220
PLYURALISTIK DEMOKRATIYA
—
liberal siyosiy tizimdan o‗sib chiqqan va
uning asosiy tashkiliy tamoyillarini meros qilib olgan
demokratiya modeli. Bu
tamoyillarga konstitutsionalizm, hokimiyatlar bo‗linishi, shuningdek, shaxsiy erkinliklar,
inson huquqlari, ozchilik muxtoriyati kabi qadriyatlar kiradi. P.d. iqtisodiy, ijtimoiy,
madaniy, diniy, guruhiy, hududiy, v.h. manfaatlarning hamda ularni bayon etish
shakllarining (siyosiy partiyalar, jamiyatlar, ittifoqlar, ijtimoiy harakatlar, fuqarolik
tashabbuslari) xilma-xilligiga asoslanadi. Plyuralistik demokratiyada siyosatning bosh
harakatlantiruvchi kuchi shaxs yoki xalq emas., guruh ekanligi asoslanadi. Bu
nazariyaning boshlang‗ich kamchiliklardan biri – voqelikni ideallashtirish, aholini
guruhlarga mansubligi hissini, fuqarolarning manfaat guruhlarida ishtirokini oshirib
yuborish. P.d. xilma-xil ijtimoiy guruhlarga o‗z manfaatlarini bayon etish va raqobatli
kurashda ularning muvozanatini aks ettiruvchi kompromissli qarorlarni topishga imkon
beruvchi boshqaruv shaklidir. Real hayotda, G‗arb mamlakatlarida, aholining uchdan bir
qismidan ko‗p bo‗lmagan miqdori manfaat guruhlarida birlashgan. Shuning uchun ham
plyuralistik model asosidagi demokratiya ko‗pchilik hokimiyati bo‗lolmaydi.
Dostları ilə paylaş: