PANELLI TADQIQOT (ing. ro‗yxat) — qayta (ikkilamchi) sotsiologik tadqiqot
ko‗rinishi bo‗lib, bir xil ijtimoiy ob‘ektni bir xil dastur va metodika bo‗yicha ma‘lum bir
vaqt intervalida o‗rganishni nazarda tutadi. Panelli tadqiqotning bosh maqsadi ijtimoiy
jarayon yoki hodisaning rivojlanishi va dinamikasi tendensiyasini muayyan vaqt
oralig‗ida tadqiq etish. Uning longityud tadqiqotlaridan farqi shundaki, keyingisida
ob‘ekt o‗zgarishi vaqt funksiyasi sifatida qaraladi. Panelli tadqiqotlarda esa ob‘ekt
o‗zgarishi nazarda tutilgani holda, ular tashqi sharoitlar natijasi sifatida qaraladi.
PANISLOMIZM (pan... va islom) — butun dunyo musulmonlarining ruhiy birligi
to‗g‗risidagi tasavvurga asoslangan diniy-siyosiy mafkura. XIX asr oxirida butun
musulmon olamini mustamlakachilarga qarshi kurashishda birlashtirish to‗g‗risidagi
harakatga Rossiya va Angliya imperiyalari, shuningdek. SSSR tomonidan berilgan sun‘iy
nom. Biroq islomchilik g‗oyasi vujudga kelgan paytidan boshlab Rossiya va Angliya
hukmron doiralari tomonidan panislomizm (ulug‗ islomchilik) tarzida soxtalashtirilgan
edi. Xususan, Rossiya bolsheviklarining fikricha, bu g‗oya butun islom xalqlarini yagona
davlat - xalifalik tuzish uchun kurashga da‘vat qilar emish. Sovet Rossiyasi va SSSR
raxbariyati P.ga qarshi kurashda xuddi turkchilik va turonchilikka nisbatan bo‗lganidek
qatiy choralar ko‗rgan. Ular P. va Panturkizm jadidchilik va bosmachilik harakatining
asosiy mafkurasi deb hisoblashgan. Biroq islomchilik g‗oyasi vujudga kelgan paytidan
boshlab Rossiya va Angliya hukmron doiralari tomonidan panislomizm (ulug‗
islomchilik) tarzida soxtalashtirilgan edi. Xususan, Rossiya bolsheviklarining fikricha, bu
g‗oya butun islom xalqlarini yagona davlat - xalifalik tuzish uchun kurashga da‘vat qilar
emish. Sovet Rossiyasi va SSSR rahbariyati P.ga qarshi kurashda xuddi turkchilik va
turonchilikka nisbatan bo‗lganidek qatiy choralar ko‗rgan. Ular P. va Panturkizm
jadidchilik va bosmachilik harakatining asosiy mafkurasi deb hisoblashgan.