198
Ijtimoiy munosabat sifatida N. turli jamiyat va tuzumlarda turlicha ko‗rinishda bo‗lgan.
N.ni qayd qilish tartibi, N. yoshiga qo‗yiladigan talablar turli mamlakatlarda bir-biridan
farq qiladi.
NO„YON
(mo‗g‗ulcha noyon, noyan, noyin - janob, knyaz) — o‗rta asrlarda
Mo‗g‗ulistondagi oliy tabaqa vakillari. Dastlab (XI asr – XII asrning birinchi yarmi)
qadimgi mo‗g‗ullarning aslzoda urug‗ boshliqlarini anglatgan, so‗ngra (XII asrning
ikkinchi yarmida) cho‗l zodagonlarini, urug‗chilik tuzumi yemirilib mulkdorlik
munosabatlari shakllanayotgan davrda ajralib chiqqan aslzodalarni bildirgan. Manjurlar
hukmronligi davrida (XVII-XX asr boshi) N. - turli daraja va rutbadagi hokimlar -
siyosiy mustaqillikdan mahrum bo‗lishgan, biroq o‗zlarining mulkdorlik huquqlari va
imtiyozlarini daxlsiz saqlab qolishgan. 1911-1919 yillarda N. yana davlat hokimiyatiga
ega bo‗lishgan. Xalq inqilobining dastlabki yillaridayoq N. hokimiyatdan chetlatilib,
barcha tabaqaviy imtiyozlardan maxrum etilganlar. 1940-yilga kelib Mo‗g‗ulistonda
mulkdorlar sinf sifatida tugatilishi munosabati bilan N. tarix sahnasidan tushgan.
Dostları ilə paylaş: