KICHIK DAVLATLAR — xalqaro munosabatlarga unchalik ta'sir o‗tkaza
olmaydigan, ammo o‗z mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, saqlab qolish
uchun etarli kuch-qudratga ega bo‗lgan (Gollandiya, Shvesiya va xokazo).
KIMYOVIY TERRORIZM — zaharlovchi va bo‗g‗uvchi gazlardan terroristik
maqsadlarda foydalanish.
KLANLAR — etnik guruhlar. Ayrim mamlakatlarda k.lar mintaqaviy jamoalar
yoki mahalliychilik deb tushiniladi. Joylarning murakkab relefi bilan o‗zaro ajratilgan va
ularning aholisi bir-biridan ayri holda yashab kelgan va h.k. jihatlari tufayli etnik
guruhlar k.larga ajraladi.
KLANLASHUV (lot.
klan – urug‗, avlod) — hokimiyatga ega shaxsning o‗z
vakolatlaridan foydalanib atrofiga qarindosh-urug‗larini to‗plashi. Shun., kelajakda o‗z
o‗rnini avlodlariga qoldirishga harakat qilinishiga nisbatan ishlatiladi.
KLASSIFIKATSIYA (lot. tasnif) — predmetlar, hodisalar va tushunchalarni
sinflar, bo‗limlar, darajalar bo‗yicha, ularning umumiy belgilari, xususiyatlariga ko‗ra
taqsimlash (tur, bo‗limlarga kiritmoq). K. bir xillik va o‗xshashlikka quriladi.
KLASSIK SIYOSIY IQTISOD MAKTABLARI — iqtisodiy ta'limotlar tarixida
XVII-XIX a.larda vujudga kelgan yo‗nalishlar. K.s.i.m. qarashlari jamiyatning iqtisodiy
hayotini dastlabki tizimli o‗rganish qo‗llanilgan nazariyalar hisoblanadi. Bu
maktablarning yuzaga kelishiga XVII a. oxiri – XVIII a. davomida kapitalistik iqtisodiy
munosabatlarning rivojlanishi va Angliyadagi sanoat inqilobi turtki bo‗ldi.
Maktablarning klassik deb atalishining sababi shuki, ularning namoyondalari o‗z
asarlarida hozirgi bozor iqtisodiyoti asosida yotuvchi qonuniyatlarni o‗rganganlar, bu
sohada muhim kashfiyotlar qilganlar va bu jihatdan ularning qarashlaridagi ilmiy
qoidalar hozirgacha o‗z ahamiyatini yo‗qotmagan. Klassik maktab vakillari vujudga
kelayotgan yangi jamiyat - kapitalizmni ishlab chiqarishning abadiy va tabiiy shakli,
inson tabiati (aqliy egoizm)ga mos tushuvchi birdan-bir jamiyat sifatida qaraganlar.