Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   462
LUG\'AT

KLASSITSIZM
(lot. 
classicus
– na‘munaviy) — XVII a. Fransiyada shakllangan 
K. o‗zida absolyutizm g‗oyalarini ifodalagan bo‗lsa, XVIII a.ga kelib K. yangi dunyoviy 
ideallar, ma'rifatparvarlik g‗oyalari va oddiy xalq orzu-istaklari va intilishlariga 
asoslangan ideallarga tayangan holda rivojlandi. 
KLASSOKRATIYA
(lot. 
classis
– daraja, turkum) — jamiyatda muayyan yirik 
ijtimoiy guruhlar (sinflar) va ularning avangardining, bir butun sifatida fuqarolarning 
boshqa guruhlarga nisbatan yetakchi, hukmronlik roli va amaliy harakatlarni 
ta‘minlovchi hokimiyat turidir. Bu marksistik mafkuraga hamda burjuaziya va proletariat 
diktaturasi ta'limotiga yondosh xarakterga ega. 


153 
KLEPTOKRATIYA
(yun. 
klepto 
– o‗marish, o‗g‗irlash va 
kratos 
– hokimiyat) – 
o‗g‗rilar hokimiyati. Davlat g‗aznasi, ichki va tashqi savdo aylanmasidan kelib tushuvchi 
mablag‗larni, mamlakat boyliklarining o‗z manfaati yo‗lida yagona shaxs yoki guruh 
tomonidan ayovsiz talanishi. 
KLERIKALIZM
(lot. c
lericalis
– cherkovga oid) — jamiyatning siyosiy va 
ma'naviy hayotida cherkov va dinning yetakchilik rolini ta‘minlashga intilish. K. 
tarafdorlari o‗z ta'sirini ommaga yoyish, ularni diniy dunyoqarashga ergashtirishga, turli 
milliy va xalqaro uyushmalar tuzishga harakat qiladilar. Klerikallar ayrim mamlakatlar 
(mas., GFR, Italiya)da yirik siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar 
va b.lar jamoat tashkilotlari, o‗quv, davolash, xayriya muassasalari tashkil etgan, o‗z 
ommaviy axborot vositalariga ega. 
KLERIKKAL PARTIYALAR
— XIX a.da shakllangan va ijtimoiy hayotning 
barcha sohalarida din va cherkov ta'sirini kuchaytirishga intiluvchi siyosiy partiyalar. 
Bunday tipdagi siyosiy partiyalar hozirgi vaqtda Italiya va Germaniya Federativ 
Respublikalarida muhim rol o‗ynaydi. 
KLIENTIZM
— siyosiy tizim turlaridan biri bo‗lib, hokimiyatni xususiylashtirib 
olib, davdat xizmatini jamoatchilik manfaatlariga qaratilgan vazifalardan mahrum qilib 
qo‗yadi va uni mo‗may daromad keltiradigan manbaga aylantiradi. Shu tariqa 
demokratiya barham topadi, amaldorlar diktaturasi o‗rnatiladi. Qamoqxona va lagerlar 
o‗rnini safsatabozlik va pul egallaydi. 
KLUB
(ing. 
club
) — bir maqsad yo‗lida uyushgan (maslakdosh, hamkasb) 
kishilarning siyosiy, ilmiy, badiiy, sport va b. sohalar bo‗yicha shug‗ullanishi, ko‗ngilli 
dam olishi uchun xizmat qiladigan madaniy-ma'rifiy muassasa, jamoat tashkiloti. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin