Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   462
LUG\'AT

MODIFIKATSIYA
(fr
. modificatio – 
ko‗rinish) — shakl o‗zgarishi. 
MOLIYA OLIGARXIYASI
(yun. 
oligarhio

ozchilik hokimiyati) — eng yirik 
sanoat korporatsiyalari va banklar egalari guruhi, amalda mamlakat iqtisodiyotida, shun., 
siyosiy hayotida hukmronlik qiladi. 
MOLIYA SIYOSATI
(budjet siyosati) — davlat umumiy iqtisodiy siyosatining 
muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini ta‘minlash, mamlakat farovonligini oshirish 
maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan 
foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish bo‗yicha 
amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini o‗z ichiga oladi. M.s. ta‘sir ko‗rsatadigan 
asosiy obyektlar 

aholining turli qatlamlari, davlat institutlari (tashkilotlari), sanoat va 
xo‗jalikning boshqa sohalari, mintaqalar va mamlakatlarning umumiy hududi. M.s.ning 
asosiy quroli va tarkibiy qismi 

davlat budjeti daromadlari va xarajatlari, zayomlari, 
soliq imtiyozlaridir. 
MONARXIYA
(yun. 
monarchia -
yakka hokimlik) — davlat boshqaruvi shakli. 
Bunda davlat boshlig‗i monarx hisoblanadi. M.ning ikki turi mavjud: mutlaq (absolyut) 
M., bunda monarxning to‗la hokimiyatini cheklaydigan biron - bir davlat organi 
bo‗lmaydi; konstitutsiyaviy M., bunda monarx hokimiyati Konstitutsiya asosida amal 
qiladigan muayyan vakolatli organ bilan cheklangan bo‗ladi, ya‘ni qonunchilikni 
parlament, ijro hokimiyatini hukumat olib boradi. Shun., M.ning dualistik, merosiy, 
aralash va b. tiplarini ham uchratish mumkin. 
MONDIALIZM
(fr. dunyo) — barcha davlatlar va xalqlarning birlashib, irqiy, 
diniy, etnik, milliy va madaniy farqlarni yo‗qotuvchi, Jahon Hukumati tomonidan 
boshqariluvchi tuzilmaga birlashishini asoslovchi mafkura. 
MONOKRATIYA
(yun. 
mono.s
– yakka-yagona) — demokratiyadan absolyutizm 
sari – yagona shaxs, bir kishining hukmronligi. Hukmronlikning bu turdagilariga: yakka 


187 
hokim, shoh, imperator, shahzoda, knyaz, sulton, amir, fir‘avn, diktator, zolim, mustabid, 
duche, fyurer, prezident va h. kiradi. 
MONOPOLIYA
(yun. yakka o‗zim) — biror narsa ishlab chiqarish yoki sotishda 
bir shasning, bir guruh kishilar yoki davlatning tanho o‗zida bo‗lgan imtiyozli huquq. 
MORATORIY
(lot. 
moratorius

ushlab turuvchi) — ichki yoki tashqi 
majburiyatlarni bajarilishini uzaytirish. M. muayyan muddatga yoki alohida holatlar 
uchun (urush, tabiy ofat) amal qilgan davrlarda o‗rnatiladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin