188
korporatsiyalari sifatida qaraladi. Odatda, M. mer, burgomistr va shu kabilar
boshchiligidagi saylab qo‗yiladigan rayosat hamda ijrochi mulozimlar devonidan iborat
bo‗ladi. M. munisipal korxonalar, turar joy fondi va b. mulklar egasi bo‗lishi mumkin; u
davlat maktablari, sanitariya xizmati idoralari, mahalliy politsiya, bir qancha
mamlakatlarda esa tibbiy xizmat va ijtimoiy ta‘minot bo‗yicha turli muassasalarni
boshqaradi. M.ning asosiy daromad manbai aholidan yig‗iladigan mahalliy soliqlardir.
MUNOSABATLAR (siyosiy munosabatlar)
— siyosiy hokimiyatni amalga
oshirish yoki shu bilan bog‗liq tarzda shakllanuvchi ijtimoiy munosabatlarning turi.
Ularning ichida: a) sinflar, ijtimoiy guruhlar, qatlamlar ichidagi munosabat; b) boshqaruv
organlari faoliyati natijasida vujudga keluvchi vertikal munosabatlar; c) siyosiy
tashkilotlar va muassasalar o‗rtasida vujudga keluvchi gorizontal munosabatlar ajratiladi.
M.s. odamlarning siyosiy sohada, davlat ishlarida ishtiroki davomida shakllanuvchi
munosabatlar. Odamlar o‗zlarining individual, guruhiy yoki umumiy manfaatlarini
amalga oshirishlari davomida davlat vositalari, mexanizmlari va resurslaridan
foydalanishlari jarayonida siyosiy munosabatlar vujudga keladi. Har qanday ijtimoiy
muammo agar u ijtimoiy guruh yoki butun jamiyat manfaati bilan bog‗liq bo‗lsa va
davlat aralashuvini taqazo etsa
–
siyosiy tabiatga ega bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: