OMIL — ro‗y berayotgan jarayonning sababi, harakatlantiruvchi kuchi yoki uning
asosiy shartlaridan biri.
OMMAVIY — 1) ommabop, hama uchun tushunarli, oddiy bayon qilish; 2) keng
xalq ichida tanilgan, muhabbat va muvaffaqiyat qozongan kabi ma‘nolarga ega.
OMMAVIY HARAKATLAR — qoida bo‗yicha o‗zining rahbar o‗rinlarini
tuzsada, bu organlar harakat ―a‘zolari‖ tomonidan emas., balki jamoatchilik vakillari-
kishilarning siyosiy kayfiyatini va ularning muayyan aniq maqsadini hayotda amalga
oshirishda qatnashishga tayyor ekanligini ifoda etuvchi turli - tuman jamoat
tashkilotlarining vakillari tomonidan saylanadilar.
OMMAVIY QIRG„IN QUROLLARI — dushmanning jonli kuchlariga, qurol-
aslahalariga, inshootlariga yalpi (ommaviy) talafot yetkazish uchun mo‗ljallangan
jangovar vositalar, qirg‗in qurollari. Jangovarlik (talafot yetkazish, qirg‗in qilish)
xususiyatlariga ko‗ra, boshqa barcha jangovar vositalar, qurollardan samaraliroq
hisoblanadi. O.q.q. jumlasiga bakteriologik (biologik), kimyoviy va yadroviy qurollar
kiradi. Bu qurollar ichida eng katta ziyon va talafot keltiruvchisi, yalpi qiradigani, asorat
qoldiradigani, eng dahshatlisi yadro qurolidir. O.q.q.ni ishlatish sharoiti, hududi, miqyosi
deyarli cheklanmagan. Hozircha O.q.q.ning eng katta zaxirasi ikki yirik davlat - AQSH
va Rossiya Federasiyasida jamlangan. Pokiston, Eron, Hindiston, Shimoliy Koreya, Iroq
va boshqa ba‘zi davlatlar O.q.q.ni ishlab chiqarish va zaxira hosil qilish harakatida.
O.q.q.dan mudofaa qilish chora-tadbirlari, umumiy va shaxsiy himoya vositalari ishlab
chiqilgan. Ba‘zi yirik mamlakatlar (AQSH, Angliya, Germaniya, Rossiya Federasiyasi va
boshqa)da aholini O.q.q.dan himoya qilish uchun yaxshilab jihozlangan bombalar
mavjud, fuqaro mudofaasi tizimi tashkil qilingan va vaqt-vaqti bilan mashg‗ulotlar
o‗tkazib turiladi.