Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   462
LUG\'AT

NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOT 
— jismoniy va yuridik shaxslar 
tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad olishni o‗z faoliyatining asosiy 
maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni o‗z qatnashchilari o‗rtasida 
taqsimlamaydigan o‗zini o‗zi boshqarish tashkilotidir. N.n.t. jismoniy va yuridik 
shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni 
himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma‘rifiy maqsadlarga erishish, ma‘naviy va boshqa 
nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda 
boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi. 
NODAVLAT SEKTOR 
— milliy iqtisodiyotning davlat tasarrufida bo‗lmagan 
sohalari. N.s. g‗arb mamlakatlarida privat, ya‘ni xususiy sektor deb yuritiladi. 
O‗zbekistonda xususiy korxonalar, qo‗shma korxonalar, shirkatlar, kooperativlar, 
xo‗jalik uyushmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, fermer va dehqon xo‗jaliklari N.s.ga 
kiritilgan. U xususiy mulkning ustuvorligi bilan ajralib turadi va uning milliy 
iqtisodiyotdagi hissasi turli mamlakatlarda turlicha. N.s. korxonalari, birinchidan, o‗zaro 
bozor aloqalari o‗rnatsa, ikkinchidan, davlat sektori bilan bog‗lanib, turli resurslar va 
xizmatlarni sotib oladi. N.s. xo‗jalikning hamma jabhalarida mavjud bo‗lib, savdo-sotiq, 
xizmat ko‗rsatish, qishloq xo‗jaligi, transport, qurilish, iste‘mol buyumlari ishlab 
chiqarishda yetakchilik qiladi, ammo bazaviy tarmoqlarda uning hissasi nisbatan kichik. 
N.s. iqtisodiyotning erkin, davlat aralashuvidan holi sohasi sifatida bozor qoidalariga 
binoan rivojlanadi. Bu yerda ishlab chiqarish strategiyasini bozordagi talab va taklif 
nisbati belgilab beradi. N.s.da daromadlar erkin taqsimlanib o‗zlashtiriladi. N.s. o‗z 
tovarlarini davlat buyurtmalariga binoan, davlat sektoriga sotadi, davlat sektoridan esa 
kerakli tovar va xizmatlarni kelishilgan narxda sotib oladi. N.s. erkin bo‗lganidan unga 
iqtisodiy faoliyatni xilma-xilligi xos. N.s.ning iqtisodiyotdagi hissasi shu sektor 
korxonalarida jamg‗arish yuz berib, daromadlar investitsiyaga yo‗naltirilishi natijasida 
ishlab chiqarishning kengayishi va davlat mulkining xususiylashtirilishi tufayli 
korxonalarning N.s.ga o‗tishi yo‗li bilan o‗sadi. Bu hissa 4 ko‗rsatkichga binoan 
aniqlanadi: yalpi ichki mahsulot (YAIM), ishlovchilar soni, kapital mablag‗lar va asosiy 
kapital (fond) miqdori ko‗rsatkichlari. Bular orasida asosiysi - N.s.ning YAIMdagi 
hissasi hisoblanadi. O‗zbekiston iqtisodiyotida N.s. hissasi 2000-yilda yalpi ichki 


199 
mahsulotning 70,2 foizni, band bo‗lganlar sonining 76 foizni, korxonalar soni bo‗yicha, 
87,7 foizni tashkil etdi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin