206
ONG (SIYOSIY)
— shaxsning siyosiy sohada faoliyat ko‗rsatishi, mavjudligini
ta‘minlovchi ma‘naviy tizilmalarning birligi, uning siyosatda o‗ziga xos vazifalarini
bajara olishi, boshqaruv organlari bilan muloqot qila olishi, huquq va erkinliklarini
amalga oshirishda ma‘suliyatni his qila bilishi va hokazo. Siyosiy ong inson o‗zining
biror guruhga mansub ekanligini idrok etishi, hokimiyat bilan bog‗liq hodisalarga
munosabatining aniq - ravshanligini, belgilanganligi bilan, o‗zining biron siyosiy
yo‗nalishiga (mas., liberalizmga, konservatorlarga va hokazo) mansubligini
aniqlanganligi asosida shakllanadi.
OPEK
(
Organization of the Petroleum Exporting Counties
) — q. Neft eksport
qiluvchi mamlakatlar tashkiloti.
OPPONENT
(lot. e‘tiroz bildiruvchi) — bahsda biror kishining fikriga,
mulohazasiga e‘tiroz bildirib, uni qisman yoki to‗la rad etuvchi kishi.
OPPORTUNIZM
(lot.
opportunis
- qulay foydali) — muvofiqlashish,
kelishuvchilik. Jamiyatning turli qatlamlari o‗rtasida o‗zaro kelishuvchanlik, bir-biriga
muvofiqligini ko‗rsatuvchi tushuncha.
OPTATSIYA
(lot. istak, tanlov) — bir davlatdan ikkinchi davlatga o‗tayotgan
hududda yashayotgan aholiga fuqarolikni tanlash huquqini berilishi.
Dostları ilə paylaş: