadbirlari maqbul isitish va xonani shamollatish, shuningdek havoni namlash va quritishning mexanik usullarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Harorat (+/- 5S) va havo nisbiy namligining (+/- 10%) keskin o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Havo nisbiy namligi 70 — 90% gacha oshib boradigan harorat-namlik rejimining uzoq muddat (3 kun va undan ortiq) buzilishi kuzatilganda uni me’yorlashtirish (intensiv shamollatish, arxiv saqlovxonasini quritish) choralari ko‘riladi.Arxiv hujjatlarini texnik jihatdan qayta ishlash jarayonida ularni vaqtinchalik saqlash (2 oygacha) harorati 20 +/-5 S, havoning namligi 50 +/-20 % bo‘lgan, harorat-namlik rejimini muvofiqlashtirib bo‘lmaydigan xonalarda saqlashga ruxsat etiladi.Harorat-namlik rejimi xona va tashqaridagi harorat konditsionerlar o‘rnatilgan xonalarda – 1 haftada 1-martadan kam bo‘lmagan, muvofiqlashtirilmagan harorat mavjud bo‘lgan arxiv saqlovxonalarida – 1 haftada 2-marta, tartib buzilganda esa – 1 kunda 1-marta harorat-namlik holatini tizimli o‘lchash orqali nazorat qilinadi. Nazorat-o‘lchash asboblarining ko‘rsatkichi, shuningdek asboblar ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligini tekshirish va ularning buzilishi holati aniqlanganda harorat-namlik rejimini me’yorlashtirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar ham maxsus ro‘yxatga olish jurnallarida qayd etiladi. Nazorat-o‘lchash vositalari nomenklaturasi, shuningdek xona va tashqaridagi havo parametrlarini o‘lchash va ro‘yxatga olish tartibi amaldagi me’yoriy va uslubiy hujjatlar bilan belgilanadi.
E`tiboringiz uchun Rahmat ! Tayyorlovchi: Sanaqulov Ruslanjon Qabul qiluvchi: Jo`rayev Alisher