Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


NASAB  (arab. qon-qarindoshlik) — bir ota-bobodan tarqalgan avlod; umuman  avlod-ajdod, nasl. NATO



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   462
LUG\'AT

NASAB 
(arab. qon-qarindoshlik) — bir ota-bobodan tarqalgan avlod; umuman 
avlod-ajdod, nasl.
NATO 
(ing. 
North
Atlantic Treaty Organization
- Shimoliy Atlantika shartnomasi 
tashkiloti so‗zlarining qisqartmasi) — Tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni 
mustahkamlash maqsadida tuzilgan xalqaro siyosiy tashkilot. AQSH, Angliya, Fransiya, 


193 
Germaniya, Italiya, Ispaniya, Turkiya, Kanada, Polsha, Portugaliya, Daniya, Islandiya, 
Albaniya, Sharqiy Yevropa va Boltiq bo‗yi davlatlari o‗rtasida 1949-yil 4-aprelda 
tuzilgan shartnomaga asosan tuzilgan. ―Sovuq urush‖ davrida ular soni 16 ga yetdi. 
So‗nggi yillarda Vengriya, Polsha, Chexiya ham unga qo‗shildi. 1952-yilda NATOga 
Gretsiya va Turkiya, 1955-yilda GFR qo‗shildi. 1966-yildan boshlab Fransiya 
NATOning harbiy tashkilotida qatnashmaydi. 1974-yilda Gretsiya undan chiqqanligini 
e‘lon qildi. AQSH tarixda birinchi marta Yevropa davlatlari bilan tinch paytda harbiy 
ittifoqqa kirdi. NATO rejasiga muvofiq, G‗arb davlatlari qurollanish poygasi va ortiqcha 
kuchlar bosimi ta‘sirida charchatib, sovet tizimi parchalanishini tezlashtirishi lozim edi. 
Shimoliy Atlantika shartnomasi Sovet Ittifoqiga qarshi yo‗naltirilgan g‗arbiy harbiy-
siyosiy blokning yaratilishini tugalladi. NATO amalda Yevropa integratsiyasi yo‗lidagi 
ilk qadam bo‗ldi. Uning faoliyati chegarasiz Yevropani yaratishga yo‗naltirildi. Milliy 
suverenitet eskirib qolgan tushuncha deb e‘lon qilindi va u ―atlantizm‖ bilan 
almashtirilishi, ya‘ni g‗arb qadriyatlari va demokratiyasini muhofaza qilishning umumiy 
manfaatlariga bo‗ysundirilishi lozim edi. 1967-yilda NATOning shtab-kvartirasi o‗zining 
barcha bo‗linmalari bilan birga Bryusselga ko‗chib o‗tadi. Fransiya esa blokning harbiy 
tuzilmalaridan chiqqanini e‘lon qiladi. NATOning 1998-yil Serbiyaga qarshi harbiy 
operatsiyasi Yevropa davlatlarining birgalikdagi siyosatini ishlab chiqish jarayonini 
tezlashtirdi. NATO tashkil etilishi bilan AQSH dunyoda o‗tkir inqirozli vaziyatlarni 
sun‘iy ravishda yuzaga keltira boshladi, o‗z ittifoqchilarini ―kommunistik tajovuz‖ 
mavjudligiga ishontirish va ularni o‗z tashqi siyosati doirasiga chuqurroq tortishga urindi. 
Hozigi kunda 28 ta mamlakat NATOga a‘zo. Qarorgohi Belgiyaning Bryussel shahrida 
joylashgan. 1992-yildan O‗zbekiston NATOning ―Tinchlik yo‗lidagi hamkorlik‖ 
dasturida ishtirok etib kelmoqda. 2014-yil 16-may kuni Toshkentda Markaziy Osiyo 
mamlakatlari bilan aloqa va o‗zaro hamkorlik bo‗yicha NATO xodimi byurosi tashkil 
etildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqa va o‗zaro hamkorlik bo‗yicha NATO 
xodimi kichik shtat bilan birga NATOning joylardagi diplomatik vakili vazifasini 
bajaradi. Bundan tashqari, mudofaa rejasi va tahlili, NATO operatsiyalariga yordam 
berish, harbiy ta‘lim va tayyorgarlik, ilmiy va ekologik masalalar bo‗yicha hamkorlik, 
jamoatchilik diplomatiyasi kabi sohalarda NATOning Markaziy Osiyodagi sheriklar 
bilan amaliy hamkorligiga ko‗mak beradi.
NATSIOKRATIYA
(lot. 
natio
- xalq) — xalqaro maydonda bir alohida davlat 
ichida xalqining dominant ta‘sir etishi, o‗z o‗rnini, roli, taqdiri va boshqa xatti-harakatini 
belgilaydigan, uning yetakchi rolini, afzalliklarini asoslaydigan nazariy va amaliy 
hukmronlikning turi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin