SHOVINIZM (fr.
saiu1shte ) — Napoleon I bosqinchilik siyosatining muxlisi
fransuz askari N.Shoven
(Chauvion) nomidan olingan. Millatchilikning o‗ta agressiv
shakli. O‗zga millatlarni kamsitish, tahqirlash, o‗z millatini boshqa millatdan ustun
qo‗yish, milliy kalondimog‗lik, milliy xudbinlik illatlarini o‗zida mujassam etadi.
Shovinistlar g‗oyaviy-nazariy jihatdan milliy manfaat va ustuvorlikka xizmat qilib, o‗z
g‗oyalarini tazyiq va zo‗ravonlik orqali amalga oshiradi. ―Sh.‖ termini XIX asrning 30-
yillari Fransiyada paydo bo‗ldi. Keyinchalik bu so‗z milliy ekstremizmning turli
ko‗rinishlarini ifodalashda qo‗llanila boshladi. Sh. biror boshqa millatning tarixiy
taraqqiyot yutuqlari, insoniyat sivilizasiyasiga qo‗shgan hissasi, jahon tarixidagi o‗rni,
milliy, ma‘naviy va madaniy qadriyatlarini poymol qilishga harakat qilib, ayrim jihatlari
bilan nasizm va fashizmga ham o‗xshab ketadi. Sh. ko‗p millatli davlatda ko‗pincha bir
millatning ustuvorligiga, cheksiz imtiyozlarga ega bo‗lishiga olib keladi. Ba‘zan esa
muayyan davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlarini milliy manfaatlar niqobi
ostida namoyon etib, o‗zga davlatga tazyiq o‗tkazishi ham mumkin. Bu hol buyuk
davlatchilik Sh.i sifatida ta‘riflanadi. Sh. XX asrda dunyoning turli davlatlari va
mintaqalarida o‗zining mudhish maqsadlarini amalga oshirdi. Ushbu mafkuraning
belgilovchi tamoyili - barcha buyuk davlatlar uchun umumiy bo‗lgan quyidagi
jihatlardir: o‗z millatining mutlaqligi va ustunligini e‘tirof etish; ―kichik‖ xalqlarning
yutuqlari va manfaatlarini mensimaslik; o‗zining mustamlakachilik intilishlarini yanada
yuksak madaniyatga oshno qilish borasidagi ―oliyjanob‖ maqsadlar bilan oqlash; ishg‗ol
qilingan xalqlarga nisbatan ―qamchi‖ va ―shirin kulcha‖ siyosatidan foydalanish, ongni
sezdirmay boshqarish va h.k.lardan foydalanilmoqda. Sh. Muayyan millatning mislsizligi
va beqiyosligini targ‗ib qilishda namoyon bo‗ladi. Sh.ning mohiyati bir etnos
manfaatlarini boshqa xalqlar manfaatlaridan ustun qo‗yishda , boshqa millatlarga
nisbatan past nazar bilan qarash va nafratni targ‗ib qilishda ko‗rinadi. Sh. Atamasi asosan
millatchi ekstremistlarga nisbatan qo‗llanadi. Mustamlakachilik yurishlari paytida sh.
ko‗pgina G‗arb davlatlarining rasmiy mafkurasiga aylangan.
SHTAT (nem.
staat -davlat, ing.
state -hudud, davlat) — AQSH, Kanada, Hindiston,
Lotin Amerikasining ayrim davlatlarida ma'lum hududiy birlik. Sh.da o‗zini o‗zi idora
qilish huquqi qisman taqdim etilgan bo‗ladi.