204
shaxslar har xil nom bilan ataladi: Skandinaviya mamlakatlarida - O.; Ispaniya va
Kolumbiyada - xalq himoyachisi; Fransiyada - vositachi, Ruminiyada - xalq advokati va
shu kabilar. O. turli yo‗llar bilan saylanishi yoki tayinlanishi mumkin. Ispaniyada u
parlament tomonidan 5 yilga saylanadi, Namibiyada prezident tomonidan, Fransiyada
Vazirlar kengashining dekreti bilan tayinlanadi. Aksariyat ko‗pchilik mamlakatlarda har
bir fuqaro O.ga bevosita murojaat qilishga haqlidir. O. kamchilik yoki suiste‘mollarni
aniqlab, tegishli organ yoki mansabdor shaxsga ko‗rsatadi va ularni bartaraf etishni taklif
etadi. O‗zbekiston Respublikasida O. faoliyatining huquqiy asoslari «Oliy Majlisning
Inson huquqlari vakili (ombudsman) to‗g‗risida» O‗zbekiston Respublikasining qonuni
(1997-yil 24-aprel)da belgilab berilgan. Mazkur qonunga ko‗ra, Oliy Majlisning Inson
huquqlari bo‗yicha vakili (ombudsman) - mansabdor shaxs bo‗lib, unga O‗zbekiston
Respublikasida davlat organlari, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar
tomonidan inson huquqlari to‗g‗risidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishining
samaradorligi ustidan parlament nazoratini ta‘minlash vakolatlari berilgan. Vakil o‗z
faoliyatida O‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, qonunlari, boshqa qonun
hujjatlariga, O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek, xalqaro
huquqning umum e'tirof etgan prinsiplari va normalariga asoslanadi. Vakil o‗z
vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe bo‗lmagan
tarzda amalga oshiradi va O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi.
Dostları ilə paylaş: