NEGATIV HUQUQLAR (erkinliklar) — davlat, odamlarning shaxsga nisbatan
biror harakatini cheklaydi. Ular tub, asosiy, deb hisoblanadi. Ularning amalga oshishi
davlat resurslariga bog‗liq emas.
NEOFASHIZM (grek.
neos – yangi, ital.
fascismo – bog‗lam, dasta) — hozirda
o‗ng, tajovuzkor harakatlarni anglatuvchi tushuncha. Ikkinchi jahon urushidan keyin
tarqatib yuborilgan fashist tashkilotlari (q. Fashizm)ning siyosiy va g‗oyaviy izdoshlari
faoliyatini ifodalaydi. Neofashist guruhlari va partiyalari terroristik diktaturaga intiladi.
Bu yo‗lda ular siyosiy manfaatlari mos tushgan hukmron doiralar bilan yaqin aloqada
bo‗ladi. N. ashaddiy shovinizm, irqchilik va jaholatparastlik g‗oyalariga suyanadi.
Hozirgi davrda bunday kayfiyatdagi guruhlar turli mamlakatlarda paydo bo‗lmoqda. Ular
har xil qo‗poruvchilik ishlari bilan demokratik jarayonlarga xalaqit bermoqda. Mas.,
Angliyada ―Milliy front‖, Gollandiya, Belgiya, Skandinaviya mamlakatlari, AQSH,
Rossiya va b. davlatlarda neofashist guruhlari va tashkilotlari faoliyati namoyon bo‗lib
turibdi. Ular turli shiorlar va maqsadlar ostida goh oshkora, goh yashirin tusda harakat
olib bormoqda. N. xalqaro keskinlik, militarizm va qurollanish poygasi tarafdoridir.
Chunki bunday sharoit ular ko‗zlayotgan maqsadlariga erishish uchun qulay vaziyatni
yuzaga keltiradi. N. insonparvarlikka qarshi chiqadi, irratsionalizmni yoqlaydi, fashistik
atributikadan tez-tez foydalanadi.
NEOKOLONIALIZM — mustamlakachi davlatlarning o‗z qaramligidan ozod
bo‗lgan mamlakatlar ustidan yangi, ancha tartibli usullar bilan o‗z hukmronligini saqlab
qolish va bu mamlakatlar xalqlarini ekspluatatsiya qilishga qaratilgan mustamlakachilik
siyosati. N. hukmronlikning metodlari rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy va
siyosiy shartlar asosida ―yordam‖ berishni, teng huquqli bo‗lmagan shartnoma va
bitimlar tuzishni, turli ittifoq va bloklarga tortishni, mustaqillik yo‗liga o‗tib olgan
mamlakatlarning ichki ishiga aralashishni, qo‗g‗irchoq rejimlari tuzishni va h.k. o‗z
ichiga oladi.