189
ketish natijasida yo‗q bo‗lganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iqtisodiy, gumanitar,
madaniy va b. sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991-yil 21-
dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Moldaviya,
Tojikiston, Turkmaniston, O‗zbekiston hammuassis sifatida qo‗shildi, ular Belorussiya,
Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari to‗g‗risidagi
Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar. 1993-yil MDHga Gruziya qo‗shildi
(Gruziya 2009-yildan MDHga a‘zoligini to‗xtatgan). 1993-yil MDH Ustavi qabul qilindi,
u davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash, tashqi siyosiy faoliyatini
muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa
tizimlarini rivojlantirish, aholi sog‗lig‗i va atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy
masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka qarshi qurash, mudofaa
siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qo‗riqlashda birgalikda faoliyat
yuritishni nazarda tutadi. MDH haqiqiy a‘zolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim
turlarida qatnashuvchi a‘zolar bo‗lishi mumkin. Mug‗iliston va Afg‗oniston kuzatuvchi
davlatlar hisoblanadi. MDHning qo‗yidagi organlari tashkil qilingan: Davlat boshliqlari
kengashi, Hukumat boshliqlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo
iqtisodiy qo‗mita, markazi Sankt-Peterburgda bo‗lgan Parlamentlararo assambleya va
b.lar. MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi
maslahat qo‗mita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat
boshliqlari kengashi bir yilda kamida ikki marta o‗tkaziladi. MDH organlarining faoliyati
MDH Nizomi bilan tartibga solinadi. Shtab kvartirasi Belorussiyaning Minsk shahri va
Rossiya Federatsiyasining Moskva shaharlari hisoblanadi. A‘zo davlatlarning aholisi 283
mln. kishini tashkil etadi. O‗zbekiston o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda
MDHda ishtirok etmoqda. U MDHga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot emas., balki
mustaqil davlatlarning harakatini muvofiqlashtiruchi organ sifatida qaraydi. MDH
hududida davlatlarning teng huquqliligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish,
tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar o‗rtasida
savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: