Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   462
LUG\'AT

Qisqartirilgan so„zlar 
 
a. - asr 
ar., arab. - arabcha 
va b. - va boshqalar 
va h.k. - va hokazo 
grek., yun.- grekcha 
jum. - jumladan
ing.- inglizcha 
isp. - ispancha 
it., ital. - italyancha 
lot. - lotincha 
mas. - masalan 
nem. - nemischa 
port. -portugalcha 
fors. - forscha 
fr., frans - fransuzcha 
q. - qaralsin 
qisq. - qisqartirilgan 
shun. - shuningdek
 
 
 
Tuzuvchilar: 
B.T.Ataxanov, M.B.Isabayev
Ma‟sul muharrir
: T.Fayzullayev,
siyosiy fanlari doktori, professor 




 
ABDIKATSIYA
— lot. taxtdan, hokimiyatdan, lavozimdan voz kechish. 
ABDUKSIYA
— muqobil (alternativ) farazlarga nisbatan mavjud ma‘lumotlardan 
kelib chiqib ularni yaxshiroq izohlaydigan yoki baholaydigan farazdan mulohaza yuritish 
usuli. Ilk marotaba fanda izohlash farazlarini qurish maqsadida Ch.S.Pirs tomonidan 
ishlab chiqildi va qo‗llana boshlandi. 
ABOLITSIONIZM 
(lot. 
abolitio
– yo‗qotish, bekor qilish) — 1) biror qonunga 
barham berish uchun qilinadigan ijtimoiy harakat; 2) negrlarni qullikdan ozod qilish 
harakati. A. XVIII a.da AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniyada paydo bo‗lib, XIX a.ning 
birinchi yarmida avj olgan. AQSHdagi A. jamiyatlari quldorlikka qarshi targ‗ibotni 
kuchaytirdilar. Negrlarni qullikdan ozod qilish uchun boshlangan harakat ishtirokchilari – 
abolitsionist deb atalgan. A. ziyolilar, fermerlar va ishchilarni birlashtirdi. U 1861-1865 –
yillarda AQSHda bo‗lib o‗tgan fuqarolar urushini tayyorlashda muhim rol o‗ynadi. Bu 
urush natijasida AQSH janubida quldorlikka chek qo‗yildi; 3) Buyuk Britaniya, Fransiya 
va b. ayrim mamlakatlarda mustamlakalardagi quldorlikni bekor qilish uchun olib 
borilgan kurash harakati. 
ABORIGENLAR
(lot. 
aborigine
qadimdan, boshidan) — 1) biror mamlakat, 
o‗lkaning qadimdan o‗sha joyda yashab kelayotgan tub aholisi. Qadimgi Rim 
rivoyatlariga ko‗ra, Apennin tog‗lari etaklaridagi Latsiyada yashovchi qadimgi qabila A. 
deb atalgan. Mas., Amerika va Avstraliya mustamlaka qilinish davrida A.ning ko‗pchiligi 
qirib tashlangan, qolgan qismi maxsus ajratilgan hududlarga - rezervatsiyalarga quvib 
chiqarilgan, kamsitishlarga duchor etilgan. 
ABSENTEIZM 
(lot. 
absentia 
– qatnashmaslik, bosh tortish) — saylovchilarning 
vakillik organlari yoki mansabdor shaxslarni saylashda, yig‗ilishlarda va h.k.da 
qatnashishdan bosh tortishi; aholining o‗z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishga befarq 
qarashi. A. saylov tizimi nodemokratik ko‗rinishiga qarshi aholi noroziligining bir shakli;
U quyidagi sabablarga ko‗ra vujudga kelishi mumkin: shaxsda siyosiy madaniyat 
yetarlicha shakllanmagani; guruhga mansublik hissining yo‗qotilishi yoki umuman 
bo‗lmaganligi; siyosiy institutlarga ishonchsizlikning nihoyatda kuchliligi; hokimiyatga 
ta‘sir eta olmaslik hissi; hayotdan mamnunlik. Ya‘ni absenteizm hayotning ijtimoiy-
siyosiy sharoitlaridan o‗ta darajada qoniqmaslik yoki o‗ta qoniqish natijasi bo‗la oladi. 
Shunga ko‗ra u hokimiyat ijtimoiy madaddan maxrumligini yoki siyosiy barqarorlikni 
anglatishi mumkin. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin