Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   462
LUG\'AT

NEOKONSERVATIZM
(grek. 
neos
– yangi, lot. 
conserve
– saqlayman) — 
mumtoz konservatizm, liberalizm va texnokratizm g‗oyalarini uyg‗unlashtiruvchi 
mafkura. XX asrning 70-yillarida konservatizmning tarixida yangi bosqich - 
neokonservatizm (D.Bell, Z.Bjezinskiy, N.Podgorets, N.Kristoll) boshlanadi. Bu yangi 
oqimning paydo bo‗lishini tadqiqotchilar AQSHda Ronald Reygan boshchiligidagi 
respublikachilar, Buyuk Britaniyada Margaret Tetcher boshchiligidagi konservatorlar, 
Fransiyada Jak Shirak, GDRda Gelmut Kol boshchiligidagi XDS-XSS blokining 
hokimiyatga kelishi bilan bog‗laydilar. Neokonservatizmning qaror topishi tasodifiy 
emas. U neoliberalizm va sotsializmga qarshi turish maqsadida shakllandi. Neoliberalizm 
davlatning iqtisodiy faoliyatiga aralashishi zarurligini tan oladi va davlat ijtimoiy 
dasturlarining rivojlantirishini qo‗llab quvvatlaydi. Neokonservatizm esa davlatning 
iqtisodiyotga aralashishini cheklashni talab qiladi. Neokonservatorlar qarashlariga ko‗ra 
―kamroq boshqaruvchi hukumat - eng yaxshi hukumat‖. Neokonservatorlar aholining 
kam ta‘minlangan qatlamlari foydasiga resurslarni qayta taqsimlash maqsadida yirik 
kapitalga solinayotgan soliqlarga qarshi chiqadilar. Ular teng taqsimlashning ashaddiy 
dushmani sifatida davlatning ijtimoiy dasturlarini qisqartirishni, talab etadilar. 
Neokonservatorlarning fikricha, hozirgi davlat kishilari uchun natijalar tengligini emas., 
balki imkoniyatlar tengligini yaratib berishi zarur. Davlatning ―sog‗iladigan sigir‖ga 
aylanishi insonni buzadi, ishdan chiqaradi. Har bir kishi o‗z faoliyatida davlatga emas., 
balki o‗zining kuchiga hamda o‗zining yaqinlari va fuqarolariga tayanishi zarur. N.ning 
asosiy g‗oyalari: faqat bozor munosabatlarigina jamiyat va shaxsning rivojlanishiga olib 
keladi; erkinlik va tenglik birgalikda mavjud bo‗la olmaydi; mumtoz demokratiyani 
elitalar hokimiyati bilan to‗ldirish lozim va shaxsning bosh huquqi – mulkka egalik qilish 
hisoblanadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin