«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli il



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə1/4
tarix19.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#157708
  1   2   3   4
ZDIFT0601


«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiy
nomli ilmiy-amaliy konferensiya

`
UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR ATAMALARI HAQIDA
MA’LUMOTLAR
1Mamaroziqov Foziljon Davronboyevich
1Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
TATU Farg‘ona filiali o‘qituvchisi,
2Sotvoldiyeva Mohiraxona Baxromjon qizi
2Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
TATU Farg‘ona filiali talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7273402
Annotatsiya: Ushbu maqolada umum rivojlatiruvchi mashqlar qanday
nomlar bilan atalishi ularni qanday qilib bajarishlari haqida keng manoda fikir yuritilgan.
Kalit so‘zlar: Turish(AT), Cho‘kkalash, Tashlanish, Tayanish, Qo`l va bel harakatlari .
Dastlabki holatlar – mashqlar ijrosi boshlanishi oldidan turishlar va boshqa holatlar. Turishlar: asosiy turish (AT)lar safga turishga mos keladi.
Turishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib turish, oyoqlarni keng kerib turish, chalishtirib turish. Bunda oyoq kaftlari juftlanadi, o‘ng (chap) oyoqda erkin turish. O‘tirishlar – yerda yoki gimnastika snaryadlarida o‘tirish holatlari. O‘tirishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib o‘tirish, burchakli o‘tirish, oyoqlarni kerib burchakli o‘tirish, bukilib o‘tirish, oyoqlarni quchoqlab o‘tirish, sonda o‘tirish va boshqalar.
Cho‘kkayish – shug‘ullanuvchilarning oyoqlari bukilgan holat yarim cho‘kkayish, ortga engashib yarim cho‘kkayish «suzuvchi starti» deb ham ataladi va hokazo.
Tashlanish – tayanch oyoqni biron tomonga tashlab bukish harakati yoki shundan keyin hosil bo‘lgan holat.
Tayanishlar – yelkalar tayanch nuqtasidan yuqori bo‘lgan holatlar.
Tayanishlarning quyidagi turlari bor:
Cho‘kkayib tayanish, o‘ng tizzaga tayanish, o‘ng tizza bilan chap qo‘lgan
tayanish va chap tizza bilan o‘ng qo‘lga tayanish, tik bukilib tayanish, bilaklarga tayanib yotish, orqadan tayanib yotish va hokazolar.
Qo‘l va bel harakatlari – harakatlar barovar, galma-gal, ketma-ket, shuningdek, o‘ng qo‘l o‘ng tomonga, chap qo‘l chap tomonga, buning teskarisi, parallel (ikki qo‘l bir tomonga), simmetrik va nosimmetrik bo‘lishi mumkin. Ular asosiy va oraliq tekisliklardan qo‘llarni bukmay va bukib bajariladi. Qo‘llar bukilgan atamaga «bukish» so‘zi qo‘shiladi. Masalan, qo‘llarni bukib orqaga uzatish, qo‘llarni bukib yon tomonlarga uzatish va hokazo. Oyoqlarni bukishda ham shu atama ishlatiladi. Masalan, o‘ng oyoqni






Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin