KOGNITIV KARTALAR — siyosiy yetakchilar to‗g‗risidagi barcha ma'lumotlar
to‗plangan matrisalar. Bu ma'lumotlar jamiyatda siyosiy elita shakllanish tartibi, uning
tarkibi, samaradorligi, tabiati to‗g‗risida xulosalar kilish imkonini beradi.
KOGORTA — lot. qattiq jipslashgan bir-biriga sodiq, hamfikr odamlar guruhi.
KOLLEGIALLIK — boshqarish prinsipi, bunda rahbarlik vakolatli shaxslar
guruhi (kollegiya) tomonidan amalga oshiriladi, mazkur shaxslarning har biri muayyan
faoliyat sohasi uchun shaxsiy javobgar bo‗ladi. K.ning hal qiluvchi va maslahat beruvchi
shaqllari bo‗ladi. K.ning hal qiluvchi shakli ayrim davlat va jamoat tashkilotlarining
rahbarlik faoliyatiga xosdir.
KOLLEGIYA (lot.
collegium – o‗rtoqlik, birodarlik), hay'at — 1) rahbarlik
qiluvchi, maslahat yoki farmoyish beruvchi organni tashkil etadigan shaxslar guruhi
(mas., vazirlik K.si, sud K.si). Yana q. Kollegiallik; 2) bir kasb kishilarining ixtiyoriy
uyushmasi (mas., advokatlar K.si); 3) XVIII a.da Rossiyada oliy hukumat
muassasasining nomi; 4) XVIII a.-XX a.ning boshida Rossiyada ayrim o‗quv yurtlarining
nomi (mas., Xarkov kollegiumi).
KOLLEKTIV XAVFSIZLIK — halqaro tinchlikni saqlash va agressiya
harakatlariga qarshilik ko‗rsatish maqsadida davlatlarning birgalikdagi xarakatlari tizimi.
KOLLEKTIV XAVFSIZLIK SHARTNOMASI TASHKILOTI (KXSHT - ODKB) — Mustaqil Davlat Hamdo‘stligi tarkibiga kirgan davlatlarning harbiy sohadagi
xavfsizligi konsepsiyasi bitim. 1992-yil 9-oktabrdagi MDH davlatlari rahbarlarining
Bishkekdagi yig‘ilishida imzolangan. Mazkur shartnoma MDH ga a‘zo mamlakatlarning
harbiy sohadagi hamkorligi va xavfsizligi bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, O‘zbekiston
Respublikasi tomonidan 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya qilinib, 1996-yil denonsatsiya
qilingan. 2008-yil 21-avgustda O‘zbekiston Respublikasining KXSHT qo‘shilish
to‘g‘risidagi xujjat ratifikatsiya qilindi. 2009-yilda O‘zbekiston Respublikasining
KXSHT dagi a‘zoligi to‘liq tugatilgan.