210
sultonligining Germaniya tomonida turib urushga kirishi Rossiyaning rasmiy doiralarida
bu harakatga qarshi kompaniya kuchayishiga olib kelgan. Chorizm ma‘murlari Turkiston
va Kavkazdagi milliy ozodlik harakatlarining ishtirokchilariga P. tamg‗asini bosishgan.
Xususan, Rossiyada Oktabr to‗ntarishidan so‗ng sovet rejimi va kommunistik mafkura bu
qarashni butunlay soxtalashtirgan. Rossiya kommunistlarining yetakchilari o‗z nutqlarida
turkiy xalqlarni birlashtirish g‗oyasini «panturkizm» qabilida noto‗g‗ri talqin qilib,
bolsheviklarni unga qarshi barcha vositalar bilan kurash olib borishga to‗xtovsiz chaqirib
turgan.
PARAD
(fr.
parade
, ispancha –
parade
, lot.
rago
– tayyorlayman) — rasmiy
bayramlar munosabati bilan qo‗shinlarning jangovar texnika bilan (q. Qo‗shinlar paradi),
fizkulturachilar (sportchilar) va b. jamoalarning tantanavor saf tortib o‗tishi.
Dostları ilə paylaş: