`
44
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»
nomli ilmiy-amaliy konferensiya
TA’LIM SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
Haydarova Marg’uba In’omovna
Qo’qon davlat pedagogika instituti katta o’qituvchisi.
Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori(Phd)
https://doi.org/10.5281/zenodo.7425982
Annotatsiya: Zamonaviy hayotni bugun ilm-maʼrifat va taʼlimning taraqqiyotisiz
tasavvur etib boʻlmaydi, insoniyat fan oʻqi atrofida aylanayotgandek goʻyo.
Jahonning yetakchi davlatlarida taʼlimni rivojlantirish
birinchi galdagi vazifa
sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi
aynan shu sohada qoʻlga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bogʻliqdir.Ushbu
maqolada respublikamiz ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan
keng islohotlar
haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: Yangi O'zbekiston , islohot , Renessans, Axborot texnologiyalar ,
akademik .
Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha
sohalari chuqur islohotlar
maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim
tizimidagi o'zgarishlar haqida to'lqinlanib so'zlamaslikning iloji yo'q.
Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini
zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha
amaliy ishlar hal qiluvchi
bosqichga kirdi. Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy
qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan,
O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli
isloh qilishning ustuvor
yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan
yuqori malakali kadrlar
tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni
modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy
soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida
davlatimiz rahbarining
2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy
ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi
islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.Bugungi
kunda
universitetlarning taʼlim berish faoliyati yana-da takomillashtirilib, xalqimizning
asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati yana bir bor namoyon
boʻlmoqda. Yoshlarimiz sogʻlom hamda goʻzal turmush kechirish, egallagan kasbi
boʻyicha doimiy ish oʻrniga ega boʻlish, masʼuliyatni oʻz zimmasiga olish, insoniy
qadr-qimmatini kamsitishga yoʻl qoʻymaslik,
qisqacha aytganda, komillikka
erishish uchun harakat qilyapti va bu jarayonda taʼlim olishni eng asosiy shart
sifatida koʻrmoqda. Mamlakatimizda 2019-yilning oktyabrida Oʻzbekiston
Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul
qilindi. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh
kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda