Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə267/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   462
LUG\'AT

OLIGARXIYALASHUV
— hokimiyatning kichik guruh qo‗liga o‗tishi. 
OLIY BOSH QO„MONDON
— mamlakat qurolli kuchlarining oliy rahbari. Tinch 
davrda ham, urush paytida ham qurolli kuchlar boshlig‗i hisoblanadi. O‗zbekistonda 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
O‗zbekiston Respublikasining O.b.q. hisoblanadi. U qurolli kuchlarning oliy 
qo‗mondonlarini vazifasiga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar 
beradi. 
OLIY ELITA
— siyosiy elitalarning eng yuqori bo‗g‗ini hisoblanib, uni qarorlar 
qabul qiluvchi yoki bu jarayonga bevosita ta‘sir etuvchi odamlar tashkil etadi. Ularning 
soni unchalik ko‗p bo‗lmaydi. Rivojlangan demokratik davlatlarda har bir million aholiga 
oliy elitaning 50 vakili to‗g‗ri keladi. 
OLTI QO„SHUV IKKI (6+2) GURUHI
— 1997 – 2001-yillar davomida faoliyat 
olib borgan ―6+2‖ guruhi 1997-yili O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 
tashabbusi bilan BMT kotibiyatida tashkil topgan edi. Bu guruh Afg‗onistonda o‗sha 
paytda hukmron bo‗lgan ikki asosiy harbiy kuch - Ahmadshoh Ma‘sud boshchiligidagi 
shimoliy kuchlar qo‗shinlari va Mulla Umar boshchiligidagi Tolibon harakati qo‗shinlari 
o‗rtasidagi qurolli to‗qnashuv va mojarolarni siyosiy yo‗l bilan hal etish va bu 
mamlakatda tinchlik o‗rnatishga qaratilgan edi. Mazkur muloqot guruhiga: 
Afg‗onistonga chegaradosh 6 ta mamlakat: Eron Islom Respublikasi, Xitoy Xalq 
Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston, O‗zbekiston bilan 
birga AQSH va Rossiya davlatlari kiritilgan edi. Muloqot guruhining birinchi uchrashuvi 
1997-yil 16 oktyabrda Nyu-Yorkda bo‗ldi. Mazkur anjuman O‗zbekiston rahbariyatining 
ko‗p yillik sa‘y-harakatlari natijasi edi. Afg‗onistondagi urushning o‗z vaqtida tinch yo‗l 
bilan hal etilmasligi mintaqaviy va global xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligini 
oldindan ko‗ra bilgan O‗zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh 


203 
Assambliyasining 1993 va 1995-yillardagi sessiyalarida, EXHT (1999) Istanbul sammiti 
hamda boshqa bir qator nufuzli anjumanlarda xalqaro hamjamiyatning diqqat-e‘tiborini 
afg‗on xalqini o‗zaro birodarkushlik urushidan xalos etish, mavjud mojarolarni tinch yo‗l 
bilan hal qilish masalalariga jalb etgan edi. 1999-yil 19–20-iyulda ―6+2‖ muloqot 
guruhining navbatdagi Toshkent anjumanida ―Afg‗onistondagi mojaroni tinch yo‗l bilan 
bartaraf etish tamoyillari to‗g‗risida‖gi Toshkent deklaratsiyasi imzolandi. Bu hujjatda 
Afg‗onistonda yangi hukumat tuzish, mojaroni tinch yo‗l bilan hal etish, qochoqlarni o‗z 
yashash joylariga qaytarish, mamlakat hududini minalardan tozalash, umumiy bitim 
imzolash, moliyaviy yordam kabi mintaqaviy dolzarb masala ko‗tarilgan edi. Lekin 
2001-yil 11-sentyabrdagi AQSHga terroristik hujumdan so‗ng NATO blokiga a‘zo 
davlatlarning harbiy kuchlari Afg‗onistonga kiritilib, Tolibon qo‗shinlari tor-mor 
etilgach, ―6+2‖ guruhi faoliyati o‗z-o‗zidan to‗xtab qoldi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin