150
Mehnat kodeksi, «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari
to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi qonuni (1992-yil 2-iyul) va b.lar
bilan
belgilanadi. K.u.ga mehnat, unga haq to‗lash va b.lar tayin masalalarni hal qilish sohasida
huquqlar berilgan. K.u.ning ustavlari «O‗zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari
to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi qonunida belgilangan tartibda ro‗yxatga olinadi.
Barcha K.u. teng huquqlardan foydalanadilar. K.u. o‗z faoliyatida davlat boshqaruv
idoralaridan, xo‗jalik idoralaridan,
siyosiy partiyalardan mustaqil, ular oldida hisobdor
emas va ular tomonidan nazorat qilinmaydi (qonun xujjatlarida nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno). K.u.ning huquqlarini cheklaydigan yoki
shu huquqlarning amalga
oshirilishiga to‗sqinlik qiladigan tarzdagi har qanday aralashuv man etiladi. K.u. o‗z
ustavlarida belgilangan maqsadlarga va vazifalarga muvofiq ravishda boshqa
mamlakatlarning K.u. bilan hamkorlik qilish, o‗z xohishiga ko‗ra, xalqaro va b. K.u.
birlashmalariga va tashkilotlariga kirish huquqiga ega. K.u.ning
tuzilishi federalizmga
asoslangan. Quyidan yuqorigacha barcha organlar K.u. a‘zolari tomonidan saylangan
vakillarning yig‗ilishlari, konferensiyalari va qurultoylarida saylanadi va ular oldida
hisob beradi. K.u. har bir a‘zosi saylashi va K.u.
organlariga saylanishi, yig‗ilishlar,
matbuot va b.lar vositalar orqali K.u. hamda ma'muriy organlar faoliyatiga taalluqli
masalalarni qo‗yishi mumkin. K.u. ishlab chiqarish, tarmoq va hududiy prinsiplar asosida
tashkil etiladi. Tarmoq va hududiy K.u. a‘zo tashkilotlar sifatida O‗zbekiston K.u.
Federasiyasini tashkil etadilar.
Dostları ilə paylaş: