NOG„ORA VA BAYROQ — qadimda turkiy xalqlarda hokimiyat belgisi, ramzi.
N. va b.ni olgan shaxs ma‘lum mamlakatning oliy hukmdori deb tanilgan. Mas., Amir
Temur 1370-yil Balx hokimi amir Husaynga qarshi qo‗shin tortib borayotganda, Termiz
yaqinidagi Biyo qishlog‗ida makkalik shariflardan Sayyid Baraka unga oliy hokimiyat,
saltanat ramzi katta nog‗ora - tabl va yalov - bayroq tortiq qiladi. Baroqxon 1423-1427
yillarda Ulug‗ Muhammad ustidan g‗alaba qilib, Oq O‗rdada hokimiyat tepasiga kelgach,
Ulug‗bek unga qimmatbaho sovg‗alar, shuningdek, N. va b. yuborganligi ma‘lum.
NOLEGAL — qonunsiz, qonun taqiqlab qo‗ygan, qonunni cheklab qilingan,
yashirin.
NOMA (fors. xat, maktub) — 1) xat, maktub, farmon, yozilgan narsa;
NOMENKLATURA (lot.
nomenclatura – ro‗xat) — 1) bilim yoki faoliyatning
biror maxsus sohasida qo‗llaniladigan terminlarning majmui, nomi; 2) yuqori organ
tomonidan yoki alohida tartibda tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslar
va lavozimlar ro‗yxati. Sobiq Sovet elitasining nomi.
NOMINAL (lot.
nominalis – nomiga berilgan, yozilgan) — rasmiylashgan,
o‗rnatilgan, belgilangan.
NOOKRATIYA (lot.
noos – aql, idrok) — aql-idrokning hukmron bo‗lishi.
NORDIZM (nem.
nord - shimol) — irqchilik ko‗rinishlaridan biri. N. g‗ayri ilmiy
nazariya bo‗lib, uning asosida shimoliy (nord) yoki «ariy» irqi insoniyatning boshqa
irqlaridan ustun ekanligi haqidagi da‘vo yotadi. N. asoschilari fransuz sotsiologlari
J.A.Gobino va J.V.Lapuj hisoblanadi. N. maddohlari shimoliy va «german» irqlarini teng
qo‗ygan, german irqini «oliy» irq hisoblab, sivilizatsiyaning barcha yutuqlari uchun
insoniyat «oliy» irqdan minnatdor bo‗lishi kerak, deb da‘vo qilgan. Germaniya fashizmi
nazariyotchilari N.ni o‗z rasmiy mafkurasiga aylantirgan edi.